Mavzu: Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish. Reja: Kirish Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati Korxonalarning bozordagi strategiyasi Ishlab



Yüklə 46,39 Kb.
səhifə13/14
tarix26.10.2023
ölçüsü46,39 Kb.
#132031
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish. Reja Kiri-hozir.org

Rejalashtirish - balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo‘yicha, ko‘p variantli xisob-kitob usullaridan iborat.


Me’yor - belgilangan sifatdagi maxsulot birligi tayyorlash uchun sarflanuvchi xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo‘l ko‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki minimal chegarasidir.


Me’yoriy - nisbiy kattalik bo‘lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlarda aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning xar bir maydon birligi, og‘irlik birligi, xajm birligiga sarflaninshini ifodalab beradi.
Me’yor va me’yoriylar kuyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi:
tirik mehnat xarajati me’yorlari;
moddiy xarajat me’yorlari;
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish me’yorlari;
mehnat vositalaridan foydalanish me’yorlari;
korxona sex asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti me’yorlari.
Rejalashtirishning asosiy vazifalari kuyidagilar:
maqsadni belgilash;
korxona faoliyatining turli xil yo‘nalishlari, iqtisodiyot va aholi uchun zarur bo‘lgan maxsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofikligini asoslab berish;
zarur moddiy-texnika asosini shakllantirish;
moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
yakuniy natijalarning ijobiy bo‘lishiga erishish.
Rejalashtirish tamoyillari:
ilmiylik tamoyili;
majmuaviylik tamoyili;
proporsionallik tamoyili;
uzluksizlik tamoyili;
optimallik tamoyili;
moslashuvchanlik tamoyili.
Rejalashtirish turlari:
strategik rejalashtirish (10-15);
uzoq muddatli rejalashtirish (3-5);
qisqa muddatli rejalashtirish (1-3);
joriy rejalashtirish (choraklar).
Rejalashtirish boshqarish jarayoni sifatida o‘z texnologiyasiga ega bo‘lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarning turi, kattaligi va muddatiga ko‘ra aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarni bajarishda kuyidagi omillar xisobga olinadi:
ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi;
xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi;
moliyaviy resurslar;
aylanma mablag‘lar mavjudligi va unga bo‘lgan extiyojlar;
ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi;
maxsulotni sotish kanallari.
Rejalashtirish quyidagi talablarga javob bergan takdirdagina samarali va ishonchli xisoblanadi:
rejalashtirishning xar bir elementi va bosqichi kat’iy ravishda asoslab berilishi;
rejadagi vazifaning aniq va o‘z vaqtida bajarilishi, ya’ni rejaning adresliligi;
reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda xisobga olish, nazorat qilish va unga zarur xollarda o‘zgartirishlar kiritish;
ichki va tashki muxitdagi o‘zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro‘y bergan o‘zgarishlarga mos ravishda o‘z vaqtida qayta tashkil qilish;
fan-texnika taraqqiyoti va xo‘jalik yuritishning ilg‘or tajribalariga tayanish.
Rejalashtirishning xar bir turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kuyidagilardir:
belgilangan rejalashtirish oralig‘ining aniqligi;
integratsiya va differensiatsiya darajasi, shuningdek, rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlar miqdori;
ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini xisob-kitob qilish darajasining aniqligi;
rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o‘rtasidagi majburiyatlarni taksimlash tartibi.



Yüklə 46,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə