Mavzu: qadimgi yunoniston notiqlik san'atining vatani. Reja


(miloddan oldingi 106-43 yillar)



Yüklə 51,74 Kb.
səhifə3/4
tarix10.10.2023
ölçüsü51,74 Kb.
#126614
1   2   3   4
notiqlik san\'ati

(miloddan oldingi 106-43 yillar)
Mark Tulliy Sitseron jahon madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardan biridir. U miloddan aw algi 106 yilda Rimdan uzoq boMmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Sitseronning onasi Gelviya xonim bo‘lg‘usi mashhur notiqning yoshligidayoq vafot etgan edi. Otasi Mark Tulliy suvoriylar toifasidan bo‘lib, ko‘p vaqtini adabiyot bilan shug‘ullanish va bolalar tarbiyasiga bagMshlaydi. Mark Tulliy yetti yoshga kirganda otasi farzandlariga yaxshi ta’limtar-biya berish maqsadida Rimga ko‘chib ketadi. Bolalik chog‘larida Sitse¬ ron ukasi Kvint bilan birgalikda mashhur notiq Krass rahbarligi ostida yunon o ‘qituvchilaridan falsafa va notiqlik bo‘yicha, shoir Arxiydan she’riyat san’ati bo‘yicha saboq oladi. U yigitlik paytlarida notiqlik san’ati bilan jiddiy shug‘ullanadi, o‘z zamonasining mashhur notiqlari nutqlarini katta qiziqish bilan tinglaydi. o‘sha davming mashhur aktyorlaridan Rostsiy uning ovozi, xatti-harakatlarining silliqlanishi ustida ishlaydi, deklamatsiya san’atini o‘rgatadi.
Mashhur tragik aktyor Klodiy Ezop esa, unga talaffuzni, ehtirosli nutq so‘zlashni o‘rgatadi. Sitseron taxminan o‘n olti yoshga kirganida mashhur huquqshunos Kvint Mutsiy Ssevoladan saboq oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘sha paytlarda Sitseron bir oz muddat harbiy yurishlarda ham qatnashgan. Xullas, Sitseronning yoshlik davri juda samarali va sermazmun o‘tadi. Sitseron 25 yoshida birinchi marta sudda xalq oldida nutq so‘zlaydi. U avval grajdanlik, so‘ngra jinoiy ish jarayoni bo‘yicha gapiradi. Biroq uning bu nutqiga davlat boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli notiqlar qarshi chiqadi. Shundan keyin u ritorika va falsafa fanlaridan mukammalroq nazariy bilim olish uchun Afinaga jo ‘nab ketadi, so‘ng Kichik Osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi. Ikki yil davomida Sitseron yana, o‘qishni davom ettiradi: mashhur olimlar, notiqlar bilan uchrashadi va suhbatlarda qatnashadi. Mana shunday izlanishlar davomida u nutq so‘zlashda yangi usullar qidiradi. Nihoyat Osiyo va Attika usullari omuxtasidan iborat bo‘lgan o‘ziga xos bir uslub kashf etadi.
Sitseron o ‘z zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari kabi o‘z faoliyatining dastlabki davrlaridanoq nutqda uslubning chiroyliligi, ibora va ifodalarning jozibador boMishiga alohida e’tibor beradi. Sitseron Osiyoga sayohat qilib, notiqlik san’atining sirlarini o‘rganib yurgan vaqtida, Rim hukmdori Sulla vafot etadi. Rimdagi siyosiy vaziyat o‘zgaradi. Sitseron 29 yoshida Rimga qaytib keladi. Bu yerda unga endi “yunon”, “olim” degan laqablar berishadi. Sitseron 30 yoshlaridan boshlab davlat ishlarida faol ishtirok eta boshlaydi. Kvestorlik1vazifasi Sitseron uchun mansab pillapoyasining dastlabkisi edi. Kvestorlikdan keyin Sitseron ko‘proq advokatlik bilan shug‘ullanadi. 70-yillarda Sitseron edillik lavozimiga erishadi. O‘sha paytlarda mashhur Verres ishi bo‘yicha Sitseron ayblovchi sifatida ishtirok etib, yutib chiqqan. Sud mahkamasining ikkinchi sessiyasi uchun Sitseron tomonidan tayyorlangan beshta nutq teksti shu kungacha saqlanib qolgan bo‘lib, notiqlik san’atining oliy namunasi sifatida katta qimmatga ega. Shundan keyin 67-yilda Sitseron bir ovozdan pretor-likka3 saylanadi. Shu tariqa Sitseron tengsiz notiq va donishmand faylasuf, siyosiy arbob sifatida birma-bir shuhrat pillapoyalaridan ko‘tarilib boradi. Nihoyat 63-yili konsullikka saylanadi. Bu Rim Respublikasi-ning oliy martabali lavozimi edi.
Sitseron juda mashhur, yuksak iqtidorli va shijoatli shaxslar- Katon, Brut, Antoniy, Krass, Pompey va Sezarlar bilan bir paytda siyosat maydonida bo‘ladi, muvaffaqi-yatli faoliyat ko‘rsatadi. Sitseronning konsullik davri kuchli siyosiy kurashlarda o‘tadi. Hatto siyosiy raqiblari tomonidan ayblanib bir necha muddatga Rimdan badarg‘a qilinadi. U bir yarim yildan so‘nggina do‘stlarining yordami tufayli Italiyaga qaytib kelishga muvaffaq bo‘ladi. O‘z davrining fozil va ma’rifatparvar kishilaridan biri bo‘lgan Sitseron zamondoshlarining ongini oshirish, ularni ilm-fan, falsafa va madaniyat samaralaridan bahramand qilish masalasiga katta e’tibor beradi va bu ishni o‘zining muhim burchi deb tushunadi. Sitseron nutq nazariyasi ustida tinimsiz ijod qildi. Mashaqqatli mehnati natijasida uch kitobdan iborat “Notiqlik haqida” nomli asari yaratiladi. Ushbu kitobni muallif o‘z ukasi zobit hamda shoir Kvint Tulliy Sitseronga bag‘ishlagan. Edillik - qadimgi Rimda tribunlarning yordamchilari; edillar jamoat binolari, ibodatxonalar, yo‘llar, bayramlar, bozorlar, shahami oziq-ovqat bilan ta’minlash, jamoat tartiblarini kuzatgan, nazorat qilgan. Siyosiy nutqlari, ularning notiqlik san’ati va siyosiy muammolargacha bo‘lgan qimmatli fikr-mulohazalarni o‘z ichiga oladi. Qadim zamonlarda dialog-suhbat tarzida yozilgan asarlar mavjud bo‘lib, ular, asosan, ikki xil ko‘rinishda bo‘lgan. Ulardan biri Platon us-lubi bo‘lib, ushbu uslubda gaplar, asosan, qisqa-qisqa va unda suhbat-doshlardan biri boshqasini muammoni to‘g‘ri hal qilishga yo‘naltiradi. Ikkinchisi -Aristotel uslubi: unda suhbat qatnashchilari navbat bilan o ‘z fikrlarini bildiradilar va nutqlar o‘zaro uzviy bog‘lanadi. Sitseron dia-loglari Aristotel uslubida yozilgan va unda suhbatdoshlar keng ko‘lamli va uzun nutqlar so‘zlaydi. Asarda bayon qilinishicha, notiq shunchaki sud ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini chuqur tushunadigan xalq qayg‘usiga ham-dardlik qila oladigan davlat arbobi bo4mog‘i lozim. Shuning uchun notiqlik san’atiga qiziqqan har bir kishi faqat ritorika ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan va o‘zining tabiiy iste’dodiga ishonib qolmasdan, doimo turli fanlarni o‘qib-o‘rganmog‘i, ilm va madaniyat-ning yuqori cho‘qqilariga iritilmogM darkor. Bundan tashqari, “Notiqlik haqida” asarining muallifi notiqlarning odamlar diliga qo‘rquv, g‘azab va qayg‘u sola bilishi va, aksincha, ularning ruhida xotirjamlik, mehr-shafqat hislarini uyg‘ota olishi kerak, degan fikmi ilgari suradi. Uning fikricha, agar notiq odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, inson tabiatiga xos umumiy xususiyatlarni bilmasa va har bir kishini goh bezovta qiladigan, goh tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa hech qachon o‘z maqsadiga erisha olmaydi.
Sitseronning “Brut” asari Rim notiqlik san’ati tarixiga bag‘ishlangan. Suhbatda Sitseron, Brut va Attik qatnashadi, lekin unda, asosan, Sitseron gapiradi. Ushbu kitobda muallif ikki yuzdan ortiq notiqlarni sanab o‘tgan. Notiqlarning saqlanib qolgan nutqlari unga asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. “Brut” asarini tugatgach, Sitseron kitobni uning qah-ramoni Mark Yuniy Brutga yuboradi. Bmt kitobni o‘qib, Sitseronga maktub yozadi va unga suxandonlik san’ati bo‘yicha bir necha masalalarni o‘rtaga tashlaydi. Bu maktubga javoban Sitseron “Notiq” asa rini yozishga kirishadi. Ushbu kitobda muallif, asosan, har tomonlama mukammal notiq haqida fikr-mulohaza yuritadi. “Notiq” asari dialog tarzida yozilgan.
“Notiq” asarida muallifning ta’kidlashicha, har qanday notiqning ko‘zda tutgan asosiy maqsadi - tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitga qarab, mavjud uslublarning hammasidan o‘z o‘mida foydalanishi zarur. Sitseron bu fikmi davom ettirib, kimki jo‘n narsalar haqida o‘rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. She’riyat tilining vazni va ohangdorligi, uzun va qisqa hijolarning, unli va undosh tovushlarning almashinuvi, bir so‘zning oxiri va ikkinchi so‘zning boshida ikki unlining qator kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, so‘zlarni to‘g ‘ri talaffiiz etish, grammatik qoidalarga katta e’tibor berish kabi notiqlik san’atining muhim masalalari ham Sitseron asarlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Tinglovchilarni zeriktirmaslik uchun nutq davomida ko‘tarinki us-lubni bir parda pasaytirib, sud ishiga aloqador bo‘lgan kishilarning goh salbiy, goh ijobiy tavsifini berish, ilgari o‘tgan mashhur zotlar haqidagi biron latifani eslatib ketish, lozim bo‘lib qolganda, ba’zi bir hayotiy manzaralarni, dramatik voqealarni eslash, o ‘miga qarab biror hikmatli so‘z, maqol yoki qochiriq gaplarni qistirib o‘tish - Sitseronning eng sevgan usullaridan edi.
Sitseron o‘zining har bir nutqida faqatgina nutqning mazmundorli-giga, jumlalarning to‘g‘riligiga e’tibor berish bilan kifoyalanmasdan, balki tilning ohangdor bo‘lishiga ham katta ahariiiyat bergan. Sitseron “Notiq” asarini yozib tugallagach,.mashhur so‘z ustasi De-mosfenning Ktesifontni himoya qilib va Esxilnfng Ktesifontni qoralab so‘zlagan “Gulchambar haqida” nomli mashhur nutqlarini tarjima qiladi va unga “Notiqlarning eng yaxshilari” sarlavhali so‘zboshi yozadi. Ushbu tarjima saqlanib qolmagan, lekin so‘zboshi bizgacha yetib kelgan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, Sitseronning ko‘plab falsafiy asarlarni ham tarjima qilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Yuliy Sezar vafotidan keyin, uning nabirasi Oktavian davlatni boshqaradi. U o‘z davlati mavqeini mustahkamlash maqsadida Sitse-ronning senat oldidagi obro‘-e’tiboridan foydalanmoqchi bo‘ladi. Bi-roq Sitseron Oktavianga ishonmaydi. Sitseronning siyosiy dushmanlari yangi hukmdomi o‘zlari tomonga egib, undan buyuk notiqni qatl etishni talab qiladilar. Shunday qilib, so‘z san’atining mohir ustasi shafqatsiz jazoga hukm etiladi.
Sitseronni butun insoniyat oldida ulug‘lagan, obro‘sini oshirgan narsa uning ajoyib va takrorlanmas nutqlari bo‘ldi. Uyg‘onish davrida Italiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarning insonparvar olimlari Sitseronning ilhombaxsh nutqlarini sevib o‘rgandilar. Mazmundor, ohang-dor va ifodali nutq san’atini o‘rganishda Sitseron asarlari, nutqlari ha-mon dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 51,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə