Mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi

Yüklə 1,19 Mb.
tarix27.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#162378
pul va banklar

MAVZU: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI

BAJARDI: 22-02 GURUH TALABASI ZOKURJONOV DOSTON

TEKSHIRDI: HAITBOYEVA DILNOZA

REJA:

Naqd pulsiz va naqd pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan to‘lovlarning yig‘indisi pul aylanmasini tashkil qiladi. Pul aylanmasi tarkibi naqd pul va naqd pulsiz shaklida amalga oshiriladigan aylanmalarni o‘z ichiga oladi.

Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.

Pulning aylanmasi mohiyatini chuqurroq aniqlash uchun uning obyekti va subyektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq.

Pulning aylanmasi mohiyatini chuqurroq aniqlash uchun uning obyekti va subyektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq.

  • Pul aylanmasi subyektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezidentlari, korxona va tashkilotlarni misol qilib keltirish mumkin.
  • Uning obyekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.
  • Pul aylanmasi subyektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Chizmadan ko‘rinib turganidek, pul aylanmasini to‘rtta yo‘nlishga ajratish mumkin.

Chizmadan ko‘rinib turganidek, pul aylanmasini to‘rtta yo‘nlishga ajratish mumkin.

Birinchi yo‘nalish, pul mablag‘lari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va naqdsiz pul aylanmasidan tashkil topgan.

Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan subyektlar joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat.

Uchinchi yo‘nalish, pul funksiyalarining namoyon bo‘lishiga qarab muomala vositasi va to‘lov vositalarini o‘z ichiga oladi.

To‘rtinchi yo‘nalish, tovar-pul munosabatlarining aks etishiga ko‘ra, tovarli pul oboroti va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Pul aylanmasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular quyidagilardan iborat:

Pul aylanmasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular quyidagilardan iborat:

– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma’naviy, iqtisodiy va huquqiy ongi;

– milliy iqtisodiyotni boshqarish tartibi va rivojlanganlik darajasi;

– mamlakat bank tizimining rivojlanganlik darajasi va unga aholi ishonchining mustahkamligi;

– real sektorning rivojlanganligi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;

– Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha mustaqilligining ta’minlanganlik darajasi.

Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda pulkredit siyosatining bevosita va bilvosita instrumentlardan foydalanadi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda tijorat banklari va Markaziy bankning Hududiy bosh boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda va naqd pulli hisob-kitoblarni tashkil etishda quyidagi ishlarni bajaradi:

• naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qiladi;

• pul muomalasini tashkil etadi va tartibga soladi;

• naqd pullarni tijorat banklariga jo‘natish, qabul qilish, saqlash va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi.

Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishda tijorat banklari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishda tijorat banklari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

-jismoniy shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilishga, jismoniy shaxslar pul daromadlarining naqd pulsiz tartibda omonatlarga o‘tkazilishini kengaytirishga, tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarni, shu jumladan bank kartalaridan foydalangan holda rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radilar;

-yuridik shaxslar bilan kelishgan holda ularning kassalaridagi naqd pul qoldig‘i limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatlarini belgilaydilar;

-naqd pul mablag‘larining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar;

-haqiqatda tushgan tushumlar va berilgan naqd pullarning kassa aylanmalarining xomcho‘t hisobkitoblaridan farq qilish sabablarini tahlil qiladilar hamda naqd pul tushumlarining ko‘payishini ta’minlash choralarini ko‘radilar

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə