Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Oila va bolalar, ota-onasiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə56/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

4.Oila va bolalar, ota-onasiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
O‘smirlik yoshida deviatsiya (me’yordan og‘ishlik) holatlari. Deviatsiya tiplari
O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh ko‘rsatkichlari davrida o‘tish bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu davrni yana shu sababli ham o‘tishdavri debhisoblaydilarki, bu o‘sish bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, etuk inson bo‘lib shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi.

O‘smirlik yoshida o‘smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va uning psixikasi qayta shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zarofaoliyatda, munosabatlarining yangi shakllari vujudga keladi. O‘smirning jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati,holatialmashinadi, unga kattalar yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy etilish faollashadi, biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada ijtimoiypsixologik muammolarni vujudga keltiradi.
O‘smirlik yoshida bolada o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”- savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosiniberish kabi xususiyatlarshakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi. O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib e’tibor maktab, oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘smir haqiqiy rasmiy jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi.
O‘smir o‘zini erkin sezadigan, uni hurmat qiladigan insonlar bo‘lgan guruh va muhitni ko‘proq xush ko‘radi.
Bunday muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to‘garaklar bo‘lishi yoki o‘smirlar yig‘ilib, muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va h.k erto‘lalar ham bo‘lishi mumkin.

Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar, ayniqsa ota-onalaribilan muammoli vaziyatdabo‘ladilar. Ota-onalar ularga yosh bolaga, go‘dakka g‘amxo‘rlik qilgandek, munosabatda bo‘lishni davom ettiradilar. O‘smir esa bu sharoitdan chiqib ketishga intiladi.SHu sabablikattalar bilan o‘zaro munosabatda janjalli vaziyatlar ko‘payadi. O‘smirda kattalik hissi shakllanadi. Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin harakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi. O‘smir bu yoshda kumir (havas qiladigan insoni), ya’ni film qahramonlari,kuchli katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlikuchun harakat qilishiholatlari ko‘p uchraydi. Tashqi qiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch turmagi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu yorqin rangdagikosmetika va boshqavositalar o‘smirga o‘zini boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o‘zini tan olishlariga harakat qiladi.
SHu tariqa, o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari haqida quyidagilarni aytish mumkin; hissiy noetuklik o‘z shaxsiy xulq atvorini etarli darajada nazorat qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, o‘zini tan olishlariga bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini tutish. O‘smir – bu etarli darajada etilmagan va etuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o‘spirinlikning chegarasidir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə