Ellin davlatlari


 Ellinistik davlatlarning siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix25.01.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#99318
1   2   3   4   5   6   7   8
ellinizmning mohiyati va ellinistik davlatlar

1.2. Ellinistik davlatlarning siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti. 
Yunon-makedonlar kelishi arafasida Misrning iqtisodiyoti so’ngi tosh davri 
ibtidoiy texnikasi darajasida bo’lib, faqatgina qisman takomillashtirilgan mis va 
bronza qurollariga asoslangan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat 
xo’jaligida haqiqiy to’ntarish bo’ldi: qishloq xo’jaligida temir mehnat qurollari 
paydo bo’ldi, Bobildan seyalka olib kellindi. Qishloq xo’jaligida yangi texnik 
moslamalar vino va zaytun yog’ini olish uchun vintli pres (Arximed vinti)dan 
foydalana boshlanishi dehqonlarni mehnatini yengillashtirdi. Yangi ekinlar paydo 
bo’ldi va ishlov beriladigan yer-maydonlarining hosildorligi keskin o’sdi. Firavn 
Nexo kanali qayta tiklandi, tashlab qo’yilgan ko’plab yerlar o’zlashtirilib, 
irrigatsiya inshootlari qayta ishga tushirildi. 
Hunarmandchilik shaharlarda to’planib, qishloq xo’jaligida qaraganda bu 
sohada qul mehnati keng qo’llandi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozor uchun 
ommaviy ravishda ishlab chiqarildi. Kemasozlik uy-joy va jamoat binolarini 
qurilishi, metal va keramik idish-tovoqlar, gazlamalr, mebellar, zargarlik 
buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli hunarmandchilik mahsulotlari 
eksport qilindi.
Ptolemey I savdo-hunarmandchilik, qishloq xo’jaligini rivojlantirish 
maqsadida o’z tanga pullari oltin stater, kumush tetradraxma va mis obollarni zarb 
qila boshladi. Oltin va kumush qazish, tanga zarb qilish, turli xil pul ayirboshlash 
davlat monopoliyasiga aylantirildi hamda, chet el tanga pullarini ishlatish 
taqiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida o’ziga xos qog’oz vazifasini 
bajargan papirusni ishlab chiqarish ham davlat monopoliyasiga aylantirildi. 


19 
Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari (Ptolemey II, Filadelf III, 
Everget III, Filopator IV, Epifan V) deyarli yuz yil davomida faol tashqi siyosat 
olib borib, Ellin dunyosida yetakchilik qilishga da’vo qildilar. Ptolemey V 
Epifanning er. avv. 180-yil o’limidan keyin tashqi siyosatda qiyinchiliklar tug’ila 
boshlandi, tushkunlikning uzoq davri boshlanib, miloddan avvalgi 30-yilda Rim 
istilosi bilan tugallandi
28

Er. avv. III asr o’rtalarida Misr kuchli harbiy flot va qo’shinga ega edi. 
Ptolemeylarning asosiy raqibi Makedoniya, Bobil va Kichik Osiyodagi ba’zi 
davlatlar edi. Ptolemey IV Filopator davri (er. avv. 222 – 205-yillar) Misr tashqi 
siyosiy yutuqlarining eng oliy nuqtasi bo’ldi. Misrning mavqei Old Osiyoda 
kuchayib ketdi, lekin bu vaqtinchalik edi.
Er. avv. 70-yillardan boshlab, Rim davlati Misrning ichki ishlariga faol 
aralasha boshladi. Ptolemey sulolasining bir necha vakillari Rim yordami bilan 
hokimiyatni boshqardilar. Sulolaning so’ngi vakili Kleopatra VII ham rimliklar 
yordamida taxtga keldi. 
Salavka davlati gullab-yashnagan davrida Iskandarning Osiyodagi sobiq 
mulklarini katta qismini o’z tarkibiga olgan edi. Bu bepoyon hududda turli 
iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida turgan etnik va til jihatidan olaquroq 
bo’lgan xalqlar joylashgan edi. Salavka davlatida yunon va makedonlar podsho 
boshchiligida hukmron tabaqaga aylandilar, ular barcha oliy hokimiyat 
lavozimlarini egallab oldilar hamda qo’shinning asosiy qismini tashkil etdilar. 
Mahalliy zodagonlar hokimiyat boshqaruvida deyarli ishtirok etmadilar. 
Faqat Bobil shaharlarining fuqaro-ibodatxona jamoalari ma’lum bir imtiyozlardan 
foydalandilar
29

Salavkiylar davlati aholisining asosiy qismi jamoachi dehqonlardan iborat 
edi. Bu jamoalar podsho foydasiga pul va natural majburiyatlarni o’tar edilar. 
Jamoachi dehqonlar shaxsan erkin edilar, lekin davlat hokimiyati dehqonlarni asta-
sekin qaram qila boshladi. Bu ularni yerga biriktirib qo’yishda ko’rinadi. Davlat 
28
Любченков Ю. Древний мир и средние века. – М.: Вече, 2001. – C. 227. 
29
Кошеленко Г.А. Греческий полис на эллинистическом Востоке. – М.: Наука, 1979. – C. 93. 


20 
yerlari ikki qismga bo’lingan edi. Bir qism yerlar podshoning shaxsan o’ziga 
tegishli yerlar, ikkinchi qismi shaharlar, mahalliy zodagon-hokimlar, qabilalar va 
jamoalarga tegishli bo’lib podsho tomonidan nazorat qilinar edi.
Davlatning butun hududi satrapliklarga bo’lingan bo’lib, undan kichik 
mamuriy birliklar yeparxiya va giparxiyalar edi. Satraplik boshida satrap(Antiox 
III davrida-Strateg) turib, u fuqarolik va harbiy hokimiyatni amalga oshirar edi. 
Moliya muassasi esa mustaqil edi. 
Salavkiylar davlatida O’rta Osiyo va Eron hududlari muhim o’rin tutar edi. 
Salavk I davrida uning o’g’li va merosxo’ri Antiox I (er. avv. 280 – 261-yillar.) bu 
hududlarni boshqarar edi. Antiox I Salavkani Spitamenning qizidan bo’lgan o’g’li 
edi. O’rta Osiyoda sulola hokimiyatini mustahkamlash uchun yangi shaharlar va 
harbiy manzilgohlar qurildi, eskilari qayta tiklandi (Marv vohasi devor bilan to’liq 
o’rab olindi). 
Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o’rtalarida Baqtriya, So’g’diyona va 
Parfiya ajralib chiqdilar, Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi 
davlatlar paydo bo’ldi. Qora va Kaspiy dengizlari oralig’ida Armaniston davlati, 
Midiyaning shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylardan ajralib chiqib, Midiya 
Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari 
vujudga keldi (Yunon-Baqtriya er. avv. 130-yillargacha, Parfiya davlati esa 
eramizning 227-yiligacha mavjud bo’ldi.). Antiox III bu davlatlarni bo’ysundirish 
uchun er. avv. 212-205-yillarda sharqqa yurish qildi
30
. Yurish davomida 
xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. 
Yurish natijasida Parfiya qayta bo’ysundirildi, Yunon-Baqtriya uning shaharlarini 
ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. 
Antiox qo’shinlari Hindikush tog’laridan o’tib Hindiston yerlariga bostirib kirdi va 
mahalliy hokim bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga ega bo’ldi.
Antioxning bu yurishi salavkiylar davlatining yemirilishini vaqtincha 
to’xtatdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamladi. Kichik Osiyoning katta qismi 
bosib olindi va Kelesiriyani Misrdan batamom tortib oldi. 
30
Левик П. Элинистический мир. – М.: Издательство Восточной литературы, 1990. – C. 117. 


21 
Kuchayib ketgan Salavkiylar davlati Pergam va Rodosni xavfsizligiga jiddiy 
xavf sola boshladi. Pergam va Rodos Antiox III dan shikoyat qilib, Rimdan 
yordam so’radi. Rim ham Antiox III saroyiga mashhur Karfagen qo’mondoni 
Gannibalni maslahatchi bo’lib turganidan norozi edi. Er. avv. II asr boshlarida 
Salavkiylar bilan Rim respublikasi o’rtasida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. 
Er. avv. 189-yilda Rim bilan bo’lgan urushda Antiox III qo’shinlari yengildi. 
Mamlakat hududlarida norozilik Salavkiylarning zulmiga qarshi qo’zg’olon va 
isyonlar boshlanib ketdi. Yunon-Baqtriya va Parfiya o’z mustaqilliklarini qayta 
tikladilar va Parfiya g’arbga tomon yurish qilib Salavkiylar hududlarini bosib ola 
boshladi. Midiyada satrap Timarxning isyon ko’tarishi bu viloyatni parfiyaliklar 
tomonidan bosib olinishiga yordam berdi. Bundan tashqari, parfiyaliklar fors va 
Elamni egalladilar.
Antiox III ning o’g’illaridan biri Antiox IV (er. avv. 175-yilda) shijoatli 
hukmdor bo’lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning 
boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik qildi
31

Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o’tmishdagi kuch-qudratini 
tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar ijtimoiy siyosiy barqarorlikni vujudga 
keltirib, uning hududini kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib 
olish uchun kuchli qo’shin bilan yurish boshladi. Yo’lda uni Rimning Misrdagi 
elchisi Gay Popiliy Lena to’xtatadi. Aytishlaricha, Salavkiylardan ko’ra qudratli 
bo’lgan Rim elchisi Antiox IV o’tirgan joyni atrofida doira chizib, Rimning talabi 
bajarilmaguncha (Misrga yurishni to’xtatish) Antiox IV ni doira ichidan chiqib 
ketishini taqiqladi. Natijada, rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to’xtatiladi. 
Salavkiylar davlatining yemirilish jarayoni tezlashib ketdi. Er. avv. I asr 
boshlarida Yahudiya o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. Natijada Salavkiylar davlati 
hududi Suriya, Finikiya va Klikiyaning bir qismi bilan chegaralanib qoldi. Er. avv. 
64-yilda Salavkiylar davlatining qoldiqlari Rimga Suriya provinsiyasi sifatida 
31
Ранович А.Б. Элинизм и его историческая роль. – М.: Наука, 1999. – C. 117. 


22 
qo’shib olindi. Sharqiy Pont, Paflagoniya, Galatiya, Kappadokiya, Armaniston va 
Kommagen rimliklarga vassal bo’lgan mahalliy hokimlar qo’lida qoldi
32
.
Ptolemeylar Misri, Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin 
dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlaridan so’ng Makedoniya 
tushkunlik holatida edi. Aholini katta qismi Iskandar yurishlari davrida sharqqa 
ko’chgan edi. Antigonidlar olib borgan doimiy urushlar shimoldagi varvar 
qabilalarini xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi. Antigonidlar xo’jalik 
hayotini qayta tiklash, aholini ko’paytirishga e’tibor berishga majbur bo’ldilar. 
Shu sababli yangi shaharlar qurilib, eskilari qayta tiklandi, bo’sh yotgan yerlarga 
aholi ko’chirildi, konlar qazildi. Kemasozlik rivojlandi, qurilish yog’ochlari bilan
qizg’in savdo qilindi. 
Makedoniyadagi beqaror vaziyat Iskandar vafotidan keyin qariyb ellik yil 
davom etdi. Er. avv. 276-yilda Kassandrning nevarasi, galat (kelt)lar hujumini ikki 
marta qaytargan. Yunonistondagi vaziyatni barqaror qilgan Antigon 276-yilda 
taxtga chiqdi. Antigon va uning avlodlari Makedoniyani Rim bosib olgunga (er. 
avv. 168-yilgacha) qadar boshqardilar. Antigonidlar uchun Yunonistonni 
bo’ysundirib turish juda qiyin siyosiy muammo edi. 
Bu davrda manfaatlari bir-biriga zid bo’lgan yunon polislari turli 
ittifoqlarga birlashib, urush olib borar edilar. Makedoniya ham bir necha yunon 
polialri kirgan Ellin ittifoqiga boshchilik qildi va yunon shaharlari ichki ishlariga 
faol aralashdi.
Rim va Ptolemeylar yunon polislarini Makedoniyaga qarshi chiqishlarini 
qo’llab-quvvatladilar. Ikkinchi Puni urushlari vaqtida Makedoniya Gannibal bilan 
ittifoq tuzdi. Bunga qarshi Rim Pergam va Peloponnesning bir necha polislarini 
Makedoniyaga qarshi chiqishga undadi. Natijada er. avv. 215-206-yillar birinchi 
makedon urushi yuz berdi.
G’ayratli podsho Filipp V Salavkiylar bilan ittifoq bo’lib zaiflashgan 
Ptolemeylarni Kichik Osiyo va Egey mulklarini bosib oldi. Italiya, Pergam va 
Rodos bunga qarshi chiqib Rimdan yordam so’radilar. Natijada ikkinchi makedon 
32
Редер Д.Г., Черкасова Е.А. Қадимги Дунё тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б. 245. 


23 
urushi (er. avv. 200 – 197-yillar) boshlandi. Fessaliyadagi er. avv. 197-yildagi hal 
qiluvchi jangda Makedoniya yengildi. U Yunoniston va Kichik Osiyodagi barcha
mulklaridan ajraldi. 
Filipp V ning o’g’li Persey (er. avv. 179-168 yillar) Makedoniyani avvalgi 
qudratini qayta tiklashga urindi. Ammo Rim bilan urushda (uchinchi makedon 
urushi er. avv. 171-168 yillar) Pidna yonidagi jangda yengildi. Makedoniya hududi 
g’oliblar o’rtasida to’rt okrugga bo’lindi. Er. avv. 148-yilda Andriskni Rimga 
qarshi qo’zg’olonidan so’ng Makedoniya Rim provinsiyasiga aylantirildi
33

Iqtisodiyotni asosini erkin dehqon mehnati yetakchi bo’lgan qishloq 
xo’jaligi tashkil etar edi. Podshoga faqat o’rmon va qazilma boyliklar tegishli edi. 
Ellin Makedoniyasiga podsho hokimiyati ba’zi bir eski belgilarini meros 
qilib oldi: qo’shin yig’ini avvalgidek podshoni taxtga chiqish vaqtidagi o’z 
ahamiyatini saqlab qoldi, u oliy sudya rolida chiqar edi. 
Attalidlar tashqi siyosatda Sharqda Salavkiylar podsholigiga qarshi turib, 
g’arbda kuchli ittifoqchi sifatida Rim davlatiga tayandilar va bu amalda Pergamni 
Rim respublikasiga tobe bo’lishga olib keldi. Attal I (er. avv. 241 – 197-yillar) 
galatlar ustidan g’alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U birinchi va ikkinchi 
makedon urushlarida (er.avv. 215 – 205-yillar va 200 – 197-yillar) rimliklar 
tomonidan ishtirok etdi. Rimliklar homiyligi yordamida Pergam podsholigi Kichik 
Osiyodagi barcha Salavkiylar mulklarini egallab oldi va o’zining eng qudratli 
davriga kirdi
34
.
Ammo Pergamning yuksalishi uzoq davom etmadi. Attal II va Attal III 
hukmronliklari davrida Rim Pergam jamiyatining hukmron tabaqalariga kuchli 
ta’sir o’tkazgan holda podsholikning ichki va tashqi siyosatiga faol aralasha 
boshladilar. Oqibatda er. avv. 133-yilda vafot etgan Attalidlar sulolasining so’ngi 
podshosi Attal III vorisi bo’lmaganligi sababli o’z davlatini rimliklarga vasiyat 
qilishga majbur bo’ldi. 
33
Гафуров Б. Г., Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. – М.: Высшая школа, 1980. – C. 88. 
34
Бойназаров Ф.А. Қадимги дунё тарихи. – Тошкент: А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2004. 
– Б. 258. 


24 
Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi tabaqalari podsho Evmey II ning 
noqonuniy o’g’li Aristonik boshchiligida qo’zg’olon ko’tardilar. Qo’zg’olonni 
grek shaharlari aholisi qo’llab-quvvatlamadi, natijada qo’zg’olonchilar yengildi. 
Aristonik er. avv. 129-yilda rimliklar tomonidan qatl qilindi. Vasiyat qilingan 
podsholik o’rniga Rimning Osiyo provinsiyasi tashkil etiladi. 
Pergam Ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan rivojlangan markazlaridan biri 
edi. Qulay iqlim va tabiiy sharoit qishloq xo’jaligini intensiv rivojlanishiga 
imkoniyat yaratdi. Pergam O’rtayer dengizi hududi aholisi uchun qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari yetkazib beradigan markazlardan biriga aylandi. Qul mehnatidan 
unumli foydalanildi. Pergam shaharlari dengiz savdosi yo’llarida turganligi uchun 
mamlakatning boy xom ashyolari (metal, yog’och, smola, teri, jun) Pergam 
hunarmandchilik mahsulotlari, jumladan Pergament qog’ozi, butun O’rtayer 
dengizi ehtiyojlarini qondirdi. 
Attalidlar sulolasi podsholari savdo-hunarmandchilikka homiylik qildilar, 
yunon tipidagi yangi shaharlarga asos soldilar. Bu shaharlar eski shaharlar bilan bir 
qatorda tezda iqtisodiyot va madaniyat o’choqlariga aylandilar. 
Mil.av. III oxiridan boshlab O’rta Yer dengizi odamlarni yoppasiga qul 
qilish, shahar qa qishloqlarni talash, tinch aholini qirg’in qilish holatlari keng tus 
ola boshladi. Masalan, etoliyaliklarning Lakonikaga mil.avv. 240-yilda qilgan 
hujumi natijasida 50 ming kishi asir qilib olib ketilgan va qulga aylantirilgan. 
Miloddan avvalgi 223-yilda Mantineyaning olinishi uning butun aholisini qul 
qilinishiga olib keldi
35

Mil. avv. II asrda qaroqchilik yanada avj oldi. Qaroqchilar ko’plab 
odamlarni tutib olib qul qilib sotar edilar. Tavr tog’ida qaroqchi Ziniketning 
qarorgohi Olimp joylashgan edi. Suriyada Gindar va Yafa shahri qaroqchilik 
markazi hisoblangan. Shimoliy Finikiyadagi Arvad shahri qaroqchilar bilan 
aloqada bo’lgan va hamkorlikda ish olib borgan. Tog’larda 
yashagan 
suriya 
arablari va itureylar vodiylar dehqonlari yerlariga hujum qilar edilar. Kichik 
Osiyodagi Vifiniya, Pont, Kappadokiya kabi ellin davlatlari hukmdorlari o’z 
35
Кошеленко Г.А. Греческий полис на эллинистическом Востоке. – М.: Наука, 1979. – C. 94. 


25 
fuqarolari va begona kishilarni qul qilib sotar va bundan katta daromad olar edilar. 
Natijada g’arbga olib ketilayotgan qullarning sonlari ortib borgan, narxlari esa 
arzonlashib borgan. Delos oroli qul savdosining markaziga aylangan. 
Mil. avv. II asrda sharqiy ellin davlatlarining umumiy iqtisodiy ahvoli 
yomonlashgan. Ayniqsa, Misrda qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik 
tushkunlikka uchragan. Misrdagi soliq tizimi dehqonlar va hunarmandlarni mehnat 
qilishdan manfaatdorligini butunlay yo’qqa chiqargan edi. Mil.avv. III asrda bo’sh 
yerlar, to’liq kuch bilan ishlamayotgan hunarmanchilik ustaxonalari paydo bo’la 
boshladi.
Mill.avv. II asrning oxiriga kelib dehqonchilikning tushkunligi ko’lami 
kengayib ketdi. Daromad keltirmayotgan yerlarning maydoni keskin oshib ketdi. 
Ishlov beriladigan yerlardan olinadigan ijara haqi miqdori ham pasayib ketdi. 
Sug’orish tizimining ahvoli yomonlashib bordi. Kanallar va to’g’onlar ta`mirlamay 
qo’yildi. Hukumat tomonidan bo’sh yerlarni harbiylarga bo’lib berish va majburiy 
yoki imtiyozli ijaraga berish kabi tadbirlari muvaffaqiyat keltirmadi.
Dehqonchilikning tushkunlikka uchraganligining asosiy sabablaridan 
podsholik yer egalarining nomlardan (nom – Misrda yunon-rim hukmronligi 
davrida ma`muriy birlik hisoblangan, mil.av. 284-yilda Diolektianning davlat 
islohotlari natijasida bekor qilingan.) ketib qolganligi bo’ldi. “Anaxoresis” – ya`ni 
o’z yashash va ishlash joyidan ketib qolish mil.av. II asrda ommaviy tus ola 
boshladi. Misrning ichki savdosi ham qisqarib bordi. Ichki savdoning 
rivojlanishiga tez-tez yuz berib turgan qo’zg’olonlar va sulalararo nizolar halaqit 
berar edi. Ba`zan, podsho ma`muriyati nomlardan mahsulotlarni Aleksandriyadan 
boshqa har qanday yerga olib chiqishni taqiqlab qo’yar edi
36
.
Kelesiriya, Finikiya va Falastin qo’ldan boy berilgach Misrning halqaro 
savdodagi roli ham pasayib bordi. 
Yuqoridagi holatlar ma`muriy tuzilishda ham ayrim o’zgarishlarga olib 
keldi. Strategning vakolatlari anchayin kengaydi. Ma`muriyat va politsiyaga 
rahbarlik qilish bilan birga mil. av. II asrdan boshlab u moliya va soliq tizimini 
36
 https://az.wikipedia.org/wiki/Ellinizm 


26 
ham nazorat qila boshladi. ekonom lavozimi ikkiga bo’lindi. Bitta ekonom naqd 
pul daromadlarini, ikkinchisi natural tushumlarni nazorat qiladigan bo’ldi. 
Politsiyaning vazifalari ham kengaydi.
Homiylik institutini paydo bo’lganligi mahalliy amaldorlarni markaziy 
hokimyatdan mustaqil bo’lganligidan dalolat beradi. Soliqlardan va mahalliy 
amaldorlarning zulmidan azob chekkan aholi qaysidir kattaroq amaldorning 
himoyasiga o’tib olgan. Hokimyatni suiste`mol qilish shu darajaga yetganki, misr 
podsholari podsholik yerlari egalari va podsho monopoliyalari hunarmandlarini 
shaxsini va mulkini mahalliy amaldorlar zug’umidan himoya qilishgan qaratilgan 
maxsus qarorlar chiqarishga majbur bo’lganalar.
Salavkiylar podsholigi hududi va aholisi ham mil.av. II-I asrlarda kuchli 
o’zgarishlarga uchradi. 
Mil.avv. III asrdayoq Baqtriya va Parfiya ajralib chiqib ketdi. Imperiya 
siyosiy hayotining markazi g’arbga Suriyaga ko’chdi. Rim bilan urushdan so’ng 
Kichik Osiyo ham qo’ldan ketdi. Mil.avv. 129-yildan keyin Iudeya va Ikki daryo 
oralig’i ham yo’qotildi
37

Salavkiylar ulkan ahamiyatini saqlab qolgan savdo yo’llarini ham nazorat 
qila olmay qoldilar. Mil. avv. III-II asrlar oxiridagi urushlardagi ulkan xarajatlar 
davlatni 
moliyaviy 
ahvolini 
og’irlashtirdi. Ehromlarning xazinalaridan 
foydalanishga intilish aholining noroziligini keltirib chiqardi. Shunday, 
harakatlardan biri natijasida Antiox III halok bo’ldi. 
Buysundirilgan 
hududlarni 
majburan 
ellinlashtirish 
siyosati 
ham 
muvafaqiyat keltirmadi. Antiox IV Yahudiyada ibodatxonani buzib tashladi
Quddusda harbiy garnizonni joylashtirdi va mahalliy e`tiqodlarni taqiqladi, lekin 
bu bilan noroziliklarni keskinlashib ketishiga sababchi bo’ldi. Salavkiylar o’z ichki 
siyosatlarida asosiy e`tibor qaratgan polislar monarxiyadan mustaqil bo’lishga 
harakat qila boshladilar. Borgan sari Salavkiylarning ijtimoiy tayanchi zaiflashib 
bordi. Sulola vakillari ko’proq yollanma askarlarga tayanishga majbur bo’ldilar, 
37
Гафуров Б. Г., Цибукидис Д. И. Александр Македонский и Восток. – М.: Высшая школа, 1980. – C. 83. 


27 
ular yordamida podsholikning ichki ishlariga tobora faolroq aralashayotgan tashqi 
kuchlarga qarshilik ko’rsatishga intildilar. 
Mil.avv. III asrning oxiri II asrning boshlarida Makedoniyada ham katta 
miqdordagi yerlar bo’shab qoldi. Filipp V bo’shab qolgan yerlarga frakiyaliklarni 
ko’chirish amaliyotini keng joriy eta boshladi. Yunonistonning materik qismida 
mil.avv. II-I hunarmandlarning mehnatiga to’lanadigan haq juda kam bo’lib kuniga 
o’rtacha 2-4 obolni tashkil etgan. Suv bilan birga bug’doyning narxi IV asrga 
nisbatan 2 barobarga oshgan. Shaharlarda kambag’allarning og’ir ahvoli shahar 
boshqaruvini nonni arzon narxlarda sotishga yoki tekinga tarqatishga majbur 
qilgan. 
Mil.avv. II-I asrlar Yevropada va Old Osiyoda qullarning ommaviy 
qo’zg’olonlari davri bo’ldi. Bir joydagi qo’zg’olon ikkinchi bir joyda keng qo’llab 
quvatlandi. 
Misrda mil.avv. III asrning 40-yillaridayoq ommaviy qo’zg’olonlar 
boshlanib, tanaffuslar bilan Ptolemeylar hukmronligining oxiriga qadar davom 
etgan. Ularda podsho dehqonlari, podsho monopoliyalarining hunarmandlari, 
kichik guruh harbiylari ishtirok etganlar. Bu qo’zg’olonlar asosan “ellinlar”ga 
qarshi qaratilgan edi.
Yunoniston polislarida III asrning oxirlaridan boshlab boylar va 
kambag’allar o’rtasidagi kurash siyosiy to’ntarishlarga sabab bo’lgan. Kinefa va 
Arkadiya kabi shaharlarda shafqatsiz kurashlar bo’lib o’tdi. 
Spartada shunday kurashlar natijasida hokimyat tiranlar qo’liga o’tdi. Ular 
juda muhim ijtimoiy islohotlarni amalga oshirdilar. Mil. avv. 210 – 207-yillarda 
Spartada Maxanid hukmronlik qilgan va Axey ittifoqi bilan jiddiy kurash olib 
borgan.
Maxanid halok bo’lganidan so’ng tiran Nabis Sparta davlati rahbariga 
aylandi. Uning ichki siyosati islohotchi podsholar Agis va Kleomandan farq qilib 
ancha radikal edi. U nafaqat boylarni mulkini musodara qilib o’z tarafdorlariga 
taqsimlab bergan, balki ilotlarni ozod qilag hamda ularga va perieklarga er 
uchastkalari bergan. 


28 
Nabisning siyosati qo’shni polislarning kambag’al aholisi tomonidan qo’llab 
quvatlangan. U Spartaga Lakedemon, Argos va Krit shaharlarini qo’shib olishga 
erishgan. Nabis hokimyatni 192-yilgacha saqlab turgan. Rimning aralashuvi bilan 
Sparta o’z mustaqilligidan mahrum bo’ldi va Nabis halok bo’ldi
38

Beotiya ittifoqi rahbarlari ham demosning ahvolini yaxshilashga harakat qila 
boshladilar. Qarzlarni undirish to’xtatib qo’yildi, ochiq nizolarni to’xtatish uchun 
oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatilgan. Etoliyada mil. avv. 205-yilda qarzlarni 
kassatsiya qilishga harakat qilganlar. Lekin, bu islohot yirik sudxo’rlarning 
qarshiligi tufayli amalga oshmay qoldi. Salavkiylar monarxiyasining tashqi 
siyosiy ahvoli III asr oxiridagi sulolaviy kurashlar natijasida murakkablashdi.
Mill. avv. 223-yil yozida Salavka III Frigiyada o’ldirilgan. Taxt uning ukasi 
Antiox III ga o’tdi. Hukmronligining dastlabki davrida Antiox o’zini podsho deb 
e`lon qilgan va g’arbga yurish boshlagan Midiya noibi Molon bilan kurashishga 
majbur bo’ldi. Tez orada Bobil va Salavkiylarning eng yirik shaharlaridan biri 
Tigrdagi Salavk shahri Molon qo’liga o’tdi.
Molonning muvafaqiyatlari Antioxni unga qarshi katta qo’shin yuborishga 
va uning Midiyaga boradigan yo’lini to’sib qo’yishga majbur qildi. Ularning 
o’zaro to’qnashuvi paytida Moln armiyasining bir qismi Antiox tomonga o’tdi, 
Molon esa o’z joniga qasd etdi. 
38
Виппер Р.Ю. История древнего мира. – М.: Республика, 1993. – C. 358. 


29 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə