Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy


Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar



Yüklə 22,18 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü22,18 Kb.
#142408
1   2   3   4
Mavzu Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy

Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:

Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.


Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.


Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.


Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo’lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug’chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug’ning áarcha a’zolari jamoa bo’lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko’ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.

bolalar va o’smirlar;

v) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;


s) keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda kechgan. o’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o’zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat va an’analarga ko’ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo’lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so’ng maxsus sinovlardan o’tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo’lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi.
Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko’lami kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko’payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang’ich ko’rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san’at sirlarini o’rgatish ancha murakkab ish bo’lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo’lishni taqozo etar edi. SHu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo’lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga ogzaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo’ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.
Eramizdan oldingi ming yillik o’rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so’ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma’lum vaqtlarda qo’llanilib kelgan. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So’g’d, Kushon, Run (Urxun-Enisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo’lib yashash an’anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida inmoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlar yaratildi. Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o’nlik sonlar tizimining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo’lishning o’ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O’rta dengiz bilan Hindistonni o’zaro bog’lovchi karvon yo’lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O’rta dengizga “Buyuk ipak yo’li”ning ochilishi kabi voqealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ladi.
Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o’tgan oromiy, yunon va forsiy mixxat alifbosi asosida shakllangan Xorazm, So’g’d, Baqtriya yozuvlari qo’llanilgan.
Eramizdan oldin taxminan 484(480)—431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. “Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir”, - deydi olim. SHunga ko’ra ular ko’proq o’g’il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to’g’ri so’zlikka o’rgatilgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan. Mabodo o’g’il bola vafot etsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilganlar.
O’g’illar hech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar.
Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. SHu bois daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar1.


Gerodotning ushbu ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o’g’il farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko’rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag’lub bo’ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda shovqin ko’taradilar: “Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku!” Forslar ayollarning bu hatti-harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar.
Bu voqeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: “Bu shaharga qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilsin”2.
YUqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart-sharoitning o’zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni o’rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to’g’rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash lozimligini taqozo etggan. SHu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o’z xalqining erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar.

Plutarxning yana bir o’rinda qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf-odatlarini o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qilgan. SHu maqsadda u o’ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo’lgan harbiy san’at sirlarini o’rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko’p murabbiylar tayinlangan. YUnon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o’sha davrda ko’plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o’qitilganidan dalolat beradi.


So’g’d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va “Eski xatlar” nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so’g’d yozuvi haqida ma’lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (SHarqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so’g’dlik tijoratchi (savdogar)larning o’z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan xatlar3 tashkil qiladi.
Imperator YAn Li (615-617)ning elchisi Vey TSzi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo’lga qo’yilgan ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savdoni o’rgata boshlaydilar. O’qishni o’rganishi bilan savdo ishlari ham o’rgatilgan.
Syuan-TSzin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o’rnak bo’lganligini aytib o’tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o’qitilgani, ta’lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgiligi to’grisidagi ma’lumotlarni beradi.


Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o’qitiladigan savod maktablari bo’lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o’zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi.


Yüklə 22,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə