Ellin davlatlari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix25.01.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#99318
  1   2   3   4   5   6   7   8
ellinizmning mohiyati va ellinistik davlatlar




 



MUNDARIJA 
KIRISH……………………………………………………………………………3 
I BOB. ELLINISTIK DAVLATLARNING VUJUDGA KELISHI VA 
TARAQQIYOTI…………………………………………………………………..7 
1.1. Ellinizmning mohiyati va ellinistik davlatlarning vujudga kelishi……………7 
1.2. Ellinistik davlatlarning siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti……………………...18 
 
II 
BOB. 
ELLINISTIK 
DAVLATLARNING 
MADANIY 
TARAQQIYOTI…………………………………………………………………29 
2.1. Ellinistik davlatlarda din, falsafa, ilm-fan taraqqiyoti………………………..29 
2.2. Ellinistik davlatlarda adabiyot, san`at, me`morchilik………………………...34 
2.3. 
Ellinizm 
va 
uning 
Markaziy 
Osiyo 
xalqlari 
madaniyatiga 
ta`siri…………………………………………………………………...………….42 
 
XULOSA…………………………………………………...…………………… 51 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………………….53 



KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
O’zbekiston davlat 
mustaqilligini qo’lga kiritib, mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagach, jahon 
hamjamiyatining teng xuquqli a`zosi sifatida xalqaro munosobatlarda faol ishtirok 
eta boshladi. O’zbekiston o’zaro munosabatlarda tenglik, boshqa davlatlarning 
ichki ishlariga aralashmaslik, o’zaro foydali va teng xuquqli hamkorlikni 
rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik, xavfsizlik va 
barqarorlikni ta`minlash kabi tamoyillarga tayangan holda jahon hamjamiyati 
safiga dadil kirib kela boshladi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari 
orasida o’zining mustahkam o’rnini egalladi va tashqi siyosatning xalqaro huquq 
me`yorlariga asoslangan va jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuv 
strategiyasiga mos keladigan huquqiy tizimini yarata boshladi. Shu munosabat 
bilan O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov: "Ochiq demokratik davlatni qurish, 
bozor munosobatlarini vujudga keltirish xalqaro e`tirof etilgan konstitutsiyaviy 
hamda huquqiy asosda amalga oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni isloh qilish, 
uning keng ko’lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli 
huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarni ta`minlab beradi ",- deb ta`kidlagan edi
1
.
Tarix fanining jamiyat taraqqiyotidagi rolining o`sib borishi natijasida uning 
oldida turgan dolzarb muammolar ko`lami aniqlandi. O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar va jurnalistlar bilan 1998 yil 26 
iyunda 
bo`lgan 
uchrashuvi 
hamda 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti 
faoliyatini takomillashtirish to`g’risida"gi qarorida tarixchilar oldida turgan 
dolzarb muammolardan biri sifatida o`zbek davlatchiligi tarixini o`rganish asosiy 
vazifa qilib belgilangan. Shuningdek, davlatchilikning turli tarixiy bosqichlarida 
1
Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, тараққитёт шартлари ва барқарорлик 
кафолатлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – Б. 279. 



O`zbekiston hududida yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy 
va ma`naviy hayoti masalalarini o`rganish zarurligi ko`rsatib berildi
2

Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: 
“Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o’tgan davri 
mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o’zgarib borayotgani, 
qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqorolik jamiyatini barpo 
etish yo’lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji 
tug’ilmoqda”
3
.
Mustaqillik yillarida vatanimiz tarixini chuqur o’rganish bilan birga, jahon 
mamlakatlarining taraqqiyot bosqichlarini o’rganishga, jahon tarixida vatanimiz 
hududida yashagan xalqlarning ishtirokini o’rganishga alohida ahamiyat qaratildi. 
Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi 
zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonida egallab turgan 
o’rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot 
talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan xamqadam bo’lishimiz shart
4
.
Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa yurishlari vaqtidan boshlab, O’rtayer 
dengizining katta qismi Misr, Kichik va Old Osiyo, uning atrofidagi hududlar, 
O’rta Osiyoning janubiy va markaziy Osiyoning bir qismi, Hind daryosining quyi 
oqimigacha ularning tarixiy taraqqiyotini yangi Ellin davri boshlandi. “Ellin” 
tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi
I. Droyzen tomonidan kiritildi. Droyzen bu tushunchani makedoniyalik 
Iskandarning bosqinchilik yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan 
qo’lladi va uni mazmunini madaniy soha bilan chekladi.
XX asrning 50-yillar boshlaridan ko’pchilik tarixchilar Elliniz davrini 
siyosiy-iqtisodiy, madaniy-mafkuraviy sohalarda Ellin (g’arb) va mahalliy (sharq)
2
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Тарих 
институти фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида” ги Қарори // Халқ сўзи. 1998 йил 28 июль. 
3
Каримов И. А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2010. – Б. 3.
4
Каримов И. А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2010. – Б. 4.



hayotining sintezi deb qabul qildilar. Bu sintez qadimgi Sharqning ko’pgina 
hududlarini yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy vaziyatda amalga 
oshdi. Ellin davri davlatchiligi, madaniyati, san’ati vatanimiz halqlari hayotiga 
ulkan ta’sir ko’rsatgan. Shuning uchun ham mazkur mavzu dolzarb ahamiyat kasb 
etadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə