Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə34/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Axloqiy tarbiya – bu o’quvchilarda jamiyatga, Ona-yurtiga, mehnatga, boshqalarga va o’z-o’ziga nisbatan axloqiy munosabatlarni shakllantirish jarayonidir.
Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, insonlarning jamiyatga, boshqalarga va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi hulq-odob me’yorlari, qonun-qoidalari majmuasidir. Ana shu hulq-odob qonun-qoidalarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko’rsatilayotgan ta’sir axloqiy tarbiya deyiladi.
Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko’rinishlarda o’zligini namoyon etadi. Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida eng boy tajribaga egadirlar. Qur’oni karimda va Hadisu shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, ota-bobolarimiz yaratgan ma’naviy meroslar, mutafakkirlarimizning axloq haqidagi fikrlari bugunga qadar ham o’z qadr-qimmatini yo’qotgani yo’q. Axloqiy tarbiya eng muhim insoniy fazilatlarni shakllantirish vositasidir.
Mehnat tarbiyasi – bu tarbiyaning oldida turgan asosiy vazifa o’quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o’rgatib borish, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir.
Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad avvalo mehnatning mohiyatiga, mazmuniga, tEran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarmoqdan iborat. Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan ayniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash madaniyati, barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan, axloqiy buzilishidan saqlaydi.
Mehnat orqali inson o’zini, o’z qadrini biladi, uni el-yurt ulug’laydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh vazifalaridan biri ham yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ularni aniq bir kasb-hunar egasi qilib tarbiyalashdir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə