Ellin davlatlari


 Ellinizm va uning Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga ta`siri



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix25.01.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#99318
1   2   3   4   5   6   7   8
ellinizmning mohiyati va ellinistik davlatlar

2.3. Ellinizm va uning Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga ta`siri 
Qadimgi hind, ahmoniy va yunon manbalarida Baqtriya viloyatiga alohida 
ahamiyat beriladi. Baqtriyaga Aleksandrning ham munosabati boshqacha bo’lgan. 
Shoh Baqtriya amaldorlari va zodagonlari bilan yaqinlashishga urinadi, mintaqa 
56
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C. 169. 
57
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C. 167. 


43 
hokimlaridan 
birining 
qizi-Raxshonaga 
uylanishining 
sababi 
ham
faqat bir ko’rishdagi muhabbat emas, balki uning siyosiy motivlari ham bo’lsa 
kerak. Aleksandr Baqtriya shaharlarida grek va makedon lashkarboshilaridan 
ko’proq hukmdor va hokimlarni qoldirishga urinadi. Albatta bunday 
munosabatning tarixiy sabablari ham bor edi. Mintaqa ipak yuli, G’arb va Sharq 
savdo yo’lining muhim qismida joylashganligi tufayli boshqa viloyatlarga nisbatan 
iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan avvalroq rivoj topgan. Bu viloyatni Ioniya va Markaziy 
Gretsiya bilan aloqasi ham avvalroq boshlangan (Amudaryo xazinasi deb 
ataluvchn san`at buyumlari, ko’plab topilgan pullar buning isboti). Ana shunday 
zamin bo’lgani uchun ham ellinizm davrida Baqtriyada ellinlashtirish jarayoni 
avval va tez o’tdi (Parfiya va Xorazmda bu jarayon ancha kechikdi). Baqtriyaning 
grek podshohlari Diodot, Yevtidem, Yevkratid, Antimax kabilar viloyatni 
Gretsiyaning bir qismi deb qaraganlar. Agar Parfiya, So’g’diyona va Xorazm 
uchun ellinistik madaniyat namunalari eramizdan avval III – II asrlarda odat tusiga 
kirgan deb qabul qilinsa, Baqtriyada madaniyatning tadrijiy taraqqiyoti mahsuli 
sifatida qaralgan. Shuning uchun ham ellinistik san’at namunalari ayniqsa 
Baqtriyada yetuk tus olgan. 
Antik adiblar “Ming shaharli Baqtriya” deydilar. Haqiqatan bu vodiyda 
(Amudaryoning ikki sohili, O’zbekistonnnng janubi va Afg’onistonning shimoli) 
arxeologlar ko’plab katta va kichik shaharlar vayronasini topganlar
58

Agar Aleksandrdan avval greklar Baqtriya va Hindistonnn juda uzoq 
o’lkalar, dunyoning chekkasi deb tasavvur etsalar, Makedoniya shohi yurishlari bu 
tasavvurni puchga chiqardi, yurishlar jarayonida minglab lashkarlar bu yerlarda 
o’troqlashnb qoladilar, ellinizm davrida esa ko’plari ko’chib ham keladilar. 
Eramizdan avval III asr o’rtalarida Baqtriya Diodot rahbarligida Selevklar 
davlatidan ajralib chiqadi va o’zini mustaqil davlat deb e`lon qiladi. Natijada 
Baqtriyada quldorlikka asoslangan greklar hukmronligidagi davlat tashkil topdi. 
Baqtriya hukmdori, ayniqsa Yevtidem va Yevkratidlar mustamlakalashtirish 
siyosatini olib boradilar hatto janubiy Afg’oniston va Shimoliy Hindistonni bosib 
58
Левик П. Элинистический мир. – М.: Издательство Восточной литературы, 1990. – C.94. 


44 
oladilar, Baqtriyaning grek shohlari grek polislari davlat-shahar usulida ko’plab 
shaharlar quradilar, binolar qurilishida esa grek va sharq elementlari 
sintezlantiriladi. 
Baqtriyada greklar tomonidan qurilgan shaharlarning eng yirigi hozirgacha 
ma’lum bo’lgan Afg’onistonning shimolida joylashgan Aleksandriya Oksiana, 
ya’ni Amu Aleksandriyasi (hozirgi nomi Oyxonim)dir
59
. U 400 gektar yerni 
ishg’ol etgan. Unda teatr, gimnasiy (savodi chiqqan bolalar ilmiy va jismoniy 
kamolot topganlar), kutubxona, xazina, grek xudolariga ibodatxonalar, davlat 
idoralari, qasrlar, saroylar, haykallar bilan bezatilgan fontan, shaxsiy hovlilar 
mavjud ekanligini frantsuz arxeologlari aniqlashdi. Shahar eramizdan avval IV 
asrda barpo etilib, eramizdan avvalgi 147-yillar atrofida ko’chmanchilar tajovuzi 
ostida vayron etilgan. Oyxonimni tasvirlagan frantsuz olimlari D. Shyumberje va 
Pol Bernarlar grek yozuvidagi ikki papirus parchalarini topganlar, ularning birida 
falsafiy mazmundagi dialog, ikkinchisida she’r bo’lgan. Afsuski, namgarlikda 
kutubxonaning yer sahniga yozuv iz bo’lib tushgan yerda ham pergamentda ham 
saqlangan yozuv izini o’qib bo’lmagan. Arxeologlar topilgan idishlarda grekcha 
yozuvlar (idishdagi narsalar nomi, og’irligi va h. k.) bo’lganini aniqlaganlar. 
Baqtriyada Oyxonimdan boshqa Kofir qal`a, Yemishtepa, Dilberjin, 
Saksonoxur, Taxti Sangin, Yovon, Tomoshatepa, Xalchayon, Yerqo’rg’on, Qanqa 
kabi ellinistik tipdagi shaharlar mavjud bo’lganligini arxeologlar aniqlashdi
60

To’g’ri, bular Aleksandriya Oksiana darajasiga ko’tarila olmaganlar. Lekin bu 
shaharlarning ochilishi grek shohlari Baqtriyada hukmronlik qilgan davrlarda 
ellinistik madaniyat, san`at butun viloyat bo’ylab keng tarqalganligini isbotladi. 
Shu o’rinda agar ichki iqtisodiy-ijtimoiy sharoit tashqaridan bo’lgan ta`sirni qabul 
qilib olish va rivojlantirish darajasida bo’lmasa har qanday kuchli ta`sir ham yerli 
madaniyatga singmasligi va iz qoldirolmasligini yana bir bor eslab o’tishni lozim 
ko’rdik. Haqiqatan, mintaqada yuzaga kelgan tarixiy sharoit ellinistik madaniyatni 
59
Гафуров Б. Г., Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. – М.: Высшая школа, 1980. –– C. 87. 
60
Редер Д.Г., Черкасова Е.А. Қадимги Дунё тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б. 237. 


45 
o’zlashtirish va o’zi ham uning ajoyib yuksak namunalarini yaratishga qodirliginn 
ta`minladi. 
Baqtriyada ellinistik uslubda yaratilgan san`at buyumlari, ayniqsa pullardagi 
rasmlar mahorat bilan ishlangan. Bu haqda K.V. Trever shunday deydi: 
«Portretlarni pullarda ajoyib o’ta realistik tasvirlay olish jihatidan grek—baqtriya 
san`ati Gretsiya va Suriyaning pulda tasvirlay bilish san`atidan o’zib ketgan
61

Rassomlar har bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini individual ravishda realistik 
bera olganlar», deydi. Bu fikrni zamonaviy olimlar ham (Marshak B. I., 
Kruglikova I. T. va b.) quvvatlaydilar. Baqtriya pullari grek an`anasini davom 
ettirib, bir tomonda podshoh portreti, ikkinchi tomonda shaharga homiylik qiluvchi 
xudo va mifologik syujet tasvirlangan, bularni yuksak san`at namunasi deyish 
mumkin. 
O’rta Osiyo va Shimoliy Afg’onistonda rivoj etgan ellinistik san`at 
asarlarini tematika jihatidan uch guruhga ajratish mumkin: diniy, epik va fol’klor 
bilan bog’liq asarlar. Ayniqsa er. av. VI – II asrlarda Baqtriyada rivoj topgan ellin 
madaniyatiga xos diniy e`tiqod bilam bog’liq edi. 
O’rta Osiyoda ellinizm davrida Olimp xudolari bilan yerli ma`buda obrazlari 
va vazifalari birlashtiriladi, Axura-Mazda-Zevs, Mitra-Zevs, Gelios, Appolon, 
Nika-Tyuxe-Xvaninda, Anaxita-Afina, Poseydon-Vaxsho va h. k. Qizig’i shundaki 
ko’p o’rinlarda grek xudolari yerli kiyimda tasvirlanganlar, masalan Mitraning 
boshida nur sochib turgan Zevs, Gelios Heraklga ko’chirilgan yoki aksincha yerli 
ma`buda Xvaninda Gretsiyada g’alaba ma`budasi Nika (Tyuxe) atributlari – gul-
dasta va qanot bilan, Amudaryo suvlari xudosi Vyaxsho esa Poseydonga xos uch 
tishlik asbob bilan tasvirlanadi
62
. Bulardan tashqari mintaqada Dioskurlar, Dionis 
e`tiqodlari ham keng tarqalgan (Dilberjinda Diokurlar ibodatxonasi, Bandixonda 
Herakl haykalchalarini tayyorlovchi qolip, Oyxonimda Zevsning katta haykalining 
parchalangan bo’laklari, yana 12 Olimp xudolarining tasviri tushirilgan gips qolip, 
Dionis haykalchalari Dilberjinda topilgan. Grek madaniyati bilan tanishmasdan 
61
Кошеленко Г.А. Греческий полис на эллинистическом Востоке. – М.: Наука, 1979. – C. 74. 
62
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C. 135. 


46 
avval O’rta Osiyo xalqlarida xudolari inson shaklida tasvirlash bo’lmagan, eramiz-
dan avval V asrda eronshoxlar tomonidan mintaqa bosib olingach xalqlar Eron 
orqali Ioniya va Gretsiya madaniyati bilan tanishadilar, shundan boshlab yerli 
xudolarni odam shaklidagi haykal va haykalchalarda tasvirlaydilar. Xudolar 
tasviridan tashqari binolarni quyma tasvirlar bilan bezash, kolonnalar, binolarni 
planlashtirish ham ellada san`ati, arxitekturasi ta`siri ostida bo’lgan, Xalchayonda 
topilgan_haykallar, o’g’il bolalar tutib turgan gul shodalari tasviri bunga yorqin 
misol bo’la oladi
63

Aleksandr yurishlari natijasida tashkil etilgan imperiyada grek tili va yozuvi 
rasmiy davlat tili, yozuvi sifatida qabul qilingan edi. 
Ellinizm davrida bu til o’z pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi. 
Hindistondan Italiyagacha bo’lgan hududda yashagan xalqlar o’zaro grek tili 
yordamida fikr almashadilar, u ikkinchi tilga aylanadi, hatto Parfiyada ham grek 
tili yuqori mavqega ega bo’ladi. Til birligi o’z navbatida madaniyatlar, adabiyot 
yaqinligiga olib keladi. Ammo, afsuski, adabiy aloqalar haqida deyarli hech 
qanday manba bizgacha yetib kelmagan, turli urushlar, ayniqsa arablar istilosi 
davrida kitoblar shafqatsiz kuydirilgan. 
Sharq mamlakatlarida grek tilidagi asarlar bo’lgani haqida ma`lumotlar bor, 
ammo ular saqlanib qolmagan. To’g’ri, o’sha davrving madaniy markazlari 
bo’lmish Aleksandriya, Pergam, Koss kabi shaharlarda rivojlangan grek 
adabiyotini yaratishda ellinistik mamlakatlardan chiqqan adiblar (ularniyag 
ma`lum qismi, albatta, yunon bo’lmaganlar) ham ishtirok etganlar. Lekin bu 
markazlarda yaratilgan asarlar xususiyat, uslub, mahorat jihatidan grek 
adabiyotining tadrijiy davomi va ajralmas qismini tashkil etadi. Yuqoridagilarni 
nazarda tutganimizda ellinistik madaniyat ta’siri kuchli bo’lgan Baqtriyada ham 
adabiy asarlar yaratilishi ehtimoldan uzoq emas. 
Sharq mamlakatlarida milliy adabiyot ham o’z navbatida rivoj etgan, 
ayniqsa parfiya tilidagi adabiyot boy bo’lgan. Nemis olimi F. Altxaym “Aleksandr 
va Osiyo” asarida arab manbalariga suyangan holda Parfiya shohlari davrida 
63
Ранович А.Б. Элинизм и его историческая роль. – М.: Наука, 1999. – C.123. 


47 
yaratilgan yetmishga yaqin badiiy asarlar bo’lgani haqida xabar beradi
64
. Albatta 
bularga ham, grek adabiyotining ta`siri o’tishi tabiiy hol edi. Aleksandr o’zi bilan 
shoirlar, tarixchilar, aktyorlar olib yurgani, joylarda she`rxonliklar, teatr o’yinlari 
uyushtirgani va Homer asarlarini olib yurib, doim o’qigani va majlislarda 
ko’pchilik uchun o’qitgani haqida antik mualliflardan ma`lumotlar borligini 
yuqorida aytgan edik. Plutarx va Elian esa Homer asarlarini Erondan 
Hindistongacha bo’lgan masofada yashagan xalqlar o’qiganlar deydi. Plutarxning 
xabariga ko’ra Baqtriya va Parfiya shohlarining saroylarida Sofokl va Yevripid 
tragediyalari o’ynalgan fikrimizcha, bu ma`lumot haqiqatdan uzoq emas, chunki 
grek teatri bo’lgandan keyin albatta, unda grek tragediya va komediyalari 
o’ynalgan. Oyxonimda esa “Iliada” mazmuniga aloqador tasvir tushirilgan idish 
topilgan
65
. Albatta bularning hammasi adabiyotga ham o’z ta`sirini o’tkazishi 
tabiiy, ammo ularning namunalari saqlanib qolmagan. 
Miloddan avvalgi III asrda O’rta Osiyo va Xurosonda Yunon Baqtriya 
davlatidan boshqa yana ikkinchi qudratli davlat – Parfiya tashkil topdi. Parfiya 
ham Salavkiylarga bo’ysungan bo’lib, III asr o’rtalarida, Baqtriyadan keyin o’zini 
mustaqil davlat deb e`lon qildi. Qadimgi Rim tarixchisi Yustin (II asr) “Bu davrda 
kelib chiqishi noma`lum bo’lgan, lekin o’ta jasur Arsak yashagan. Odatda u 
qaroqchilik bilan shug’ullangan. Selevk Osiyoda mag’lubiyatga uchradi degan 
xabarni eshitib, endi shohdan qo’rqmay, qaroqchilar bilan birga parflarga hujum 
qiladi, ularning hokimi Andragorni yengadi, uni o’ldirib, xalq ustidan hokim 
bo’ladi”, deydi. Strabonning fikricha: “ba`zilar Arsakni skiflardan desalar, 
boshqalar aksincha, uni baqtriyalik deydilar”
66

Parfiya Mitridat I (eramizdaya avval 171 – 138-137 yillar) davrida o’z 
yerlarini kengaytiradi, G’arbiy Eron, Midiya, Mesopotamiyani qo’shib oladi, 
ayniqsa Mitridat II (123 – 87) davrida, dunyodagi to’rt buyuk davlatlarning biriga 
aylanadi (Rim, Xitoy, Kushon imperiyasi va Parfiya)
67
. Efrat daryosi Rim va 
64
Авдиев В.И. Қадимги Шарқ тарихи. –Тошкент:Ўрта ва Олий мактаб давлат нашриёти, 1964. – Б. 276. 
65
Бонгард-Левин Г.М. Древние цивилизации. – М.: Мысль, 1989. – C. 346. 
66
Ранович А.Б. Элинизм и его историческая роль. – М.: Наука, 1999. – C. 69. 
67
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C. 189.


48 
Parfiyani ajratib turuvchi chegara bo’lgan, ammo Rimningg agressiv siyosati 
natijasida ikki davlat o’rtasida tez-tez to’qnashuvlar bo’lib turgan. Agar eramizdan 
avvalgi 65-yildagi to’qnashuvda rimliklar ustun chiqqan bo’lsa, 54-yilda mashhur 
lashkarboshi Krass rahbarligadagi rim armiyasini parfiyanlar tor-mor etadi va 
lashkarboshi halok bo’ladi. Afsona yoki parfiyanlar epik asarida berilgan 
ma`lumotga ko’ra shoh Orod II Krass boshini choptirib, “Sen hech boylikka 
to’ymagansan, endi to’ygin” deya og’ziga eritilgan kumush quydiradi. Yuqorida 
aytganimizdek, bu o’rinda Herodotda keltirilgan Kir halokati va malika Tomaris 
so’zlarining ta`siri ostida Krass halokati haqidagi hikoyat yaratilgan bo’lsa kerak. 
Rim shoiri Horatsiy qasidalarida aytilishicha asir tushgan rimliklar Marv shahri 
atrofiga joylashtirilgan, ular parfiyanlar lashkarlari bilan xizmat qilgan va oila 
qurib, o’troqlashib qolishgan. Ba`zilari mintaqada tarqalib, Xitoygacha borganlar. 
Ular haqidagi ma`lumot Xitoy manbalarida saqlangan. 
Arxeolog olim M.E. Masson rahbarligidagi guruh Ashxobod yaqinida XX 
asrning 30 – 50 yillarida Parfiya shohlarining imperiya shimolidagi rezidentsiyasi 
Nisa (Nasoim) vayronalarini kavlab, katta kashfiyotlar qildi. Natijada Parfiya 
san`ati namunalari asosan Nisada saqlanib qolganligi ma`lum bo’ldi. Bular marmar 
toshdan, sopoldan va oddiy loydan ishlanib, ustidan alebastr qoplangan haykal va 
haykalchalar, may ichish uchun idish-ritonlar va muhrlardir. 
Marmar haykallar ellinistik davr mahsuli bo’lib, ular, asosan, ilohiy 
personajlarni tasvirlagan. Izlanishlar natijasida Nisa ma`budasi, Rodoguna, greklar 
e`tiqodida go’zallik, ishq-muhabat ma`budasi Afroditaning boshi, Artemidaning 
oyog’i topilgan. Haykalchalar orasida Afinaning oltin suvi berilgan kumush tasviri, 
ishq ma`budi Erotning kumush haykalchasi o’zining san`atkorona ishlanganligi 
bilan alohida ahamiyat kasb etadi
68

Muhrlarda turli-tuman tasvirlar bilan bir qatorda sof grek mazmuni, Zevs, 
Afina, Afrodita kabi xudolar tasviri berilgan. Samarqand yaqinidagi Panjikentdagi 
devorlarga ishlangan rasmlarda tumshug’ida lentalik gulchambar yoki xalqa ushlab 
turgan qush surati topilgan. Bu obraz grek va rim san`atida keng tarqalgan bo’lib, 
68
Левик П. Элинистический мир. – М.: Издательство Восточной литературы, 1990. – C. 81. 


49 
bu simvolik obraz O’rta Osiyoda Parfiya davrida paydo bo’lgan. Qush obrazi 
Gretsiyada Nika va Zevsning burguti haqidagi afsona bilan bog’liq. Parfiyada 
avval Nika shoh boshiga lentalik gulchambar kiydiruvchi sifatida pullarda zarb 
etilgan bo’lsa, keyinroq Zevs va burgut tasvirlanadi. Fraat IV pullarida esa faqat 
gulchambarni tumshug’ida ushlab turgan qush tasviri zarb etiladi, Nika o’rnini 
burgut egallaydi(Nika va burgut obrazlari Parfiyaning Yaqin Sharqda saqlanib 
qolgan san’at yodgorliklarida ham keng uchraydi). Ham Nika, ham Zevs burguti 
bo’lajak shohga xudolar tortig’i, tojni simvollashtiruvchi gulchambar keltiradilar. 
Shoh boshiga gulchambar kiydirayotgan Nikani tasvirlovchi pullar Xorazmda ham 
zarb etilgan. Bu o’rinda o’zbek ertaklarida uchrovchi boshiga qush qo’ngan 
odamni podshoh etib saylash, “davlat qushi” iborasi balki Zevs burguti bilan 
bog’liqdir, degan fikr tug’ildi
69

Yozuv namunalari – (Parfiyada grek yozuvi qo’llansada) Nisadan faqat 
aramey yozuvida bitilgan xo’jalik asboblari topilgan xolos. Parfiya shohi Mitridat 
II pullarda o’zini “adolatli va sahovatli shahanshoh” deb atab, “filellin” (panellin) 
ham deydi. Plutarxning xabariga ko’ra shoh Orod II yunon tilini yaxshi bilgan va 
grek tragediyasini teatrda sahnalashtirgan. Parfiya ellinistik davlatlar qatoriga 
kirmaydi, ammo eramizdan avvalgi III eraning II – III asrlarida O’rta Osiyoda 
ellinistik madaniyat keng tarqalgani tufayli umumiy yo’nalish bu mamlakatga ham 
o’z ta`sirini o’tkazadi
70

Eramizning boshlarida Baqtriya va Shimoliy Hindistondagi grek davlatlari 
vayronalarida Kushon imperiyasi tashkil topadi. Xitoy manbalari ma`lumotlariga 
binoan ko’shonlar yuechlarga taalluqli bir qabila. Har holda qanday bo’lmasin 
eramizning boshlang’ich asrlarida Ko’shon imperiyasi jahondagi to’rt buyuk 
imperiyaning biriga aylanadi. Britaniya orollaridan Tinch okean soxillarigacha 
bo’lgan eng madaniy ilg’or o’lkalar Rim, Parfiya, Xitoy va Ko’shonlar 
imperiyalariga qaram etildi. Bu to’rt imperiya o’zaro yaqin aloqa o’rnatadilar. 
Insoniyat tarixida qit`alararo savdo va diplomatii aloqalar o’rnatiladi, Buyuk ipak 
69
Гафуров Б.Г., Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. – М.: Высшая школа, 1980. – C.97. 
70
Кошеленко Г.А. Греческий полис на эллинистическом Востоке. – М.: Наука, 1979. – C.83. 


50 
yo’li rasmiy tan olinadi va davlatlararo savdo aloqalari kuchayadi, Sharq va G’arb 
o’rtasida Hind okeani orqali dengiz yo’li ham ochiladi (Ko’shon pullari Kiev, 
Efiopiya, Skandinaviya, Rimda topilsa, Rim yo’llari O’rta Osiyo, Hindistonda 
topilmoqda)
71
. Kushonlar imperiyasi IV asrda Sosoniylar tomonidan tor-mor 
etiladi. 
Kushonlar imperiyasi O’rta Osiyo janubi, Shimoliy Afg’oniston, Shimoliy-
G’arbiy Hindistonning talaygina hududini o’z ichiga olgan bo’lsa-da uni hind 
davlati deb bo’lmaydi. Ko’shonlarning asosiy o’zagi qadimiy madaniyat o’chog’i 
bo’lmish Baqtriya edi. 
“O’ziga xos va murakkab ko’shonlar dunyosi uch component – yerli, 
Baqtriya – ellinistik va O’rta Osiyoga qo’shni bo’lgan Afg’oniston, Pokiston, 
Hindiston va Eron madaniyati bilan hamohang bo’lgan ko’chmanchilar madaniyati 
elementlaridan shakllandi”
72
. O’z navbatida ko’shonlar madaniyati Sosoniylar 
davri Eron madaniyatining shakllanishiga katta ta`sir etdi. Ma`lumki, Sosoniylar 
san`ati nafaqat Eron ham Vizantiya, roman, rus, ham xitoy san`ati shakllanishida 
katta rol o’ynadi. 
Sharq va G’arb xalqlari iqtisodiy, ijtimoiy hayotda ro’y bergan intensiv 
kontakt, o’zaro aloqalar, e’tiqod, ilm, falsafa, san`at sohasida bo’lgan ikkiyoqlama 
ta`sir jarayonida adabiyot ishtirok etmasligi hech mumkin emas. Sharq xalqlari 
vakillari tomonidan grek tilida asarlar yozilgani haqida ma`lumotlar bo’lsada, 
birorta asardan parcha ham saqlanib qolmagan. To’g’ri, Aleksandriya va Pergamda 
yaratilgan grek adabiyotini vujudga kelishda sharq mamlakatlaridan chiqqan 
adiblar ham ishtirok etganlar, lekin grekcha ismlar ostida ijod etganlar, hozir u 
adiblar qaysi xalq vakili ekanini aniqlab bo’lmaydi. Aniqlashni ahamiyati ham 
yo’q, chunki Aleksandriya adabiyoti umumgrek adabiyoti yo’nalishni davom 
ettirgan. Afsuski, sharq mamlakatlarida yaratilgan badiiy adabiyot namunalari 
bizgacha saqlanib qolmagan, faqat xalq og’zaki ijodi bizga ba`zi ma`lumotlarni 
yetkazib kelgan. 
71
Левик П. Элинистический мир. – М.: Издательство Восточной литературы, 1990. – C. 65. 
72
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C.186. 


51 
XULOSA 
Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa yurishlari vaqtidan boshlab, O’rtayer 
dengizining katta qismi Misr, Kichik va Old Osiyo, uning atrofidagi hududlar, 
O’rta Osiyoning janubiy va markaziy Osiyoning bir qismi, Hind daryosining quyi 
oqimigacha ularning tarixiy taraqqiyotini yangi Ellin davri boshlandi. “Ellin” 
tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi
I.Droyzen tomonidan kiritildi. Droyzen bu tushunchani makedoniyalik 
Iskandarning bosqinchilik yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan 
qo’lladi va uni mazmunini madaniy soha bilan chekladi.
XX asrning 50-yillar boshlaridan ko’pchilik tarixchilar Elliniz davrini 
siyosiy-iqtisodiy, madaniy-mafkuraviy sohalarda Ellin (g’arb) va mahalliy (sharq)
hayotining sintezi deb qabul qildilar. Bu sintez qadimgi Sharqning ko’pgina 
hududlarini yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy vaziyatda amalga 
oshdi.
O’rta dengiz sharqidagi ellin davlatlarining eramizdan avvalgi XII – I asr tarixi 
davrida bu davlatlarning iqtisodiy-siyosiy rivojlanishining o’ziga xos tomonlari 
bo’lgan. Ana shunday o’ziga xos tomonlariga ega bo’lgan ellin davlatlarida xalk 
ommasi iqtisodiy majburiyatlarsiz, to’g`ridan-to’g`ri davlat hokimiyati ya`ni 
podshoga qaram qilingan. eng ko’p qaram qilingan gurux - bu dexqon jamoalari 
bo’lib, ular podsho (davlat) xazinasiga yer solig’i yoki jon solig’i tarzida soliq 
to’lab turganlar. 
Yunon-makedonlar kelishi arafasida Misrning iqtisodiyoti so’ngi tosh davri 
ibtidoiy texnikasi darajasida bo’lib, faqatgina qisman takomillashtirilgan mis va 
bronza qurollariga asoslangan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat 
xo’jaligida haqiqiy to’ntarish bo’ldi: qishloq xo’jaligida temir mehnat qurollari 
paydo bo’ldi, Bobildan seyalka olib kellindi. Qishloq xo’jaligida yangi texnik 
moslamalar vino va zaytun yog’ini olish uchun vintli pres (Arximed vinti)dan 
foydalana boshlanishi dehqonlarni mehnatini yengillashtirdi. 
Ptolemeylar Misri, Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin 
dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlaridan so’ng Makedoniya 


52 
tushkunlik holatida edi. Aholini katta qismi Iskandar yurishlari davrida sharqqa 
ko’chgan edi. Antigonidlar olib borgan doimiy urushlar shimoldagi varvar 
qabilalarini xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi. 
Ellin madaniyati yunonlar va Sharq xalqlarining madaniy yutuqlarining 
qo’shilib ketishi natijasida shakllandi. Ellin dunyosining ma’naviy shakllanishiga 
davlatlarning ulkan hajmlari cheklanmagan podsho hokimligining mavjudligi, 
shaharlarning amaldagi mustaqilligini yo’qolishi o’z ta’sirini o’tkazdi.
Bu davrda fan va texnika notekis rivojlandi. Davlat hokimiyati manfaatdor 
bo’lgan harbiy ish, kemasozlik, shaharlarni qamal qilish texnikasi va qurilish 
sohalarida eng katta yutuqlarga erishildi. 
Ellinizm davrida yunon dunyosi sharq diniy tasavvurlarni qabul qila 
boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig’inish avj oldi. Misr mabudasi 
Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma’budasi 
(Kibela – yerni onasi) bosh xudo sifatida qabul mqilina boshlandi. Ellinlashgan 
sharq ilohlarining barchasi mistik va ekstatik edi. Yahudiy dini keng tarqala 
boshlandi. 
Shaq va Yunon ma’daniyatini o’zaro ta’sirida Bobil va Misrda 
tarixshunoslikning rivoji ko’zga tashlanadi. Er.avv. III asrning I yarmida bobillik 
kohin Beroesning “Xaldeya tarixi” va misrlik kohin Manefonning “Misr tarixi” 
nomli asarlari yaratildi. Har ikkala asar ham yunon tilida bo’lsada, maxalliy 
manbalar aosida yozilgan edi.
Ellin davrida adabiyot, me`morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik 
rivojlanib borgan. Bu davr san`atining o’ziga xos xususiyatlaridan biri, yunon 
madaniyati va mahalliy san`at an`analarining uyg’unlashuvi, bir-birini o’zaro 
boyitish natijasida juda ajoyib an`analarga ega bo’lagan ellin san`atining vujudga 
kelganligi bo’lgan.


53 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə