Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə32/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

1.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari. Bundan o’n yil oldingi davrda yoshlarni tarbiyalash maqsadi bilan bugungi kundagi bu masalaga tegishli munosabat o’rtasida katta farq borligi hech kimga sir emas.
Shuning uchun ham tarbiyaning aniq maqsadini belgilab olish pedagogikaning birinchi masalalaridan hisoblanadi. Yosh avlodni qanday ruhda tarbiyalash, bunga erishish uchun qaysi yo’lni tanlash tarbiya maqsadi muammosini hal qilish bilan belgilanadi.
Tarbiya ijtimoiy hayotning hayotiy va uzluksiz tushunchasi bo’lib, u tarixiy xarakterga ega bo’lib kelgan.
Qadimgi Gretsiyada tarbiyaning maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodda yaxshi fazilatga ega fuqaroni, vatanparvarlikni, jasurlikni, sadoqatni, do’stlikni rivojlantirish bo’lgan.
O’rta asrlarga kelib, ya’ni feodalizm davrlarida yosh avlod diniy e’tiqod, iymon, axloqqa ega bo’lishi kerak bo’lgan, Markaziy Osiyo xalqlari bu yo’nalishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Bu davr buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan. Siyosiy-ijtimoiy tuzum o’zgarishi bilan tarbiya maqsadi muammosi ham yangilanib bordi.
Bizning hayotimizga qizil imperiya kirib kelishi bilan kommunistik mafkura yoshlarimizning tarbiyasida bosh maqsad bo’lib xizmat qildi. Bugungi kunga qadar uning ruhiy asoratlaridan to’liq qutildik deb bo’lmaydi. Chunki u 70 yildan ortiq hukmronlik qildi. Bu davrda bir qancha yutuqlarga erishgan bo’lsak-da, lekin juda ko’p narsadan ham judo bo’ldik. Jumladan, milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyma’rifiy boyliklarimiz, diniy e’tiqod va iymonimiz kabi ko’plab tarbiyaviy ozuqa vositalarimizdan uzoqlashib ketdik.
Mustaqillik sharofati bilan Erkinlikka erishdik, boy ma’naviy qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi. Hammamiz azaldan orzu qilgan kunlarga erishdik. O’zbekistonning ertangi kuni, ravnaqi, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi albatta bugungi kun yoshlariga bog’liq. Buning uchun yosh avlodga dunyo standartlari darajasida zamonaviy bilimlar berish, ularni har tomonlama etuk, ma’naviyatli etib tarbiyalash lozim.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning bir qancha asarlarida, «Ta’lim to’g’risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa manbalarda Respublikamiz yoshlarini qanday insonlar etib tarbiyalash lozimligi aniq belgilab berilgan. Pedagogika bugungi kun hayotimiz talablaridan kelib chiqqan holda o’z tarbiya maqsadi va vazifalarini belgilab olgan.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə