Mavzu: pedagog kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni. Kreativlik – pedagogik ijodkorlikning asosi sifatida reja



Yüklə 57,14 Kb.
səhifə1/4
tarix08.04.2023
ölçüsü57,14 Kb.
#104695
  1   2   3   4
10-ma`ruza


9- Mavzu: PEDAGOG KASBIY KOMPETENTLIGINING TUZILISHI VA MAZMUNI. KREATIVLIK – PEDAGOGIK IJODKORLIKNING ASOSI SIFATIDA
Reja
1.“Kompetensiya” va “kompetentlik”, Kasbiy kompetentlik tushunchalari.
2.Kompetentsiyaning turlari
3.Kreativ qobiliyat: tuzilishi va o‘ziga xosliklari. Kreativ jarayon tuzilmasi.
4.Akmeogramma – pedagogik ijodkorlikni baholashning muhim vositasi.
Tayanch so`z va iboralar:
“Kompetensiya”, kompetentlik, kreativ qobiliyat, akmeogramma


Kompetensiya (lotincha competo- loyiq, mos, munosib degan ma’nolarni bildiradi) hamda quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1) mustaqil davlat organi yoki mansabdor shaxsning qonun, ustavda belgilangan vakolatlari, huquq burchlari doirasi 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba, mahorat.
Kompetensiya-sohaga oid bilim, ko’nikma, malaka, qarashlar majmui, shaxsning qadriyati va sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo’lishi yoki ta’sir ko’rsatish qobiliyati.
Kompetentlik-muayyan lavozimga mos o’z kasbining mohir egasi bo’lgan shaxsga xos sifat.
Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi.
Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi

  • Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi

Kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.

Kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi:


- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat
rejasiga ega bo’la olishda



14-chizma
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə