Mavzu: Sharq mutafakkirlarining asarlarida, shaxs ijtimoiylashuv masalalarining yoritilishi



Yüklə 5,65 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü5,65 Kb.
#137412

Mavzu: Sharq mutafakkirlarining asarlarida, shaxs ijtimoiylashuv masalalarining yoritilishi.
Shaxs bu - alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o’zida inson mohiyatini, uning mavjud sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiygumanitar fanlarda o’z yo’nalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U o’ta murakkab ziddiyatli, qarama-qarshi, o’zini o’zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy-axloqiy va estetik aql idrok tafakkur obyekti sifatida hayot mantig’i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxsning shakllanish omillari ko’p va xilma-xildir. Masalan genetik, (nasliy), biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, o’z turdoshlari bilan munosabat va boshqalar shaxsning genetik jixati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, fe’l-atvor bilan, biofiziologik jixati esa yashash uchun quvvat olish bilan belgilanadi.
Hhaxsning ijtimoiylashuvi - ta’lim tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy -axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o’zlashtirilishi, dunyoqarashning boyish jarayoni va natijasidir. Ijtimoiylashuv jarayoni o’zining sifat va xususiyatlariga ega, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart - sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo’lishiga ko’ra murakkabdir. Ana shu sababli u o’zida turli fanlar tomonidan ko’rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik ko’rinishlarini aks ettiradi. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud; An’anaviy - oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar- sharoitlarni yaratish. Institutsional - ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish. Shaxslararo-o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; Refleksiv-o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baxolash, o’z-o’zini loyixalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali indiviual ongni taraqqiy etish. Sharq yulduzi sanalgan Abu Rayhon Muhammad ibn Axmad Beruniy (973-1048) qarashlarida iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayonining mohiyati, ijtimoiy munosabatlar, kishilarning yashash tarzi moddiy extiyojlari, qiziqishlari, manfaatlari, talablari va maqsadlari bilan uzviy bog’liqlikda aks ettirgan. Jaxon fani taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan buyuk qobusiy olim Abu Ali alXusayin ibn Abdulloh ibn Xasan ibn Ali (980-1037) Ibn Sino o’zining buyuk “Tib Qonunlari” asarida iqtisodiy tarbiya haqida so’z yuritib; “Agar oila boshlig’i ,deydi Ibn Sino, tajribasizlik va noxaqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va uning oqibatida bundanda yomon natijalar kelib chiqadi” . Uning fikricha agar oila boshligi yetarlicha ijtimoiylashgan va bu borada ma’lum tajribaga ega xolatda oilani ijtimoiylashtirsa oila baxtli bo’ladi. Mutafakkir va davlat arbobi Yusuf xos Xojib o’zining “Qutadg’u bilik” asarida ham aynan ijtimoiylashuv masalasiga oid 4ta obraz vositasida mohiyatni ochib bergan; Birinchisi-adolat bo’lib u Podshox Kuntug’di timsolida, ikkinchisi davlat bo’lib, vazir Oyto’ldi , uchinchisi- aql bo’lib , vazirning o’g’li O’gdilmish, to’rtinchisi- qanoat bo’lib Uning qarindoshi O’zgirmish qiyofasida tasvirlangan. Shaxsning iqtisodiy ijtimoiylashtirish jarayonida iqtisodiy tarbiya masalasi ham muxum o’ringa ega. Bunda buyuk mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (1441-1501) Alisher Navoiy. qarashlari o’ziga xos alohida axamiyat kasb etadi. Allomaning shaxs ijtimoiylashuvi borasidagi qarashlari, asosan, “Xazoyin ul-maoniy” She’riy devoniga joylangan.
Yüklə 5,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə