Xususiy tarmoqlar va internet rivojlanishi



Yüklə 22,24 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü22,24 Kb.
#132942
XUSUSIY TARMOQLAR VA INTERNET RIVOJLANISHI


XUSUSIY TARMOQLAR VA INTERNET RIVOJLANISHI
REJA:
1.Internet tarixi
2.Internetning tarkibiy qismlari
3.Internetning information va kommunikatsion funktsiyalari
4.Internetdan masofaviy ta'limda foydalanish


Kirish
Kompyuterlarni axborotlarni telefon orqali yubora olishga imkon beruvchi modem deb ataluchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
1992-1993-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli, tasvirli va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) dep nomlangan.
Internet deganda ko’pchilik WWWni tushunadi. Aslida WWW Internetni bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak to’ri ma’nosini anglatadi. WWW multimedia (rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi.
WWWning yaratilishiga 1989-yil SHvetsariyadagi Yevropa Yadrovi Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo’ldi. Bu loyihaning asosiy maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda WWW Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib qoldi.
WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Web sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o’z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko’pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar berdi. Masalan juda ko’p kinostudiyalar o’z maxsulotlarini reklma qilish uchun Web sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalard, asosan, yangi filmlar haqidagi ma’lumotlar bilan birga, shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalaraks ettiriladi. WWW yaratilgunga qadar bunday faqat kinoteatrlar yoki televidenie orqaligina mumkin edi.
Kinoteatr va televideniye orqali namoyishlar belgilangan vaqtga bog’liq bo’lsa, WWW dan hoxlagan kishi xohlagan vaqtda yangi kino haqda to’liq ma’lumotga ega bo’lishi mumkin.
WWWni ommalashshining yana biromilli gipermatndir. Gipermatn Web-sahifaning biron qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog’liqligini ko’rsatuvshi ilova bo’lib, u rasm yoki so’ bo’lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa web sahifaga tez va oson o’tish mumkin.
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegshli va mazmuniga ko’ra o’zaro bog’langan bir nechta Web-sahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Web saytni kitobga, Web-sahifani esa kitobni sahifasiga o’xshatish mumkin. Web-saytdagi Web-sahifalar o’zaro giprmatn yordamida bog’lanadi.
Web-saytlari ham, Web-sahifalari ham Web-server deb ataluvchi internetga ulangan maxsus kompuyuterlarda saqlanadi va o’z adresiga ega bo’ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi. So’ngra web –sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan,WWW.uzsci.net), keyin web-sahifa nomi (masalan, rtm) yoziladi. Shunday qilib, misolda keltirilgan web-sahifaning Internetdagi adresi http:// www.uzsci.net rtm ko’rinishidabo’ladi.
Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brouzerlar (Brovser) deb ataladi. Brovser inglizcha so’z bo’lib, ko’rishni ta;minlash, ko’rsatish ma’nosini anglatadi. Birinchi Web-brouzer 1990-yil CERN (yevropaYadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan yaratildi.
Internet bu XX asrda kashf etilgan telekommunitsion va kompyuter tarmoqlar majmuidir. Uning tarixi 1960 yillaridagi Karib majorasidan so’ng, AQSHning ilmiy markazlaridan biri bo’lgan RAND CORPARATION korxonasi birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmangan kompyuter tarmog’ini yaratishni taqlif qilgandan boshlanadi. Bu loyihani amalaga oshirishdan Maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va o’quv markazlari kompyuterlarni bir tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli xujumiga ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqkan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan tizimni yaratish edi. Bunday tizimni tarmoqlar soni ko’p bo’lgandagina amalga oshirish mumkin edi. Shunday qilib Internetga asos solindi.
1964- yili 4 tarmoqdan iborat AQSH ning eng nufo’zli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog’i yaratildi. Boshida olimlarning tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylanadi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o’zi katta muvaffaqiyat edi. 70-yillarda tarmoq ancha o’sdi. Endi tarmoqning to’zilishi O’nga xoxlagan kompyuterlarni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974-yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli to’zildi va tarmoqning rivojlanishiga to’rtki bo’ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo’ldi. 1983-yilda ARPANET-INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri bilan bog’langan kompyuterlar va tarmoqlar to’plamidan iborat tizimsiga aylandi.
1980-yillar INTERNETning keskin o’sish davri bo’ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog’i bilan bog’lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog’iga ulanishga rozi bo’lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning kushilishi hisobiga bo’ldi. NSFNET - AQSHning ilmiy-tadqiqot institutlarini, korporatsiya va xukumat idoralarini birlashtiruvchi tarmog. (1980 yil) EUNET (Europe Union Network) - Yevropaning UNIX operatsion sitemasida va UUCP hamda TCP/IP da ishlaydigan mashinalari tarmog’i. Markazi Amsterdam shaxrida. (1982 yil) EARN (European Academic Research Network)- Yevropaning o’quv, ilmiy-tekshirish va tadqiqot muassasalarining tarmog’i (1983 yil) JUNET - Yaponiyaning UNIX mashinalari tarmog’i (1984 yil) JANET - Buyo’q Britaniyaning birlashgan akademik tarmog’i (1984 yil)
Shulardan NSFNETни - Internet Blackbone yoki "internetning asosi" deb atashadi. Tashkil etilgan vaqtda 1980 yilda u 56 Kbit-s tezligida axborot o’zata olish qobiliyatiga ega edi. 1988 yilda esa unin tezligi 1,544 Mbit-s oshdi. 1991-yili NSFNET tarmog’i takomillashtirildi va uzatish tezligi 44.736 Mbit-s ga yetdi.
Internetga ulangan kompyuterlar soni 1987 yilda 10 000 bo’lsa, 1989 yilda 100 000 taga yetdi, 1995 yilda esa 6,5 million deb hisoblangan. Hozirgi kunda esa dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida 100 milionlab kompyuterlar Internetga ulangan bo’lib, har oyda tarmoq abonentlar mikdori 7-10% ortib bormoqda. Internet dagi kompyuterlar aksariyati AQSH da joylashgan.
90- yillar INTERNET da xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr bo’ldi. 1990 yili Bill Xilan, Elan Emtidj va Piter Deych ARCHIE dastursini ishlab chiqishdi. 1991 yili Bryuster Kaale WAIS dastursini to’zdi, Minnesota universitetida Pol Lindner va Mark Mak-Kayl tomonidan Gopher dastursi to’zildi. 1992 yilda Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica tizimsi ishga tushirildi va shu sababli tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketadi.
Ammo Internet ning 90-yillardagi rivojlanishiga asosiy sabab World Wide Web (Butun Dunyo Tarmog’i) ning to’zilishi bo’ldi. Uni birinchi nusxasini 1990 yilining noyabrida CERN (Yevropa atomni tekshirish markazi) xodimi Tim Berns-Li yaratdi, lekin 1992 yilgachi ishga tushirilmadi. 1993 yilda NCSA (National Center for Supercomputer Applications, Superkompyuterli Hisoblash Milliy Markazi) tomonidan Mosaic dastursi ishlab chiqarildi va shu yil oxiriga 200 ta WWW server ishga tushirilib WWW bo’yicha axborot okimi 1% ni tashkil qilgan.
Internet o’z - o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
• Texnik
• Dasturviy
Informatsion
Internetning texnik tarkibiy qismi xar xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputniq shisha tolali va boshqa turdagi tarmok kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmogining umumiy faoliyatiga aslo ta’sir etmaydi.
Internetning dasturviy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuidan iboratdir.
Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan turli elektron xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko’rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muxim xususiyatlaridan biri, u butun tarmok bo’ylab taksimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy komppyuteringizda o’qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izoxlari esa uchinchi manbadan yirilishi mumkin. Shunday qilib, tarmogdagi elektron xujjatni o’zaro moslashuvchan giper boglanishlar" orkali bir necha manbalar majmuasi ko’rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o’zaro boglangan elektron xujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muxit hosil bo’ladi.
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informatsion tarkibi o’zaro o’xshashdek tuyladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko’plikka" usulda tashkil etilgan ob’ektlar borlikligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo’lgan ixtiyoriy kompyuter ko’plab (millionlab) komppyuterlar bilan bog’langan bo’ladi. Bunday bog’lanish "TARMOQ"(Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda e’lon qilingan har bir elektron xujjat, tarmog’dagi bir nechta xujjatlar bilan o’zaro boglanishda bo’lishi mumkin. Bu holdagi informatsion bog’liqlik "to’r" (Web) nomini olgan.
SHunday qilib, "tarmoq"(Ne1) haqida so’z yuritilganda o’zaro boglangan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to’r" (Web) haqida so’z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi.
Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari, jamoatchilik fikri va mamlakat ma`naviy yuksalishiga axborot tahdidi. Axborot tahdidi shunday bir universal xarakterga egaki, uning barcha boshqa sohalarga jiddiy salbiy ta`sir qilish imkoniyati bor: shaxs dunyoqarashiga, jamiyat barqarorligiga, davlat tinchligiga, jamoatchilik fikrini chalg`itishga va ohiri oqibatda har bir mamlakatning ma`naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga ham. Chunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga kirib kelishi uncha ham ko`zga tashlanmaydi. Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma`lumotni o`zlashtirish va zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o`zi esa mustahkam irodali bo`lishi zarur. Har bir mamlakat aholisining asosiy qismi esa bunday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun axboriy-psixologik barqarorlikka birinchi o`rinda axborot tarqatuvchilar ega bo`lishi shart: davlat tuzilmalari xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va boshq.
Bu haqda O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday degan: “Ma`rifatparvarlik biz uchun ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q, yo`qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma`naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo`ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi.”.
Davlat siyosatini ta`minlashdagi axboriy tahdid.
Axboriy tahdidlarning eng xavflisi – davlat siyosatini ta`minlashga halaqit berayotganlaridir. Chunki agar shaxsga salbiy ta`sir tor doiradagi odamlarni qamrab olsa, davlat va jamiyatga tahdid butun bir mamlakat, xalq tinchligini xavf ostiga quyadi. Bu juda katta va jiddiy muammodir, shuning biz uni mazkur fanni o`zlashtirish jarayonida turli nuqtai nazardan o`rganmoqdamiz.
Mamlakat axborot takomilidagi tahdidlar; ichki auditoriyani axborot bilan ta`minlash; milliy axborot texnologiyalari va resurslaridan foydalanish hamda uni to`plash.
Axboriy tahdidlarga qarshi kurashning yaxshi yo`llaridan biri – mamlakat o`zini o`zi axborot bilan ta`minlashi. Albatta, bunday axborot to`liq, sifatli va haqqoniy bo`lishi shart, aks holda jamiyat a`zolari yanada xorijiy manbalarga murojaat etadilar va bunga hech kim to`siqlik qilolmaydi. Aslida ichki hududni axborot bilan yetarli darajada ta`minlash uncha ham qiyin emas, chunki bugungi kunda axborot texnologiyalari juda keng ishlatilmoqda va axborot tarqatadigan sub`ektlar mamlakatning hamda dunyoning turli burchaklaridan xohlagan ma`lumotlarni olib mamlakat ichida tarqatishi mumkin. Faqat ushbu ishda loqaydlik va o`zibo`larchilikka yo`l qo`ymaslik zarur. Chunki inson psixologiyasining shunday bir xususiyati borki, agar u biror bir voqea bo`yicha uch-to`rt soat ichida ma`lumot (jumladan, rasmiy) ololmasa, paydo bo`lgan axborot bo`shligini har xil uydirma va mish-mishlar to`ldiradi.
Axborot va telekommunikatsiya vosita va tizimlari xavfsizligiga tahdidlar.
Birinchi Iroq urushi paytida Iroqning o`sha davrdagi prezidenti Saddam Husaynning kuchli armiyasi bor edi. Ammo mazkur armiya bir necha kun ichida AQSh harbiylari tomonidan tor-mor qilindi. Buning sababi nimada? Birinchi o`rinda AQSh harbiylari Iroq armiyasining harbiy kommunikatsiyalarini, jumladan, kompyuterlarini ishdan chiqardilar. Bunday keyin texnika va askarlarni yengish qiyin bo`lmadi. Mazkur misoldan har bir mamlakat o`z axborot tizimlarini xavfsizligini ta`minlashi naqadar muhim ekanligini anglab olish qiyin emas.
Axborot – psixologik ta`sir vositasi sifatida.
Inson uchun axborot – eng ta`sirchan vositadir, chunki uning ongi bor. Mantiqiy isbot, qolaversa, axborot yetkazishning eng oddiy usullari shu qadar katta kuchga egaki, unga hech kim hech narsani qarshi qo`yolmaydi. Shuning uchun targ`iboti haddan kuchli mamlakatning aholisi fanatiklarga o`xshaydi, masalan, Gitler davridagi nemis byurgerlari. Insonning tabiati shunday yaratilganki, u axborotni qabul qilmasdan, uni tushunishga harakat qilmasdan yasholmaydi. Har bir odam ma`lumotni ko`radi, eshitadi, o`qiydi va, eng muhimi, doimo, uzluksiz ravishda, kechayu-kunduz unga yetib boradigan axborotning ta`sirida yashaydi. Shuning uchun axborot yordamida kimgadir ruhiy ta`sir qilmoqchi bo`lganlarga o`sha odamning psixologiyasi ko`maklashadi, agar ushbu inson axborotni o`ylamasdan qabul qilaversa bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shaxs axborot–psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari va umumiy tavsifi: tashqi va ichki tahdid, uning tuzilishi hamda mohiyati.
Yuqorida aytganimizdek, shaxs tomonidan axborotni qabul qilishning hal etuvchi mezoni – bu insonning ongi borligidir. Mazkur ongdan foydalanib, mantiqiy isbot yordamida odamga xohlagan, eng noma`qul g`oyani ham “to`g`riligini” isbotlash mumkin, bu qiyin emas. Buning uchun dalillarni ustalik tanlab, isbot jarayonini yaxshi tuzish kifoya. Demak, axborot-psixologik xavfsizlikka tahdidning birinchi manbasi – bu insonning o`zidir. Undan tashqari boshqa manbalar ham bor. Ular, eng avvalo, tashqi va ichki manbalarga bo`linadi. Tashqilari qatoriga boshqa mamlakatlar O`zbekiston axborot hududida hukmronlilik qilishga yo`naltirilgan harakatlardan hosil bo`ladi va turli noxolis siyosiy, harbiy, iqtisodiy, jamoaviy tuzilmalar vakillarining O`zbekiston fuqarolariga nisbatan salbiy ta`sir ko`rsatishidan iborat. Bunday harakatlar, jumladan, xorijiy OAV, turli nodavlat, jamoaviy tashkilotlar, jamg`armalar, guruhlar va h.k. tomonidan amalga oshiriladi.
Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobida «ma’naviy jasorat» tushunchasi haqida atroflicha fikr yuritilgani bejiz emas. Chunki aynan ma’naviy jasorat insonni loqaydlik, beparvolik kayfiyatidan, o‘ziga, o‘z kuchiga ishonchsizlik va qat’iyatsizlikdan xalos etadi. Umuman, ogohlik va ma’naviy jasorat o‘zaro mushtarak tushunchalar bo‘lib, ma’naviy jasorat egasi bo‘lgan odam beparvo yashay olmaganidek, qalbi hamisha bedor, sergak va ogoh bo‘lgan inson ham har lahzada ma’naviy jasorat ko‘rsatishga tayyor bo‘ladi. Bu Prezidentimizning kitobida birinchi bor chuqur asoslab berilgan g‘oyat muhim falsafiy qarashdir. Uning ma’no-mazmuni, ahamiyatini odamlar, ayniqsa, yoshlarning ongiga singdirish, shu tariqa bugungi kunda ularni har tomonlama ogoh va ma’naviy jasorat egalari qilib tarbiyalash biz — ma’naviyat sohasi xodimlarining muqaddas burchimizdir.

Ichki tahdidlar sirasiga aholini axborot bilan ta`minlashning huquqiy va iqtisodiy asoslari yetarli emasligi, fuqarolik jamiyatining institutlari rivojlanmayotganligi va fuqarolarning davlat va nodavlat tashkilotlariga murojaatlari javobsiz qolib ketishi, axborot bozori qanday rivojlanishi davlat tomonidan nazorat qilinmasligi, fuqarolar davlat tuzilmalari faoliyati haqida yetarli axborot ololmasligi hamda yuqori tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ularga tushuntirib berilmasligi va boshqalar kiradi.


Shaxs ruhiyatining bioijtimoiy tabiati, uning xususiyati, shakllanishi va boshqariluvi, kishining shaxsiy tavsifi va axborot-psixologik xavfsizlik tahdidi tizimida uning ahamiyati.
Inson ruhiyati bioijtimoiy tabiatga ega ekanligini ko`pchilik bilsada, bu holatga va bundan kelib chiqadigan oqibatlarga uncha ham e`tibor berilmaydi. Bioijtimoiy tabiat esa inson xulqi va ongi uchun etakchi omil. Demak, keng auditoriya bilan ishlash jarayonida psixologiya qonunlarini bilmasdan samarali faoliyat ko`rsatib bo`lmaydi. Inson psixologiyasining negizini biologik fazilatlar tashkil etadi, odatda biologik jihatdan tinch bo`lgan oddiy odam ijtimoiy sifatlarga ega bo`lishga qodir. Zigmund Freyd, Karl Yung va shular kabi faylasuf-psixologlar isbotlab berilgani bo`yicha, inson ongining fundamentini ongsiz biologik xususiyatlar (shaxsiy va jamoaviy ongsizlik) tashkil etadi. Shunday ekan, axborot xavfsizligi sohasida ixtisoslashayotgan mutaxassislar buni e`tiborga olishlari zarur. Masalan, har bir inson xulqi, nuqtai nazari va pozitsiyasi turli axborot yordamida har xil boshqarilishi mumkin. Siyosatshunoslar yoki jurnalistlar bir voqeani, bitta faktni shunday talqin qila oladiki, undan keng auditoriya ijobiy yoki, teskarisi, salbiy xulosa chiqarishi odatiy hol bo`lib qolgan. Shunday ekan, axborot-psixologik xavfsizlik tahdidi tizimida faoliyat ko`rsatadigan O`zbekiston OAV ular uchun eng muhim omillar bo`lgan tezkorlik va haqiqatgo`ylik printsiplari asosida ish olib borishlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat axborot–psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari.
Bunday manbalar ko`p, ularning asosiy qismi shaxs axborot–psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari tarkibida keltirildi. Qo`shimcha ravishda butun jamiyat va millatga xavf solayotgan manbalarni keltirish mumkin, masalan, millatchilikni, shovinizmni, imperiyaviy tafakkur, mafkuraviy ekspansionizm va boshqa shu kabi illatlarni qo`zg`atuvchi davlatlar, tashkilotlar va shaxslar shular jumlasidandir.

XULOSA
Bugun hayotning o‘zi ommaviy axborot vositalari oldiga fikrlar xilma-xilligi, mamlakatimiz va xorijda ro‘y berayotgan voqealarni hisobga olgan holda, xalqimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini yanada to‘liq ta’minlash, O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan tashqi hamda ichki siyosatni yanada faol yoritish vazifasini qo‘ymoqda.


Buning uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit yaratilgan. Bunday keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan va fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri hisoblangan O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari bugungi kunda jamoatchilik fikrini ifoda etadigan, hayotimizning barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish yo‘lida harakatga keltiruvchi kuch bo‘lishi, mamlakatimizning har bir fuqarosi Vatanimiz taqdiri uchun o‘z mas’ulligini his etgan holda el-yurtimizning yanada ravnaq topishiga o‘z hissasini qo‘shishga intilishiga ko‘maklashishi lozim.
Hozirgi davrda aholimiz, ayniqsa yoshlarimizning axborot uzatishning zamonaviy texnikasi va texnologiyasini mukammal darajada o`zlashtirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, mamlakatimizda Internetdan foydalanish tizimini yanada rivojlantirish bilan birga, mazkur tarmoqqa milliy manfaatlarimiz aks etgan axborotlarni turli shakl va tillarda kiritib borish zarur. Zero, jamiyatimiz hayotining turli sohalari to`g`risida axborot beruvchi ob`ektiv, jozibador ma`lumotlarning Internet sahifalaridan keng o`rin egallashi, O`zbekistonning global axborot makonidagi o`rnining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2012 yil.
2. O’zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi Qonuni, 2007 yil.
3. O’zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsipi va kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni, 2002 yil.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori, 2014
Yüklə 22,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə