Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Tarbiya qonuniyatlari birinchi navbatda jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’ladi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə38/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Tarbiya qonuniyatlari birinchi navbatda jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’ladi. O’zbekiston milliy istiqlolga erishgandan keyin tarbiyaning jamiyat oldidagi mohiyati o’zgardi. Eski jamiyatning kommunistik mafkuraga asoslangan tarbiya yo’nalishi o’zgarib, yangi barpo bo’layotgan tuzumga mos mutaxassis kadrlar tayyorlash zarurati paydo bo’ldi. Jamiyatimizda tarbiyaning butun yo’nalishi shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda o’zgardi. Ijtimoiy ehtiyoj ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishni taqoza etdi. Shunga asosan «Ta’lim to’g’risida» qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi. Ularda ijtimoiy ehtiyoj hisobga olingan holda, tarbiya qonuniyatlariga amal qilish hal etilgan.
Tarbiyaning yana bir qonuniyati uning maqsadi, mazmuni, usullari va shakllarinig uzviy bog’liqligidir. Yoshlarga beriladigan tarbiya avvalo aniq maqsadga yo’naltirilgan, shu maqsadni ro’yobga chiqarishda tarbiyaning mazmuni, usullari va shakllari bir-birini to’ldirishi, takomillashtirishi kerak.
Pedagog olimlar tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi, bolaning yoshi, o’ziga xos xususiyatlari, hatto jinsiy tafovvutini hisobga olish ham qonun hisoblanadi deb sanaydilar. Ko’pchilik manbaalarda bu xususiyatlar tarbiyaning printsipi sifatida qaraladi. Tarbiya printsiplari qonunlar bilan bog’langan, ularning mantiqiy davomi shaklida e’tiborga olinib, tarbiya berish jarayonida amal qilinadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek tarbiya printsiplari tarbiya qonuniyatlarining amalda tadbiq etilishi, mantiqiy davomi, aksi sifatida namoyon bo’lishi deb hisoblash mumkin, chunki tarbiya qonuniyatlariga ham, printsiplariga ham tarbiya jarayonida amal qilinadi . Tarbiya qonuniyatlari va printsinlariga alohida e’tibor bergan holda ish ko’rilganda tarbiyalanuvchilar barkamol shaxsga aylanadi. Shuning uchun ham tarbiya printsiplarini chuqur ilmiy asoslash bilan birga ularni hayotga tadbiq etish o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va jamoatchilikning doimiy e’tiborida bo’lishi kerak. Pedagogika fanida turli olimlar tomonidan tarbiya printsiplari har xil izohlanib kelingan.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə