Ellin davlatlari


Bitiruv malakaviy ishining nazariy-uslubiy asoslari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix25.01.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#99318
1   2   3   4   5   6   7   8
ellinizmning mohiyati va ellinistik davlatlar

Bitiruv malakaviy ishining nazariy-uslubiy asoslari. 
O’zbekiston 
Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning asarlari tadqiqot uchun ham nazariy 
ham uslubiy jihatdan katta ahamiyatga ega. I. A. Karimovning tarix fani oldida 
turgan dolzarb vazifalar, jahon mamlakatlari tajribasini o’rganish va ijobiy 
jihatlaridan samarali foydalanish to’g’risidagi fikrlari mazkur tadqiqot uchun ham 
nazariy-uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning amaliy 
ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u ellinizmning vohiyatini ochib berish, ellinistik 
davlatlarning vujudga kelish shart sharoitlarini yoritish, davlat boshqaruvining 
o’ziga xos xususiyatlarini korsatib berish, ellin davlatlari madaniy taraqqiyotining 
o’ziga xos jihatlarini va uning vatanimiz madaniy taraqqiyotiga ta’sirini 
o’rganishga ko’maklashadi. Tadqiqotdan oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari 
tizimida ma`ruza-seminar mashg’ulotlarini uyushtirish va o’tkazishda hamda 
maxsus kurslarni olib borishda foydalanish mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. 
Tadqiqot kirish, ikki bob, to’rt 
paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv 
malakaviy ishining umumiy hajmi 55 betni tashkil etadi.




I BOB. ELLINISTIK DAVLATLARNING VUJUDGA KELISHI VA 
TARAQQIYOTI 
1.1. Ellinizmning mohiyati va ellinistik davlatlarning vujudga kelishi. 
Aleksandr Makedonskiyning Sharq yurishlari o’n yil (334-324) davom etdi. 
Bu harbiy yurish oqibatida A.Makedonskiy Bolqon yarim orolidan to Sharqqa 
cho’zilib ketgan Hindistongacha bo’lgan yerlarni o’z qo’liga kiritgandi. 
A.Makedonskiy qo’lga kiritgan ana shu yerlarning katta qismi – Yunoniston, 
Makedoniya, Sharqiy O’rta Yer dengizi mamlakatlari, Eron, O’rta Osiyo va unga 
tutash hududlar ellinistik davlatlar deb atalgan. 
Ellinistik davlatlar tarixi esa A.Makedonskiy istilolarining tugashidan 
boshlanib (eramizdan avvalgi 324 y.) eramizdan avvalgi 30 yillargacha davom 
etgan. Deyarli 300 yilni o’z ichiga oladi. Ellinizm deb atalgan davrning tugashi 
eramizdan avvalgi 30 yillarda, ya`ni Ptolomeylarning so’ngi mustaqil podsholigi 
bo’lgan Misrning Rim tomonidan istilo etilishi bilan yakun topadi
7

Bu mavzuni o’rganishdan avval, shu narsaga e`tibor berish kerakki, ellinizm 
tushunchasi haqida olimlar o’rtasida yagona fikr yo’q. «Ellinizm» degan terminni 
birinchi bo’lib nemis tarixchisi I. Droyzen 1833-1834 yillarda o’zining «Ellinizm 
tarixi» deb atalgan kitobida qo’llagan
8
. I.Droyzenning o’sha kitobida 
keltirilishicha ellinizm tushunchasi G’arb ellin madaniyatining Sharq xalqlari 
o’rtasida keng yoyilishini tushunilgan. Hozirgi davrda G’arb olimlari ellinizm 
haqidagi bunday tor doiradagi tushunchani rad etishmoqda. 
G’arb olimlari bu masalaga alohida e`tibor berishib, yunonlarning sharqqa 
ta`sir etgan sivilizatsiyasi faqat madaniy bo’lmay, balki yana iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy sohada bu munosabat doirasida ham ta`siri kuchli deb baho 
berdilar. Rus tarixchilaridan V.S.Sergeev, S.I.Kovalev, A.B.Rachnovichlar ham bu 
7
8
Бойназаров Ф.А. Қадимги дунё тарихи. – Тошкент: А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2004.
– Б. 164. 



masala ustida to’xtashib, ellinizm qulchilik ellin davlatlari taraqqiyotida yangi 
progressiv bosqich ekanligini aytganlar
9

Yana bir fikr mavjud. Unga ko’ra hozirgi davrda ko’pchilik olimlar tarixchi 
K.K.Zel’inaning 
fikrini 
qo’llab-quvvatlamoqdalar. Uning fikriga ko’ra, 
A.Makedonskiy boshchiligidagi Sharqga borgan yunonlarning sharq xalqlariga, 
o’z navbatida sharq xalqlarining yunonlarga o’zaro ta`siri bo’lgan. Bu xalqlarning, 
iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarining bir-biriga ta`sir etishi hamda bir-
biriga qo’shilib ketishi davri bo’ldi. Natijada bu ellin davlatlarida vujudga kelgan 
ijtimoiy-siyosiy “Yangi” munosabatlar bu davlatlar uchun mahalliy aniq o’ziga 
xos varianti deb hisoblash mumkin.
10
O’rta dengiz sharqidagi ellin davlatlarining eramizdan avvalgi XII—I asr 
tarixi davrida bu davlatlarning iqtisodiy-siyosiy rivojlanishining o’ziga xos 
tomonlari bo’lgan. Ana shunday o’ziga xos tomonlariga ega bo’lgan ellin 
davlatlarida xalq ommasi iqtisodiy majburiyatlarsiz, to’g`ridan-to’g`ri davlat 
hokimiyati ya`ni podshoga qaram qilingan. Eng ko’p qaram qilingan guruh - bu 
dehqon jamoalari bo’lib, ular podsho (davlat) xazinasiga yer solig’i yoki jon 
solig’i tarzida soliq to’lab turganlar. Ellinistik davrning yana bir muhim xususiyati 
o’z ichki mustaqilligini saqlab qolgan shahar davlatlarning mavjudligidir. 
Ellinistik davrda ularni soni kamaymay, aksincha ko’payib borgan. Bu shahar 
davlatlarning hududida yashovchi aholining katta qismi qishloq aholisi bo’lib, ular 
fuqorolik huquqiga ega bo’lmaganlar. Ularni shahar mansabdorlari nazorat qilib 
turgan. Shahar davlatlarning o’zi esa o’z navbatida podsho amaldorlari nazoratida 
bo’lganlar
11

Shaharlarda hunarmandchilik rivojlanib borgan. Hunarmandchilik bilan 
asosan erkin yollangan kishilar, shuningdek qullar shug’ullanganlar. Ularni 
ekspluatatsiya qilish kuchayib borgan. 
9
Виппер Р.Ю. История древнего мира. – М.: Республика, 1993. – C. 286. 
10
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ellinizm 
11
Бойназаров Ф.А. Қадимги дунё тарихи. – Тошкент: А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2004. – 
Б. 125. 



Ellinizm davri uchun, ayniqsa eramizdan avvalgi II-I asrlar uchun xarakterli 
jihati shuki, bu davrda sinfiy kurash keskinlashib ketadi. Natijada, dehqonlar 
shahar hunarmandlari ommaviy ravishda o’z joylarini va kasbkorlarini tashlab keta 
boshlaganlar. Bularni hammasi dehqonlar, hunarmand va qullarning ommaviy 
qo’zg’olonlariga sabab bo’lgan. Bu qo’zg’olonlar ellinistik davlatlarni juda qattiq 
larzaga soldi. 
Ma`lumki, eramizdan avvalgi 323- yili A.Makedonskiy vafot etganidan 
keyin makedoniyaliklar o’zlari bosib olgan hududlarini harbiy kuch yordamida 
qo’lda saqlab qolish siyosatini tutganlar. Shu maqsadda ular o’zlari qo’lga kiritgan 
barcha hududlarni mayda bo’laklarga bo’lib yubordilar. Bu hududlarda
Ptolemeylar sulolasi hukmronlik qilganlar. 
Makedonskiy lashkarboshilaridan biriga Bobil (Mesopotamiya) va uning 
sharqidagi davlatlar tegdi. Shundan boshlab salavkiylar sulolasi boshlanadi. 
A.Makedonskiyning Ptolemey degan sarkardasiga esa Misr va uning 
G’arbidagi Kirenaika, Osiyodagi Kipr oroli, janubiy Suriya, Finikiya, Kichik 
Osiyoning janubidagi va G’arbidagi sohilni katta qismi, u yerdagi Yunon 
shaharlari, Egey dengizidagi Ptolomeylar davlatiga qarashli bo’lgan bu mulklar 
o’zlarini eski mahalliy boshqarmasini saqlab qolgan. Lekin bu eskicha mahalliy 
boshqaruvlar Ptolemeylar tomonidan qo’yilgan noiblar nazorati ostida 
ishlaganlar
12

Ptolemeylar katta flotga egalik qilganlar. Miloddan avvalgi III asrda O’rta 
dengizning sharqiy qismidagi dengiz yo’llarini nazorat qilganlar. Shuningdek, 
Qizil dengiz orqali sharqga boradigan suv yo’llarini o’z qullarida saqlaganlar. 
Ptolemeylar davlatining markazi Aleksandriya shahri bo’lib, podsho saroyi 
shu shaharda joylashgan. Ptolemeylar davlatida podsho bilan malika katta obro’-
e`tiborga ega bo’lib, ularni shaxsi ilohiylashtirilgan. Podshoga qarashli barcha 
amaldorlar ham shu saroyda istiqomat qilganlar. Bu amaldorlar podshoning 
«qarindoshlari», podshoning «do'stlari» degan faxrli unvonlarga ega bo’lganlar
13

12
Левик П. Элинистический мир. – М.: Издательство Восточной литературы, 1990. – C. 96. 
13
Редер Д.Г., Черкасова Е.А. Қадимги Дунё тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б. 256. 


10 
Podsho saroyidagi eng katta mansab moliya ishlari sardori - dioyket 
(boshqaruvchi) mansabi bo’lgan. Podsho eng yuqori moliya ishlari sardori 
mansabiga saroydagi amaldorlar orasidan tanlab qo’yar edi. Bu mansabini 
egallagan shaxs mamlakatni idora qilshda podshodan so’ng ikkinchi shaxs o’rnida 
bo’lgan. Bu hududdagi ellinistik davlatlar ichida eng qudratlisi Misr 
bo’lgan.
Aleksandriya podsho saroyi joylashgan shahar bo’lish bilan birga, sharqiy 
O’rta dengiz mamlakatlari uchun savdo - sotiq, hunarmandchilik va madaniy 
markaz ham bo’lgan. Davrimizgacha yetib kelgan ko’pdan-ko’p yodgorliklar Misr 
xalqining qadimiy hayotini yoritishga yordam beradi. Misrning quruq iqlimi bu 
yodgorliklarni yaxshi saqlanishiga imkon bergan. Davrimizgacha saqlanib kelgan 
ellinistik davr yodgorliklari ellinistik dunyoning boshqa hech bir mamlakatida 
Misrdagidek saqlanib qolmagan. Shuning uchun ayrim ellinistik mamlakatlar 
tarixini o’rganishni Misr tarixidan ko’rib chiqish ma`qul ko’rildi. Misrning asosiy 
hududdi bo’lgan ulug’ Nil vodiysi tarixi ellinistik davrda ham o’zining 
administrativ territorial bo’linishini eskicha nomlarga (viloyatlar) bo’linishini 
saqlab qolgan. Misr nomlarga (viloyatlarga) bo’lib boshqarilgan ekan, nomlarni 
o’zi, o’z navbatida toparxiyalarga, toparxiyalar esa komalarga (qishloqlarga) 
bo’lingan
14
.
Ellinistik davrda mahalliy xalq misrliklar faqat eng past lavozimlardagina 
ishlay olganlar. Yuqori mansablarga misrliklar qo’yilmas edi. Jumladan koma 
(qishloq) oqsoqoli, koma mirzasi (kotibi) kabi arzimas lavozimlardagina ishlay 
olganlar xolos. Nomlar (viloyatlar) toparxiyalarni boshqarish esa yunonlar yoki 
ellinlashgan chet elliklar qo’lida bo’lgan
15
. Masalan, har bir nom tepasida podsho 
tomonidan tayinlangan strateg, devonxonasi va arxivini mirza (munshiy) 
podshoning bosh kotibi shuningdek, moliya, xo’jalik ma`muriyati tepasida 
iqtisodchi turgan. Ptolemeylar istilochilik huquqiga asosan butun Misr yerining 
egalari hisoblanganlar. Misr yerlarining katta qismini dehqonlar podsho moliya 
14
Бойназаров Ф.А. Қадимги дунё тарихи. – Тошкент: А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2004. –
Б. 130 . 
15
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C. 137. 


11 
ma`muriyati amaldorlarining nazorati ostida ishlaganlar. Bunday yerlar “podsholik 
yeri” deb yuritilgan
16

U Misr yerlarining qolgan qismi, harbiy qismlarga, diniy kohinlarga, 
mansabdor shaxslar va shu qabilarga foydalanish uchun berilar edi. Miloddan 
avvalgi III asrda bunday yerlar kimga tegishli bo’lishiga qarab kleruxlar yeri, 
ibodatxona yeri, in`om qilingan yer deb atalardi. Miloddan avvalgi II asrga kelib 
bunday yerlar umumiy bir nom bilan “Kechib berilgan yer” deb yuritiladigan 
bo’ldi. Misr aholisining ko’pchiligi Misr dehqonlari (Laon odamlar) va podsho 
dehqonlaridan iborat bo’lgan. Shuni e`tiborga olish kerakki, podsho dehqonlari 
orasida podsholik yerini ijaraga olgan boylar ham bor edi. Lekin ular ozchilikni 
tashkil etib, asosan mehnat qiladigan dehqonlar (laoylar) bo’lgan. Asosan, bu 
dehqonlarni barchasi qishloqlarda yashaganlar. Qishloqda dehqonlar eskicha 
jamoa tashkilotiga birlashgan bo’lib, hukmron ptolemeylar eski jamoa tartibini 
ataylab saqlab qolganlar
17
. Chunki bu tartib (jamoa) bilan soliq undirish, 
dehqonlarni turli xil jamoat ishlarida ishlatishni osonlashtirar edi.
Dehqonlar yerdan foydalanish huquqini qo’lga kiritish uchun podsho moliya 
ma`muriyati bilan ma`lum muddatga shartnoma tuzishga majbur edilar. Misr 
dehqonlari bug’doy, zig’ir va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarini ekkanlar. 
Dehqonchilik qilish uchun urug`larni kuzda qaytarib berish sharti bilan qarzga 
davlat omborlaridan berilar edi. Ekinlarni ekishdan tortib to uni yig’ib-terib 
olinguncha bo’ladigan barcha ishlar podshoning moliya xizmatchilari va 
politsiyaning qattiq nazorati ostida o’tgan. Hosil yetilgach podsho dehqonlari uni 
eng yaqin podsho xirmoniga olib borishlari, nazorat ostida yanchishlari, shu yerni 
o’zida ko’pdan-ko’p natura soliqlarni to’lashlari kerak bo’lgan, To’lanadigan 
soliqlarni eng kattasi yer solig’i bo’lgan. Ayni paytda dehqonlar qarz olgan 
urug`lik qarzini qaytarishlari lozim bo’lgan. Hamma to’lovlar to’lab bo’lingach, 
hosilni qolgan arzimas qismi dehqonlarga qolar edi. Dehqonga tekkan hosilni bu 
arzimas qismi dehqonni yarim och-yarim to’q yashashiga zo’rg’a yetar edi. 
16
O’sha manba… – B. 138. 
17
Кошеленко Г.А. Греческий полис на эллинистическом Востоке. – М.: Наука, 1979. – C. 164. 


12 
Bunday hol dehqonlarni noroziligiga sabab bo’lar edi. Podsholik yerlaridan 
to’plangan daromadlar ko’plab chet ellarga sotilgan. Chunki Misr g’alla yetkazib 
beradigan eng boy o’lka bo’lib, ko’pchilik qo’shni davlatlarni g’alla bilan 
muntazam ta`minlab turgan.
G’alla Misr davlati, Ptolemeylar podsholigining asosiy daromadi bo’lgan. 
Podsholik yeridan tashqari, harbiy xizmatchilarni lavozim va xizmatlariga qarab 
yer bilan ta`minlanar edi. Harbiy xizmatchilarga berilgan bu yerlar kleruxlar deb 
atalib, ular soliqlardan ozod etilganlar
18
. Kleruxlarni yerlarida dehqonlar va qullar 
ishlaganlar.
Misrda yerlarni katta qismi ibodatxona (kohinlar) qo’lida to’plangan. 
Ibodatxona yerlarida podsho dehqonlari va qullar mehnat qilganlar. Bu yerlar ham 
katta imtiyozlarga ega edi. Lekin bu yerlardan keladigan daromadni arzimagan 
qismigina podsho xazinasiga tushar edi. Misr yerlarida dehqonchilikdan tashqari, 
yer osti konlarini ishlash, hunarmandchilik ishlari, ichki va tashqi savdo sohalarida 
ham katta daromadlar olar edilar. Bu sohalardan keladigan daromadlar ham 
ptolemeylar xazinasiga tushar edi. Ptolemeylar soliqlar, boylik keltiradigan 
monopoliya (yer osti konlari, korxonalar)ni “Kim oshdi” qilib, ma`lum 
muddatlarga ijaraga berardilar. To’da-to’da boylar bu huquqni sotib olib, podsho 
xazinasiga eng ko’p soliq yig’ib berar yoki monopol to’varlarni ishlab chiqarish va 
sotishdan kelgan eng ko’p foydani topshirar edilar. O’sha vaqtdagi ptolemeylar 
hukmronligi o'stida bo’lgan Misrda sotib olingan qullar mehnatiga zarurat yo’q 
edi. Chunki u yerdagi (qullar) dehqonlar, hunarmandlarni quldorlik uslubida 
ekspluatatsiya qilinar edi.
Ptolemeylarga buysungan Finikiya, Suriya, Pergam, Yunoniston kabilarda 
esa sotib olingan qullar mehnatidan keng foydalanganlar. Misrda sotib olingan 
qullar mehnatidan nisbatan kam foydalanish bu Misrning o’ziga xos bo’lgan 
mahalliy hususiyati edi. Ellinistik davlatlarga Ptolemeylarga qarashli hududlardan 
tashqari yana salavkiylar podsholigi hukmronlik qilgan hududlar ham qaraydi. 
Miloddan avvalgi III asrda ellinistik dunyo hududni katta qismini Salavkiylar 
18
Левик П. Элинистический мир. – М.: Издательство Восточной литературы, 1990. – C. 98. 


13 
podsholigi nazorat qilgan. Salavkiylar podsholigi Ptolemeylar davlatiga nisbatan 
bir muncha keyinroq tashkil topgan. Salavkiylar podsholigi O’rta yer dengizini 
O’rta Sharq mamlakatlari bilan bog’lovchi karvon va suv yo’llarida hukmronlik 
qilardilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Hindiston orqali hatto Xitoy bilan 
savdo-sotiq qilardilar. Bu savdo-sotiqda Salavkiylarning Ptolemeylardan iborat 
raqobatchilari bo’lib, ular janubiy Suriyadagi va Qizil dengizdagi savdo yo’llarini 
o’z qo’llarida saqlar edilar
19
.
Salavkiylar podsholigida yerlar tub podsho yerlaridan iborat bo’lib, bu 
yerlarni qaram jamoa dehqonlar ishlar edilar. Ularni ham laoy deb atardilar. Ular 
podsho moliya amaldorlarini nazorati ostida ushlab, to’plangan hosilni o’ndan 
birini podsho xazinasiga to’lar edilar. Ularni g’aznaga to’laydigan to’llovlari 
ptolemeylarnikidan kamroq edi. Sababi, salavkiylar o’zlarining g’oyat katta 
hududlarini ptolemeylar kabi o’zlashtira olmagan edilar. Shuning uchun ular 
asosiy aholi ommasi bilan ko’p darajada hisoblashishlari lozim edi. 
Ptolemeylardagiga o’xshab, salavkiylarda ham turli ko’rinishdagi kechib 
berilgan yerlar bo’lgan. Bu yerlarning egalari ptolemeylarga qaraganda o’z 
yerlaridan mustaqilroq foydalanganlar. Salavkiylardagi ibodatxonalardagi, 
mu`tabar kohinlarga qarashli hududlar ko’pincha o’ziga mustaqil bo’lgan. Yana 
o’ziga mustaqil bo’lgan qabilalar, davlat birlashmalari salavkiylarga rasman 
buysunsalarda, o’z oldilariga mustaqil edilar. Salavkiylar davlati esa ularning 
madadiga suyanar edilar. Umuman, salavkiylar hududini egasi bo’lgan podsho 
Orontdagi Antioxiyada turgan ptolemeylar kabi salavkiylarda ham podsho va 
malika ilohiylashtirilgan. Podshoning yordamchisi «ishlar mudiri» unvoniga ega 
bo’lib, mamlakatni boshqarishda katta rol o’ynagan. Salavkiylar dastlabki 
vaqtlarda Mesopotamiyaning sharq tomoni – Eron va O’rta Osiyoda keng 
hududlarga egalik qilar edilar. Salavkiylar podsholigi qabila va xalqlarning 
quramasi bo’lib, o’ziga nom qilib oladigan biron asosiy elati yo’q edi. Shuning 
uchun mamlakatni idora qiladigan podsho sulolasi nomi bilan atalgan. Davlat 
tuzilishida salavkiylar ptolemeylar kabi mahalliy va grek makedon tajribasidan 
19
Редер Д.Г., Черкасова Е.А. Қадимги Дунё тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б. 273. 


14 
foydalandilar. Ular ma`muriy jihatdan satrapliklarga bo’linishini saqlab qolganlar. 
Lekin ularni tepasiga podsho noiblari bo’lmish strateglarni bosh qilib qo’ydilar. 
Salavkiylardagi satrapliklar gipparxiyalarga bo’linib, ularning tepasida gipparxlar 
bosh bo’lib turar edi. Ellinistik Misrda bo’lgani singari, butun mamlakat grek 
shaharlariga va xoraga bo’linadi. Xoraning butun yeri prinsip jihatdan podsholik 
yeri edi. Lekin salavkiylar davlatidagi Yunon shaharlari va xoraning tarkibi 
ptolemeylar davlatidagiga nisbatan ancha murakkab edi. Salavkiylar o’z davlatini 
mustahkamlash maqsadida yunoncha tipda ko’p shahar-qal’alar barpo etdilar.
Bu shahar-qal’alar Egey dengizidan tortib, to Hindistongacha butun mamlakatda 
savdo va strategik muhim bo’lgan joylarda qurilgan edi. O’rta Osiyoda ham 
Aleksandr Makedonskiy va uning vorislarining asosiy shaharlari qurilgan edi
20
.
Salavkiylar mamlakatni boshqarishda armiyaga suyanar edilar. Armiya 
tarkibi esa makedonlar, ellinlashgan fuqorolardan iborat bo’lgan. Salavkiylar 
podsholigida qulchilik rivojlangan. Qullarni qattiq ekspluatatsiya qilinar edi. Ayni 
paytda mahalliy dehqon (laoy)ni ham ekspluatatsiya qilingan
21
. Mahalliy 
dehqlonlarni busiz ham og’ir ahvoli istilochilar qo’lida yanada battarroq 
og’irlashgan edi. Salavkiylar soliqlarni ko’pchiligini pul bilan yig’ib olishni afzal 
ko’rishar edi. Lekin yer solig’i esa natural holda olinar edi. Salavkiylar bilan 
Ptolemeylar davlatidagi soliqlar bir-biriga o’xshash bo’lgan. Salavkiylar 
davlatining o’ziga xos tomoni shundaki, Salavkiylar davlatining chegaralari hech 
qachon barqaror chegara bo’lmagan. Meloddan avvalgi III asrda (III asr o’rtalari) 
da Salavkiy podsholigidan O’rta Osiyo, Eron ajrab chiqqan edi. Meloddan avvalgi 
III asr o’rtalarida mahalliy aristokratlar ko’magi bilan O’rta Osiyodagi salavkiylar 
armiyasi orasida qo’zg’olon kelib chiqdi. Bu qo’zg’olon natijasida O’rta Osiyo 
salavkiylardan ajrab chiqdi va bu yerga mustaqil ellinistik Yunon-Baqtriya 
podsholigi tashkil topdi. Ayni O’rta Osiyo bir vaqtda (Kaspiy dengizi bilan Eron 
ko’rfazi orasida) Erondagi mahalliy qabilalarning ham qo’zg’oloni bo’ladi. Bu 
ozodlik harakati tufayli bu yerda Parfiya podsholigi tashkil topdi. Bu qo’zg’olon 
20
Виппер Р.Ю. История древнего мира. – М.: Республика, 1993. – C. 385. 
21
Гафуров Б.Г., Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. – М.: Высшая школа, 1980. – C. 77. 


15 
salavkiylarni Baqtriyadagi noibi Diodotga, salavkiylar podshosiga (Antioxiyada 
turar edi) qarshi qaratilgan. Bu qo’zg’olon Yangi Yunon-Baqtriya davlati 
tuzilishiga olib kelishi bilan Yunon-Makedon yuqori tabaqasining mavqeini ham 
mustahkamlagan.
Salavkiylar davlati endi tashkil topayotgan vaqtda uning g’arb
tomonida bir necha kichik-kichik davlatlar ajralib chiqib, mustaqil bo’lib olgan 
edilar. Ana shunday davlatlar orasida ellinistik Pergam davlati ko’zga ko’rinarli 
rol o’ynay boshlagan edi
22
. Bu ellinistik Pergam podsholigi ellinistik dunyo 
davlatlari orasida savdo, hunarmandchilik, madaniy markaz rolini o’ynagan. 
Pergam podsholigidagi serhosil yerlar uning iqtisodiy rivojlanishi uchun katta 
imkoniyatlar ochgan. Pergam podsholigining markazi bo’lgan Pergam shahri 
Yunon polis davlati hisoblanar va atrofdagi mustaqil ellin davlatlari undan namuna 
olar edilar. Bu podsholikni markazi Pergam shahridan yana bir necha Yunon 
shaharlari bor edi. Podsholikni bu aytilgan shaharlaridan tashqari-xora ya’ni 
qishloq joylari ham mavjud bo’lib, xora ya`ni qishloq joylaridagi ekin ekiladigan 
yerlar podsholikka qarar edi. Xora ya`ni qishloq joylardagi yerlarda qo’shchi 
dehqonlar ishlar, ularning ahvoli esa ellinistik Misr dehqonlarining ahvoliga 
o’xshab ketar edi. Lekin ptolemeylardan Pergam davlatining farqi shuki, Pergam 
podsholigi ustaxonalarida antik qullar ishlar edi. Shuning uchun Pergam 
podsholigi ellinistik davlatlar ichida qullar mehnatidan eng ko’p foydalanadigan 
taraqqiy etgan davlat hisoblanar edi. Miloddan avvalgi III asrda Pergam mahalliy 
Attaliylar Yunon sulolasi qaror topdi.
Ellinistik mustaqil davlatlardan yana biri Makedoniyadir. Makedoniya 
boshqa ellin davlatlaridan farq qilib, urushlar, alg’ov-dalg’ovlar girdobini o’z 
boshidan ko’proq kechirgan davlatdir. Aholining Sharq o’lkalariga ketib qolish 
natijasida Makedoniya ancha zaiflashib qolgan edi. Makedoniyaning o’ziga xos 
tomoni shundaki,
boshqa ellin davlatlaridan farq qilib, unda antik mulk formasi 
yaxshi rivojlangan
23
. Bu vaqtga kelib Makedon armiyasidagi getayrlar, endi 
22
Гафуров Б.Г., Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. – М.: Высшая школа, 1980. – C. 126. 
23
Редер Д.Г., Черкасова Е.А. Қадимги Дунё тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б. 302 . 


16 
«podsho do’stlariga» aylangan edilar
24
. Makedoniyalik amaldorlar podsholik 
yerlaridan yer uchastkalarga egalik qilishlari bilan birga yana o’zlarini antik 
xususiy mulk va yerlari ham bor edi. Yana yerlar harbiy xizmatchilarga va 
«podsho do’stlariga» kechib berilar edi. Bu kabi va boshqa antik mulk formalari 
makedon amaldorlarini podshoga nisbatan mustaqillik mavqeini egallashga imkon 
berar edi. Jumladan, Makedoniya qo’shin yig’inlarida amaldorlar o’z 
mustaqilliklaridan foydalanib, Makedoniya davlati taxt vorislarini, lashkarboshilar 
kabi masalalarni hal qilishda katta ta`sir ko’rsatar edi. Makedoniyada antik mulk 
formalari mavjud bo’lsada, shu bilan birga boshqa ellinistik davlatlarda bo’lgani 
kabi podsholik yerlari ham bor edi. Bu yerlarni bir qismi harbiy xizmatchilarga, 
aristokratlar va “podsho do’stlari”ga kechib berilgan edi. Mamlakatni 
boshqarishda podsho hal qiluvchi rol o’ynashi bilan birga lashkarboshi va boshqa 
ma’muriy ishlarni o’z qo’liga to’plab o’lgan edi. Lekin boshqa ellin davlatlarida 
bo’lgani kabi podshoni, malikani ilohiylashtirish yo’q edi. Makedoniyaning tashqi 
siyosati faqat Yunonistonda, Egey dengizida hukmronlik qilishga qaratilgan edi
25

Yunoniston ham Makedoniya kabi ko’p yillik urushlar, alg’ov-dalg’ovlarni 
o’z boshidan kechirayotgan davlat edi. Axolini chet elga muxojir bo’lib ketganligi 
tufayli Yunoniston o’z boshidan siyosiy inqirozni kechirib, zaiflashib qolgan edi. 
Miloddan avvalgi III asr Yunonistonning o’ziga xos xususiyati shunda ediki, 
miloddan avvalgi IV asrdan boshlangan siyosiy markazlarning endi rivojlangan 
hududlardan qoloq o’lkalarga ko’chishi miloddan avvalgi III asrda ham davom 
etmoqda edi. Miloddan oldingi 363-yilda birinchi marta tilga olingan
Etoliyadan tashqari yana miloddan oldingi 280-yili Axeya ittifoqi ham tashkil 
topdi
26
. Bu Etoliya, Axeya ittifoqlari meloddan oldingi III-II asrlarda 
Yunonistonda muhim rol o’ynaganlar. Yunonistonda Etoliya ittifoqi O’rta 
Yunonistonning qoloq tog’lik territoriyalarida tashkil topdi. Tashqi xavfdan 
o’zlarini mudofaa qilish zarurati ularni ittifoqqa birlashtirgan va ularga qo’shilgan 
24
Бойназаров Ф.А. Қадимги дунё тарихи. – Тошкент: А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2004.
– Б. 277. 
25
Левик П. Элинистический мир. – М.: Издательство Восточной литературы, 1990. – C. 102. 
26
Авдиев В.И. Қадимги Шарқ тарихи. –Тошкент:Ўрта ва Олий мактаб давлат нашриёти, 1964. – Б. 358. 


17 
qo’shni qabilalar hisobiga kuchaygan. Etoliya ittifoqi federatsiya bo’lib, unga 
qo’shilganlarni barchasi teng huquqli bo’lganlar. Federatsiyaning poytaxti Fern 
shahri bo’lib, federatsiyaning oliy boshqarish organi (sinod)
27
edi. Sinod markaz 
Fern shahrida har ikki yilda bir to’planib, Etoliyani oliy mansabdorlarini saylar 
edilar. Davlat tepasida bir yilga saylab quyiladigan strateg turgan. Bir yildan keyin 
uni vakolati tugagach, uni yana qaytadan saylash mumkin edi. O’n ikki kichik 
Axeya manzilgohlari ancha oldin ittifoqqa birlashgan edilar. Biroq miloddan 
oldingi IV asrning uchinchi choragida Yunonistonda hukmronligi o’rnatilishi bilan 
birinchi Axeya ittifoqi tarqab ketgan edi. Miloddan avvalgi 280-yili Makedoniya 
hukmronligiga qarshi kurash zarurati tufayli Axeya ittifoqi ikkinchi marta 
qaytadan tashkil topdi. Axeya ittifoqiga kirganlarni barchasi Etoliyadagi kabi teng 
huquqli bo’lib, tezda kuchli ittifoqqa aylandi. Korinf Axeya ittifoqini tayanchi va 
yetakchisi edi. Axeya ittifoqining markazi Egion shahri bo’lib, ittifoqni shu 
shahardan turib boshqarilgan. Axeya ittifoqining ham Etoliyani idora qilish 
tartibiga o’xshasada, lekin Axeya ittifoqini boshqarishda o’ziga xos tomonlari bor 
edi. Axeya ittifoqida boy, davlatmand tabaqalar hal qiluvchi rol o’ynardilar. Boy, 
davlatmand tabaqalar bir tomondan Makedoniyadan o’z mustaqilliklarini saqlab 
qolish uchun kurash olib borsalar, ikkinchi tomondan kambag’al va qullarni 
qo’zg’olonidan qo’rqib, makedon podshosi madadiga, uni qo’llab-quvvatlashiga 
muhtoj edilar. Axeya ittifoqi tobora kuchayib borgan. Ana shu kuchayib borish 
jarayonida ittifoq hududidagi shaharlardan Makedoniya armiyasini quvib yuborish 
imkoniyatini berdi. Bunday muvaffaqiyatga axeyaliklar o’zlarini siyosiy arbobi 
strateg Arat degan odam boshchiligida erishdilar. Yunonistonning eng qadimgi 
kuchli davlatlaridan bo’lgan Afina, Sparta davlatlari miloddan avvalgi III asrda 
ilgarigi shon-shuhratini yo’qotib, zaiflashib qolgan bo’lsalarda, ular Axeya yoki 
Etoliya ittifoqiga kirmay, ilgarigi o’z mustaqilliklarini saqlab qolayotgan edilar. 
Sparta davlatidagi yer-mulklar o’zigina eng boy xonadonlar qo’lida haddan 
tashqari ko’p to’planib, ularni yer-mulklarida illotlardan tashqari sotib olingan 
qullar periyeklar ham ishlar edilar. Spartaliklarni ancha qismi yersiz, armiya ham 
27
Sinod - ya’ni xalq yig’ini 


18 
ilgarigi shon-shuxratini yo’qotib, yollangan armiyaga aylangan edi. Xullas, Sparta 
davlati kuchsizlanib qolgan davlatga aylanib bormoqda edi. Sparta davlatini 
bundan ham zaiflashib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun kurash tobora qizib bordi. 
Buning uchun Sparta davlatida bir qator islohotlar o’tkazish zaruratini kun 
tartibiga qo’ymoqda edi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə