Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə18/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Abu Rayhon Beruniy
(973 - 1048)
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn AHmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarihiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu RayHon Beruniy 362 yil 3-zulHijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shaHrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so’zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.
XIII asr boshlarida Xorazmda bo’lgan mashhur sayohatchi va geograf YOqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan Har bir kishini Xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko’ra uning nomiga qo’shilib qolgan bo’lsa eHtimol.
CHunonchi, olimni shahsan bilgan mashhur tarihchi Abul Fazil BayHaqiy unga nisbatan «Beruniy laqabini qo’llamay, faqat «Abu Rayhon» deb ataydi. «Abu Rayhon» esa «marhamatli»,
«rahmatli», «rahmdil» ma’nolarini bildiradi», - degan fikrlarni aytadilar
Abu RayHon Beruniy boshlang’ich ta’limni olgach, o’sha davrda fan – madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.
Sobiq Sho`ro tuzumi davrida pedagogika fani butunlay boshqacha negizda shakllantirildi. Bu sobiq sovet pedagogikasining ajralmas qismi edi. Rus pedagogikasidan rus olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o`zbek pedagogikasi markscha - lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi.
Oktabr tuntarishidan so`ng 3 ta xonlik o`rniga yangi yo`nalishdagi mafkuraga asoslangan Turkiston Muxtor Jumhuriyati, Buxoro va Xiva Xalq Respublikalari tashkil topdi.
Maktablardagi o`quv - tarbiya ishlari mazmuni tuzum maqsadi asosida o`zgardi. Din va Qur’oni Karimga e’tibor umuman taqiqlandi. 1918 - 20 yillarda yangi siyosat asosida o`quv reja va dasturlari tuzildi, dars va tadbirlar shu asosida o`tkazildi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslarida esa rus yozuvchilarini o`rgatishga e’tibor qaratildi. Aniq fanlarni o`qitish miqyosi kengaydi. Ijtimoiy fanlarni o`qitishda ham o`zgarishlar bo`ldi.
Avvalo milliy maktablarda o`qituvchilar yetishmasligi ko`zga tashlandi. 1918 yil 20 yanvardagi sobiq RSFSR XKS ning "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to`grisida"gi dekreti asosida turli mullalar, ziyoli din ahllarining maktablarda dars berishlariga yo`l quyilmadi.
Hukumatning xalq maorifi sohasidagi yangi siyosatiga javoban ulkada juda ko`plab maktablar ochilib, o`quvchilar soni ancha oshgan. 1918 yili Toshkentda o`lka maorif xodimlarining se’zdi ochilib, xalq maorifini qayta qurish bo`yicha tadbirlar belgilangan. "Mehnat maktablari" deb atalgan maktablar ochildi.
Yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. 1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablarning soni 330 taga yetdi.1919 - 20 o`quv yili boshida Farg`ona viloyatida 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta maktab ishladi.Qizlar maktablari ochila boshladi. 1917 yili Beshyog`ochning Zevak mahallasida Bashorat Jalilova maktab ochib, 22 ta o`zbek qizini o`qitadi. Keyin bunday maktablar soni ko`payib boradi.
O`lkada o`rta, maxsus o`rta va oliy o`quv yurtlari ham ochila boshladi. 1918 - 20 yillar ichida Turkiston sharqshunoslik instituti, Timiryazev nomidagi bilim yurt, Xotin - qizlar bilim yurti, va boshqalar, 1921 yil ximiya - formakologiya instituti, konservatoriya, 6 ta qishloq xo`jalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yili 21 aprelda Toshketda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Uning viloyatlarda bo`limlari tashkil etiladi. Sobiq RSFSR XKS ning 1920 yil 7 sentabr dekreti bilan shu universitet negizida Turkiston davlat universiteti tashkil etildi.
Pedagogika o`quv yurtlari - ped texnikumlar ochildi. Lekin o`qituvchi kadrlar yetishmasligi katta muammo edi. 1920 yilga kelib 1200 o`qituvchi tayyorlandi.
1920 yili birdan 7 ta maorif instituti (inpros) tashkil etilib, ularga 1145 talaba qabul kilindi. 1921 - 22 o`quv yilida o`lkada 2403 ta maktab va boshqa bolalar muassasalari ishlab, ularda 170105 bola o`qiganligi aytiladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə