Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə33/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Tarbiyaning asosiy maqsadi – yosh avlodni har tomonlama etuk, barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o’zida ma’naviy va jismoniy etuklikni mujassam etadi.
Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda Sharq mutafakkirlarining meroslari dasturamal bo’lib xizmat qiladi. Al- Forobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Firdavsiy, A.Temur, A.Navoiy, Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko’rilsa tarbiya ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.
Yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish – bizning muqaddas burchimiz, ornomusimiz. Lekin, barkamol insonni tarbiyalab etishtirish oddiy, oson emas. U ko’plab, oylab, yillab, sabr-toqat, chidam va qat’iyatlilik, iroda talab etadi.
Hozirgi paytda juda ko’plab iqtidorli yoshlarimiz oliy maqsadlarni ko’zlab chet ellardagi nufuzli o’qishlarda tahsil olmoqdalar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh etib , Respublikamiz istiqbolini belgilovchi yoshlarni har tomonlama etuk, barkamol shaxs, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida raqobatbardosh kadrlar etib tayyorlashni oliy maqsad qilib qo’ydi. Bunday inson, kasb-hunar egasi oilada, maktabda va boshqa ta’lim tizimi jabhalarida ta’lim-tarbiya oladi.
Tarbiyada oliy maqsadga erishish uchun, ma’lum vazifalarni bajarishimiz lozim bo’ladi. Bu vazifalarni esa tarbiyaning tarkibiy qismlari deb atash ham mumkin.
Aqliy tarbiya - bu barkamol inson tarbiyasining etakchi tarkibiy qismi bo’lib, o’quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini ilg’ab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik hislatlarini parvarishlash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o’stirish uchun maqsad qilib qo’yadi.
Ayniqsa, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish dolzarb muammolardan sanaladi. Inson kamolotida ilm egallash ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. Hadis kitoblarida, mutafakkirlarimiz ijodlarida ilmning har bir mo’min musulmon uchun naqadar zarurligi bayon etilgan. Bunga ko’plab Hadislarni misol etish mumkin: «Beshikdan to qabrgacha ilm izla», «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo’lsa ham o’rganinglar...», «Ilm olmoqqa intilish ham har bir muslim-muslima uchun qarzu farz» deyiladi. Yusuf Xos Hojib, A.Navoiylar ham o’z asarlarida ilmni inson uchun o’ta qadrlaydilar. Demak, o’quvchilarni ilm olishga da’vat etishimiz lozim. Aqliy tarbiya o’quv rejasi asosidagi fanlarni o’qitish orqali ilmiy dunyoqarash negizida amalga oshiriladi.
O’quvchilarga aqliy tarbiya berishda birinchi navbatda uning fikrlash, his qilish, tasavvur, idrok, xayol, xotira qobiliyatlarini o’stirish, ichki dunyosini ma’naviy jihatdan boyitish haqida o’ylamoq lozim.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə