Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə35/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Estetik tarbiya – o’quvchilarda san’atga, tabiatga, hayotga nisbatan estetik munosabatlarini shakllantirishdan iboratdir. Estetika lotincha «Esteticos» – his etaman degan ma’noni bildiradi. Aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va boshqa tarbiyalarni estetik his-tuyg’usiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Estetik tarbiyaning maqsadi o’quvchilarni tabiat, jamiyat va san’atdagi go’zalliklarini idrok etish, uni to’g’ri tushunib etish, qadriga etishga, hayotga qayta go’zallik olib kira olishga o’rgatishdan iboratdir. Maktabda tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, tabiatshunoslik darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalari hisoblanadi. Biz nafaqat narsa va hodisalar, balki insonning hulq-atvori, fazilatlarini ham estetik jihatdan baholashimiz mumkin. U insoniy go’zallik, aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo’stlik, mehr, muloyimlik, poklik, yaxshilik va hokazo sifatlarni o’zida namoyon qiladi.
Estetik tarbiya go’zallikdan zavqlalanishga, xunuklikdan nafratlanishiga, kulgilikdan kulishga, fojealikdan istirobga tushishga o’rgatadi. Bu holatlarni kishi hayot va san’at voqeliklarda uchratish mumkin.
Huquqiy tarbiya – bu o’quvchilarni rivojlangan demokratik davlat qonunqoidalari asosida shaxs haq-huquqlari me’yorlari bilan qurollantirishga qaratilgan jarayondir.
Biz demokratik davlat barpo etmoqdamiz. «demokratiya- bu adolat degani». Demak adolatli davlat qurmoqdamiz. Bunday mamlakatda har tomonlama etuk, o’z xaq-huquqlarini biladigan, ularni himoya qila oladigan kishilar yashaydilar. Bugungi kundagi yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan siyosat va inson huquqini chuqur biladigan, konstitutsiya qonunlariga amal qilayotgan, o’z fuqarolik burchlarini yaxshi his etadigan qilib tarbiyalashiyalashimiz lozim.
Ekologik tarbiya – bu o’quvchilarda atrof-muhitga, tabiatga nisbatan Ekologik munosabatlarni shakllantirish jarayonidir. «Ekologiya » - yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va tevarak atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o’rganadigan fandir.
Barkamol insonning muhim fazilatlaridan biri uning Ekologiya madaniyatidir. Ekologik madaniyatga ega shaxs barcha tirik mavjudotlarning yashash sharoiti, muhiti, qonun-qoidalarini puxta biladi, tabiat muvozanatini saqlashga hissa qo’shadi. U atrof-muhitga nisbatan beparvo bo’lmaydi, aksincha uni yaxshilashga, sog’lomlashtirishga hissa qo’shadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə