Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi printsipi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə40/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi printsipi;


Ma’naviy qadriyatlar va g’oyalar har xil millat o’quvchilarini birlashtiradi, o’quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. O’zbek xalqining madaniy merosini o’rganishda va rivojlantirishda milliy o’ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogikasi an’analariga suyangan holda ish ko’riladi.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik-tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va uzluksizligi printsipi; Tarbiyada izchillik muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga birdaniga juda ko’p qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Bu borada izchillikka amal qilish lozim. Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning, pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo’naltirilganlik darajisini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyaviy ta’sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholinining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. Tarbiyaviy ta’sirda izchillik va davomiylik bo’lishiga rioya etish, o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini tarbiya usullari va shakllarini o’z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida tarbiyaviy ishlar, hamda tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarining hamjihat va bamaslahat ish ko’rishini ko’zda tutish kerak.
Tarbiyada o’quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish printsipi: Tarbiya murakkab jarayon bo’lib, pedagog bu jarayonda har bir o’quvchining nafaqat yoshi, balki uning shaxsiy xususiyatlariga ham e’tibor qaratish joiz. Bu borada pedagog o’quvchini tarbiya jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi kerak. Pedagogdan o’quvchi bilan muloqatga kirishishdan oldin uning biologik, fiziologik, psixik rivojlanish xususiyatlarini o’rganishni talab qiladi. Bola shaxsini hurmat qilish va talabchanlik printsipi: Bola shaxsi hurmat qilinsagina u pedagogik ta’sir o’tkazishga ochiq va moyil bo’ladi. O’qituvchini o’ziga qabul qiladi. O’qituvchiga nisbatan mehr uyg’onadi. Undagi bor yaxshi fazilatlarni o’zlashtiradi va bilim olish samarasi oshadi. Natijada komil inson bo’lib tarbiyalanadi. Bu borada pedagog o’quvchini hurmat qilibgina qolmay talabchan bo’lishi ham lozim. Talabchanlik o’quvchilarda tartiblilik, o’z ishini rejalashtira olish, umumiy vazifa ichidan o’ziga tegishlisini ajratib olish, mas’uliyatlilik, har ishning me’yorini bilish, ko’zlagan maqsadga erishish uchun kurasha olish kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni o’stirish printsipi: O’quvchilarda yoshlikdan mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko’rsata olishni shakllantirish lozim. Shunga ko’ra har bir o’quvchining qiziqishi va intilishini qo’llab- quvvatlash lozim, ularni o’zlari qiziqqan kasb- hunarni egallashlariga to’g’ri yo’naltirish lozim. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bu xaqda batafsil bayon qilingan. Jumladan, «Kamolot», «Umid» singari jamg’armalar yoshlarda tashabbus-korlik, havaskorlik mustaqillik kabi hislatlarni rag’batlantirishda, qo’llab- quvvatlashda, o’z hissasini qo’shmoqda.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə