Mavzu: Po’lat Mo’minning “ Vatan – bu…


Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə2/3
tarix23.05.2023
ölçüsü2,9 Mb.
#112347
1   2   3
2 sinf yil fasllari mavzusida dars i

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Suhbat, savol-javob, tushuntirish.
Darsning jihozlari: Fasllar tasvirlangan rasmlar, darslik, AKT
Dars shiori: Tabiat – o'z onamiz,
Uni doim sevamiz.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy davr.
a) salomlashish
b) o’quvchilar davomatini aniqlash.
d) she’riy daqiqa o’tkaziladi
O’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish.Guruh nomlari tabiat hodisalari nomi bilan nomlanadi.Sinf doskasida kuz manzarasi hosil qilinadi.
-Ayting- chi,bolalar,hozir o’lkamizda qaysi fasl?
-Hozir o’lkamizda kuz fasli.
-Keling,kuz fasli haqida suhbat tashkil etamiz.
- Hozir o’lkamizda kuz fasli.Kuzda kunlar asta-sekin soviy boshlaydi.Bog’larda mevalar g’arq pishadi.Qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadi.Daraxlarning barglari sarg’ayib asta to’kila boshlaydi.Tez-tez yomg’ir yog’adi. Dalalarda paxtalar ochiladi.Ertalab –kechqurun shudring tushadi.Polizlarda qovun-tarvuzlar pishib yetiladi.






II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O'tilgan mavzular yuzasidan guruhlarga “Tezkor savollar” beraman.
Yomg’ir guruhiga:

  1. 2017 –yil qanday yil deb e’lon qilindi?

  2. Atrofimizdagi olam nima?

  3. Jonli tabiatga misollar keltiring.

  4. Moddalar qanday holatda bo’ladi?

Shudring guruhiga:
1.Harakatlar strategiyasi necha yo’nalishdan iborat?
2. Atrofimizdagi olamni nimalar yordamida sezamiz?
3. Jismlar nimalardan iborat?
4. Kuz fasli qaysi oylardan iborat?

Shamol guruhiga:

  1. Kuz faslida qanday bayramlar nishonlanadi?

  2. Jonsiz tabiatga misollar ayting.

  3. Mis,oltin,tuz,suv,shakar bular …………..

  4. Tabiiy jismlarga misollar keltiring.

O’quvchilar tezkor savollarga javob beradilar.
O’tgan darsdagi “ Ob – havo “ mavzusi asosida savol-javob o’tkaziladi.
O’tgan mavzu bo’yicha guruhlarga topshiriqlar beriladi.
Yomg’ir guruhiga: Ob-havo deganda nimani tushunasiz?
Shudring guruhiga: Ob-havoning qanday ekanini nimaga qarab aniqlanadi?
Shamol guruhiga: Termometrlar bilan nima o’lchanadi?
Qani o’quvchilar,ob-havo darakchilari va belgilarini aytib bering-chi.
O’quvchilar ob-havo belgilarini aytadilar.
-Tutun yuqoriga tik ko’tarilsa,ob-havo o’zgarmaydi.
-Tunda shudring,qirov qalin tushsa,ertasiga havo ochiq bo’ladi.
- Baqalar qurillay boshlasa, havo ayniydi.
-Qaldirg’och pastlab uchsa,yomg’ir yog’adi.
-Kechasi osmonda yulduzlar charaqlab tursa ,ertaga havo ochiq bo’ladi.
-Kuzda daraxtlarning barglari tepasidan to’kilishni boshlasa,qish sovuq keladi.
O’quvchilar bergan javoblari umumlashtiriladi.
O’quvchilarning aqliy zo’riqishlarining oldini olish maqsadida quvnoq daqiqa o’tkaziladi.
Sahna ko’rinishi namoyish etiladi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə