Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Tarbiya metodlari tasnifi. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə43/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

2.Tarbiya metodlari tasnifi. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. Pedagogika fani o’zining uzoq tarixiy taraqqiyoti davomida juda ko’p tarbiya metodlarini ilmiy asoslari va amaliy faoliyatida qo’llashni ma’qul yo’llarini ishlab chiqadi.
Bunday tarbiya metodlarining tasnif etilishi. Tarbiya amaliyoti bilan shug’ullanuvchi kishilarning faoliyatini engillashtiribgina qolmasdan samaradorligini oshirishga barakali hissa qo’shib kelgan. Tarbiya metodlarining tasnifi deganda har bir metodning qanday maqsadda qaratilganligi qanday vazifalarni bajarishi, qanday natija berishi, ta’sir kuchi va mohiyatiga ko’ra toifalarga ajratish tushuniladi. Bir toifaga kirgan metodlar tarbiyalanuvchi shaxsda ma’lum bir yo’nalishdagi tarbiyaviy ta’sirni amalga oshiradi. Masalan, tarbiyalanuvchini ongida, tushuncha, ishonch, e’tiqod tarkib toptirish, yoki xulq – atvorini xatti- harakatini, odatlarini shakllantirish, yoki ijobiy fazilatlarini bajarishga yo’naltirish, sabab bo’lish va hakozo.
Pedagogika fanida har xil tasniflar mavjud bo’lib olimlar barcha metodlarni ichki toifaga, ya’ni ijtimoiy ongni tarkib toptirish va faoliyatni shakllantirish guruhlariga ajratgan yana bir guruh olimlar tarbiya metodlarini 3 toifaga bo’lgan. Ular yuqoridagi ikki guruhga uchinchi qilib, ijobiy fazilatlarga yo’naltiruvchi metodlarni qo’shganlar. Bu tasnif keng tarqalgan tarbiya metodlarini nazariy hamda amaliy tadqiq etishda tegishli natijalarni ko’rsata olgandir. Ammo tarbiya metodlarini tugal qamrab olish uchun o’z - o’zini tarbiyalash metodlari etishmaydi. Bizningcha, mana shu metodlarni to’rtinchi guruhi qilib ko’rsatgan olimlarning ta’limotiga qo’shilish o’rinlidir.
Shunday qilib, tarbiya metodlarini tasnif qilganda quyidagi to’rt toifaga ajratish ma’qul ko’rinadi, ijtimoiy ongni shakllantirish tarbiyalanuvchi faoliyatini tarkib toptirish, ijobiy fazilatlarga yo’naltiruvchi (sabab bo’luvchi) metodlar, o’z- o’zini tarbiyalash metodlari.

3.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish.
Tarbiyalanuvchining ongida ijobiy fazilatlar haqida tushunchalar hosil qilish, imon, e’tiqod, dunyoqarashni tarkib toptirish, yaxshi – yomonnig farqini ajratishga o’rgatish , ijobiy va salbiyni fahmlash kabi xususiyatlar ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar hisoblanadi.
Bu toifaga quyidagi metodlar kiradi: tushuntirish, uqtirish, suhbat, hikoya, va’z, ma’ruza, munozara, muhokama, o’git–nasihat, maslahat berish, namuna.
Tushuntirish–tarbiyaga oid tartib – qoidalarni, axloq – odob normalarini, muloqatga kiritish, vatan va xalq oldidagi burchni insonparvarlik va baynalmilalchilik mohiyatlarini oddiy, tushunarli qilib bayon etishdir.
Uqtirish–tarbiyalanuvchi uchun hayotiy sanaladigan tushunchalarni uning ongiga singdirish, bir umr o’qitilmaydigan bo’lishi bilan birga beixtiyor bajarishi amaliyotga tadbiq etishni ham anglatadi. (O’qigan boshqa, o’qigan boshqa) Suhbat–tarbiyalanuvchi bilan fikr almashish orqali uning ongida mulohazalar uyg’otish, uni bayon etish, o’zgalar fikrini tinglash, o’z dunyoqarashini boyitib borish kabi holatlarni aks ettiradi.
Hikoya–tarbiyalanuvchiga etkazilish mo’ljallangan tushunchalarning obrazli badiiy to’qimalar asosida his – xayajonli tarzda bayon etilshidir. Hikoyada bo’rttirib ko’rsatish alohida berish, o’tilish va kelajak voqealarini aynan hozir sodir bo’layotgandek qilib ifodalash mumkin bo’ladi.
Va’z, ma’ruza – tarbiyalanuvchilarning yoshi qiziqishi va ehtiyojlariga mos mavzu tanlagan holda, belgilangan vaqtda maxsus tayyorgarlik ko’rgan kishilar tomonidan beriladigan axborotlardir.
Munozara va muhokama–tarbiyalanuvchilarni qiziqtiradigan mavzuda barcha ishtirokchilarning o’zaro fikr almashinuvidir. Munozarada mavzu bo’yicha hamma o’z fikrini bayon etishi, uni isbot va dalillash mumkin. Munozarada fikr Erkinligi alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Muhokama ma’lum o’lchov tartib - qoidalarga amal qilgan holda munosabat bildirishga asoslanadi.
O’git – nasihat – kattalar tomonidan o’zining hayotiy tajribalariga suyangan holda tarbiyalanuvchiga yo’l ko’rsatishdir.
Maslahat-tarbiyalanuvchi biror ehtiyoj asosida zarurat uchun bilmaganlarini o’zgalardan so’rab o’rganishdir. Maslahat so’ralgan narsani boshidan kechirgan foydali tajribaga ega bo’lgan obro’li kishilar bo’lishi kerak.
Namuna–tarbiyalanuvchiga bevosita amalda bajarib ko’rsatish, yoki butun hayotiy tajribasi bilan ibrat bo’lish, o’z xatti-harakati va xulq – atvori bilan ta’sir etishi hisoblanadi. Yoshlarga eng avvalo ota–onalarga va tug’ishganlari namuna bo’ladilar, keyincha–ulug’ siymolarning hayoti va faoliyati, fan, adabiyot, san’at namoyondalari, davlat arboblari va boshqa mashhur kishilar namuna qilib ko’rsatiladi. Yosh bolada taqlidchanlik kuchli bo’lib, ba’zan noto’g’ri axloqiy ko’rinishlarni ham o’zlashtirib olishi mumkin. Shuning uchun yoshlar kuzatishi mumkin bo’lgan har qanday holatda ijobiy ibrat bo’lishga harakat qilish zarur «Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal». Insonning kim va qanday ekanligi, nimalarga qodirligi tarbiyasining qay holatda ekanligi uning faoliyatiga bog’liqdir. Shuning uchun ham faoliyatni shakllantiruvchi tartibga solib turuvchi metodlar alohida toifani tashkil etadi. Bu metodlar orqali hayotiy ehtiyoj bo’lgan, kundalik yurish turish normalari, eng zarur fazilatlar hosil qiladi. Bu toifaga o’rgatish va odatlantirish, mashq qildirish, topshiriq, talabchanlik, jamoatchilik fikri, tarbiyalovchi holatlar yaratish kabi metodlarni kiritish mumkin.
O’rgatish va odatlantirish metodi tarbiyalanuvchilarni doimiy rejali tarzda ma’lum harakatlarni bajarib borish orqali tushuniladi.
Bu odatlar tarbiyalanuvchiga muntazam ta’sir etish orqali, shoshmasdan, bosqichma – bosqich hosil qilinadi. Olimlarning ta’kidlashicha fikr, g’oya ish harakatiga aylanadi.
O’rgatish va odatlantirish bolaning yoshiga, turmush tarziga, sharoitiga qarab qo’llaniladi. Bu metodning yaxshi natija berishi uchun tarbiyachi bola oldiga aniq vazifalar qo’yish, ayrim insoniy fazilatlarni namoyon etishga da’vat qilishi, kundalik rejimga amal qildirishi ahamiyatlidir.
Tarbiyalanuvchida salbiy odatlarning hosil bo’lib qolmasligiga e’tibor berib turish zarur. Mashq qildirish xulq-atvor normalarini ko’p marotaba takrorlash jarayoni hisoblanadi. Bunda mashq ko’r-ko’rona bajaralidigan harakatlardan iborat bo’lib qolmasdan, shakllantiriladigan ma’naviy xususiyatlarni mohiyatini to’g’ri tushungan uning ahamiyatini his etgan holda amalga oshirish zarur. Shundagina yoshlar milliy va umuminsoniy axloq normalarini his etadigan hamda nafosat bilan amalga oshiradigan bo’ladi. Ma’naviy va xulqiy go’zallikning uyg’unlashuvida mashq qildirish samarali ta’sir etadi. Mashq qildirish mahoratning oshishiga katta hissa qo’shadi.
Tarbiyalanuvchilarga beriladigan topshiriqlar ularning ijtimoiy faoliyatini tarkib toptirishda foydali usullardan biri hisoblanadi.
Topshiriq bola bajarishi mumkin va zarur bo’lgan vazifalar yig’indisi bo’lib ota-ona, o’qituvchi, tarbiyasi va boshqalar tomonidan qo’yiladigan buyruq-talablarni amalga oshirishdir. Topshiriq bolaning imkoniyatiga shaxsiy xususiyatlariga qiziqishga mos bo’lganda mukammal bajariladi va tarbiyalanuvchi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Noto’g’ri berilagan topshiriqlar bolani qiynashi bilan birga tarbiyasiga yomon ta’sir etishi mumkin. Talabchanlik topshiriq usuli bilan uzviy bog’liq bo’lib, yoshlarda mehnatsevarlik, bajaruvchanlik, mas’ulyatni his etish kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Talabchanlik bola shaxsini hurmat qilish, ishonch bildirish, ma’lum me’yorga amal qilishni taqozo etadi.
Tarbiyalanuvchiga qo’yiladigan talablar o’z vaqtida sifatli qilib bajarilish zarur, uni nazorat qilish ahamiyatltdir.
Jamoatchilik fikri tarbiyalanuvchining ijtimoiy faoliyatiga boshqalar tomonidan bildirilgan munosabatda namoyon bo’ladi. Maktabda sinf jamoasi ayrim o’quvchilarga kuchli tarbiyaviy ta’sirga ega. Tarbiyachi o’z fikrini jamoa talabi darajasiga etkaza olsa, bola faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishi va yunaltirishi mumkin bo’ladi. Jamoa orasida muhokama qilish, xaqqoniy baholash ochiq oydin yutuq va kamchiliklarni ko’rsatish har bir a’zoni to’g’ri ulg’aytirishni ta’minlaydi.
Tarbiyalovchi holatlar yaratish tarbiyachining maxsus, tashkil etgan, o’quvchilar tomonidan to’g’ri yo’l tutish va bu holatdan muvaffaqiyatli chiqib ketishini ta’minlovchi pedagogik jarayondir. Kundalik ta’lim-tarbiya paytida kuzatilish va uzoq kutishni taqozo etadigan holatlar maxsus tashkil etilib, o’quvchilarning mana shu sharoitda qanday faoliyat yuritishga o’rgatiladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə