Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


XX asrning 70 - 90 yillarida xalq ta’limi va pedagogik fikrlar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə21/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

XX asrning 70 - 90 yillarida xalq ta’limi va pedagogik fikrlar.
70 - 80 yillarda ham ta’lim tizimida muhim o`rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qilardi. 1972 yili hukumat tomonidan "Yoshlarni umumiy o`rta ta’limga o`tkazishni tugallash va umumiy ta’lim maktablarini yanada rivojlantirish to`g`risida". Yoshlarni umumiy o`rta ta’limga o`tkazish 1975 yilga kelib tugallandi.
1975 - 76 o`quv yilida O`zbekiston qishloq va shaharlariga 9642 ta umumta’lim maktabi bo`lib, ularda 38028 ming o`quvchiga 237,5 ming o`qituvchi saboq berdi.
Shu o`quv yilida 42 ta oliy o`quv yurtida 246,4 ming talaba ta’lim oldi, ularda 400 fan doktori va 5 mingdan ortiq fan nomzodlari mehnat qildilar.
Maktabgacha tarbiya muassalariga 900 mingdan ortiq bola jalb etilgan.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy muassalarga 440 mingdan ortiq bola tortildi.
80 yillarga kelib jamiyatning ko`p sohalardagi kamchiliklar ko`zga tashlanib, keng ko`lamda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi.
Hukumatning "Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari" 1984 yil ma’qullandi.
O`zbek pedagogikasi butunlay o`sishdan to`xtab qolmadi.
Ko`plab olimlarimiz uni yuksalishi yo`lida tinmay mehnat qildilar. 70 yillarda o`zbek pedagogikasi ravnaqi uchun ayniqsa, Siddiq Rajabov (1910-1993) fidoyilik ko`rsatadi. Ilmiy tadqiqot va Nizomiy nomli TDPI da ishlaydi. "O`zbekiston maktablari tarixi" mavzusida doktorlik disertatsiyasini himoya qiladi. "Pedogogika fani taraqqiyotining ba’zi masalari", "Tarbiya va o`qitishda klassik ta’limot", "Oliy ta’lim didaktikasi" kabi o`nlab asarlari nashr etiladi.
Pedogigika fani rivojiga Malla Ochilov (1931) katta hissa qo`shdi. Uning "O`qituvchi odobi", "Studentlarning axloqiy tarbiya jarayoni", "Bo`lajak o`qituvchini axloqiy shakllantirish", Studentlarning ilmiy tadqiqot ishlari" kabi risolalari mashhurdir, u chex pedagogi Ya.A.Komenskiyning "Buyuk didaktika" asarini 1- bo`lib o`zbek tiliga tarjima qilgan.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə