Reja: Dramatik tur va uning xususiyatlari Dramatik turning o‘rta va kichik shakllari. Tragediya O’rtmt



Yüklə 23,99 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü23,99 Kb.
#159322
  1   2   3
5-seminar Dramatik tur 3


5-SEMINAR MAVZU
Reja:
1.Dramatik tur va uning xususiyatlari. .
2.Dramatik turning o‘rta va kichik shakllari.Tragediya
3.O’RTMT. Drama, tragediya, sahna asari, melodrama, intermediya
Asosiy adabiyotlar:
1.T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T: O’zbekiston, 2000.
2. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. —T. : Akndemnaslir. 2018.
Qo’shimcha .adabiyotlar:
1.Karimov B. Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur. – T.: Akademnashr, 2018.
2. U.Normatov. Ijod sehri – T.: “Sharq”, 2007.
3.Ulug’ov.Qalb qandili. – T.: Akademnashr, 2013.
4.Jahon adiblari adabiyot haqida. —T., Ma’naviyat, 2010.

Dramatik turda hayot va insonlar o’rtasidagi munosabatlar ifodasi tomoshabin ko’z o’ngida, muayyan sahna vaqti ichida harakatda sodir bo’ladi, shu sabab unda so’z va sahna san’ati birlashadi, birbutunlik kasb etadi. Faqat harakat jarayonidagi g’oyalar kurashi aniq, yorqin, keskin, tomoshabinni larzaga soladigan tarzda ifodalanadi; bu o’z navbatida hayot qa’ridagi va inson ruhiyatidagi dramatik ziddiyatdan kelib chiqadi. Bu ziddiyatning turli-tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to’liq voqea-hodisalar va xarakterlarning ko’p qirraligi ko’plab dramatik janrlar(ularning hammasini “pyesa”- “birbutun”, “ulush”deb yuritish odati ham hayot)ning tug’ilishiga sabab bo’lgan. Ular quyidagilar: tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama, insenirovka, intermediya, monodrama va sh.k.


Dramatik turning asosiy janrlari

Tragediya(yun. Tragos – echki(taka), ado - qo’shiq)da asosan ilohiy kuchlar va mifologik qahramonlar o’rtasidagi murosasiz kurashlar falsafasi, yuqori tabaqa vakillari (podshohlar, shahzodalar, qo’mondonlar, dohiylar, yo’lboshchilar, boshliqlar, yetakchilar)ning fojialari aks etgan.
Drama(yun. drame-harakat) atamasi keng ma’noda – dramatik turni, tor ma’noda – drama janrini bildiradi. Drama, V.Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan komediya o’rtasidagi janrdir, u ma’shum
falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi. “Dramada muhim narsa – uzundan uzoq hikoyalarning yo’q bo’lishidir, har bir so’z dramada harakat – amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy ko’chirmakashlik emas, ayrim sahnalarning, garchi ular go’zal bo’lsalar ham yig’indisi emas, drama ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo’lishi kerak, unda har bir shaxs o’z maqsadiga intilib, faqat o’zi uchun harakat qilib, o’zi bilmasdan ham, pyesaning umumiy harakatiga yordam beradi, drama xayol, mulohaza orqali yopishtirilmasdan, balki fikrdan tug’ilgan bo’lsagina shunday xarakterga ega bo’ladi” (V.Belinskiy, 207-bet). Dramaning qahramoni ko’pincha hayotdagi oddiy kishilar, ularning dramatizmga to’la qismatlaridir. Ularning taqdirlarida ro’y beruvchi jiddiy konfliktlarning oqilona bartaraf qilinishidir. Agar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo’lsa, uni taqdir boshqarsa, drama qahramoni o’z irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig’i to’liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg’unning “Alisher Navoiy”, O’lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz”, “O’z arizasiga ko’ra”, Izzat Sultonning “Imon” kabi asarlari – dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi dramalar sanaladi. Agar tragediyani fojea, komediyani kulgu, dramani jiddiylik boshqarsa, ba’zi dramatik asarlarda bu vositalarning birlashganini ko’rish mumkin. Tragikomediya (tragediya va komediyaga xos xususiyatlarning birlashuvi) janrida inson fojeasini kulguli voqealar orqali ko’rsatish yetakchilik qiladi. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asarida “lovullab yonayotgan ayolning dod-faryodi, yetim qolgan bolalar yoki dardu alam girdobiga irg’itilgan ota-onalarni ko’rmaysiz. Yuraklarni qon qiluvchi sud jarayoni ham yo’q” (Sh.Boshbekov), unda qishloq ayolining uqubatli, og’ir hayoti kulguli (yumoristik va ba’zan satirik) voqealar (masalan, Alomat nomli temir-robotning taqdiri) orqali tasvirlanadi (ko’rsatiladi). Dramaturg o’z asarini “Jiddiy komediya” deb ataydi va “umuman inson fojeasi haqida komediya yozish” mumkinligini ham ta’kidlaydi. Bu ta’kidlar bitta xulosani isbot etadi, ya’ni sof adabiy janrlar bo’lmaydi, ularning barchasi hamkorlikda, o’zaro bog’liqlikda yashaydi.
Melodrama(yun.melos-ohang, kuy, drama-harakat), dastavval, musiqali drama asari sifatida yuzaga kelgan va undagi qahramonlar kuy jo’rligida so’zlashganlar (Shu sababli hozir ham Italiyada melodrama opera ma’nosida qo’llaniladi). Unga J.J.Russo “Pigmalion”(1762) asari bilan asos solgan. Bugungi kunda “kuchli ta’sir kuchiga ega bo’lgan, favqulodda voqealarga, tendensioz ahloq va keskin intrigalarga boy dramatik asarlar” (N.Hotamov, B.Sarimsoqov)ni melodrama deb yuritish rasm bo’lgandir. Ayniqsa, “Otalar so’zi aqlning ko’zi” teleko’rsatuvlarida bu janrlarning ko’plab namunalari ko’rsatilmoqda. Melodrama janrida ko’plab kinofilm (masalan, amerikaning “Arvoh”...)lar yaratilgan, ularda qatnashuvchi xarakterlarning holat va xatti-harakatlariga uyg’un holda musiqa chalinib turadi. Monodrama(yun.monos-bir, yakka, yolg’iz, drama-xatti-harakat)-bir aktyor tomonidan ijro etiladigan dramatik asardir. “Esxilga qadar bo’lgan tragediyada bir aktyor maska va kiyimlarini o’zgartirib, bir necha rollarni ijro etgan. Bu aktyorning bir roldan ikkinchi rolga o’tguncha vaqt ichida qo’shiq va musiqali tanaffus bo’lgan. XIX-XX asr monodramalarida esa aktyor bir rolni bajarsa ham, biroq uning nutqi yo tomoshabinga, yo noma’lum personajga qaratilgan”.
Abdulla Qahhor “Hayot haqiqatidan badiiy to’qimaga” maqolasida yozadi: “...har bir janr o’ziga xos xususiyatlarga, uzoq yillar davomida jahondagi adabiyotchilar va o’tib ketgan yozuvchilar to’plagan maxsus priyomlar kompleksiga ega bo’ladi, buni e’tiborga olmaslik, bugungi kunda gugurtning mavjudligidan o’zini bexabarlikka solib, ikkita chaqmoq toshni bir-biriga o’rib o’t yoqishga urinishday tentaklikdir” deb baholagandi.

5-SEMENAR Dramatik tur, tragediya va tragikomediya
REja:
1.Dramatik tur haqida
2. Tragediya, komediya, drama janrlari
3. Melodrama, monodrama, intermediya, libretto

Dramatik turda hayot va insonlar o’rtasidagi munosabatlar ifodasi tomoshabin ko’z o’ngida, muayyan sahna vaqti ichida harakatda sodir bo’ladi, shu sabab unda so’z va sahna san’ati birlashadi, birbutunlik kasb etadi. Faqat harakat jarayonidagi g’oyalar kurashi aniq, yorqin, keskin, tomoshabinni larzaga soladigan tarzda ifodalanadi; bu o’z navbatida hayot qa’ridagi va inson ruhiyatidagi dramatik ziddiyatdan kelib chiqadi. Bu ziddiyatning turli-tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to’liq voqea-hodisalar va xarakterlarning ko’p qirraligi ko’plab dramatik janrlar(ularning hammasini “pyesa”- “birbutun”, “ulush”deb yuritish odati ham hayot)ning tug’ilishiga sabab bo’lgan. Ular quyidagilar: tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama, insenirovka, intermediya, monodrama va sh.k.




Dramatik turning asosiy janrlari




Yüklə 23,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə