Reja. Tarbiya metodlari haqida tushuncha



Yüklə 450,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix11.12.2023
ölçüsü450,03 Kb.
#145183
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
11-mavzu



11. Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari. O‟quvchilarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish. Aqliy tarbiya. 
 
Reja. 
1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 
2.Tarbiya metodlari tasnifi. 
3.Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. 
4.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq- atvor meyorlarini shakllantirish. 
5.Mustaqil fikrlash,ilmiy dunyoqarash va milliy g‟oyani shakllantirish o‟quv-
tarbiya jarayonining tarkibiy qisimlari. 
6.O‟quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qisimlari. 
7.Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 
8. Aqliy tarbiya vositalari. 
 
Tarbiya metodlari haqida tushuncha
Maqsad, mazmun, Shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u 
nimaga qaratilgan, nimani to„ldiradi, nimaga yo„naltirilgan, qanday Shaklda 
tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib 
tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu 
tarbiya metodi tushunchasidir. 
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodos» – yo„l) tarbiya maqsadiga 
erishishning yo„li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu 
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg„ulari va xulqiga ta‟sir etish usullaridir. 
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining 
kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir 
tarbiyachi o„zining imkoniyatiga ko„ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq 
Shart-Sharoitlariga mos ravishda o„zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida 
umumiy 
metodikani 
boyitadi. 
Tarbiya 
metodlarini 
bunday 
xususiy 
takomillashtirish 
tarbiya usullari
deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy 
metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, 
usullar – bu qo„yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o„zining 
tarbiyalanuvchilari bilan yo„l ochadigan o„rganilmagan so„qmoq. Agar uni boshqa 


tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli 
yo„llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni 
to„g„ri qo„llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi 
muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana Shunda. 
Amaliyotda 

Yüklə 450,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə