Reja: Ahmad Yugnakiy



Yüklə 21,96 Kb.
səhifə1/2
tarix22.06.2023
ölçüsü21,96 Kb.
#118506
  1   2
Ahmad Yugnakiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Ahmad Yugnakiy


Mavzu; Ahmad Yugnakiyning ijtimoiy va axloqiy va komil inson haqidagi qarashlari
Reja:

Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asrlar). Adib onadan ko’zi ojiz holda dunyoga kelgan.Asarlari: «Hibatul haqoyiq» («Haqiqatlar sovg’asi») asari ta’limiy-axloqiy yo’nalishda yozilgan bo’lib, bilimlilik, adolat, saxovat, muruvvat kabi xislatlar ulug’lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g’oyasi ilgari suriladi. Ahmad Yugnakiy o’zining insonni kamolga yetkazish haqidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o’z o’rniga ega. U inson kamoloti uchun muhim bo’lgan aqliy va axloqiy qoida va talablarni o’zida mujassamlashtirgan «Hibatul-haqoyiq» asarida komil insonni shakllantirishning o’ziga xos tizimini yaratdi. Bunda u insonni kamolga yetkazishning eng muhim va asosiy mezonlaridan biri – insonning bilimga ega bo’lishi, ya’ni unga aqliy tarbiya berish, deb bildi. So’ng ma’naviy-axloqiy kamolga yetkazuvchi so’z odobi, insondagi halollik, rostgo’ylik, saxiylik, kamtarlik, samimiylik, qanoat, chinakam do’st bo’lishni eng muhim insoniy xislatlar sifatida ta’riflaydi va bularga qarama-qarshi bo’lgan jaholat, baxillik, ochko’zlik, yolg’onchilik, takabburlik, zolimlik, shoshqaloqlik kabi illatlarni qoralab, ularning yomon oqibatlarini ko’rsatadi. «Hibatul-haqoyiq» asari xalqni, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy kamolotga yo’llaydi, ijtimoiy hayotdagi kishilar o’rtasidagi ziddiyatlarni ahillik, saxovat, yaxshilik bilan hal etib, ochko’zlik, baxillik, jaholatni ilm-ma’rifat bilan bartaraf etishni da’vat etadi.
Ma’lumki, Sharq Uyg’onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo’lgan. SHuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Insoniylik, insonni ulug’lash g’oyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o’zagi sanalgan. Bu g’oyani, ya’ni insonparvarlik g’oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo’yilgan. Zero, insoniylik g’oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham SHarq Uyg’onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo’nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo’ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo’lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. «Qutadg’u bilig», «Axloqi Nosiriy», «Qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Bo’ston», «Axloqi Jaloliy», «Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi YUsuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad YUgnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo’lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g’oya ilgari surildi. Ahmadning bobosi Movarounnahrda islom dinini ilk qabul qilgan turkiy qavmlardan boʻlib, bu voqea taxminan Qutayba zamonida (milodiy 706 – 715 yillar orasida) yuz bergan. Boʻlgʻusi shoirning otasi Mahmud Yugnakiy VIII asrning birinchi yarmida dunyoga keldi. Manbalarda Ahmadning tugʻilgan joyi Yugnak deb ataladi. Bu nomdagi qishloqlar qadimgi Samarqand atrofi, Fargʻona vodiysi va Sirdaryo boʻylarida mavjud boʻlgan. Mahmud Yugnakiyning yigit boʻlib yetilgan davrlari Abu Muslim Ummaviylar sulolasiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon boshlagan 747 – 750 yillarga toʻgʻri keladi. Adib Ahmad ham shu davrlarda tugʻilgan boʻlishi kerak. Ahmad onadan koʻzi ojiz tugʻildi. Alisher Navoiy bu haqda pgunday yozadi: “Haq subhonahu va taolo agarchi zohir koʻzin yopuq yarattandur, ammo koʻngil koʻzin bagʻoyat yoruq qilgʻondur”. Ahmad yoshligidan juda qobiliyatli va ziyrak boʻlgan. Koʻzi ojizligi sababli, oʻzga turk yigitlari singari ot minib, qilich chopishga emas, Quroni karimni yod olib, Rasululloh (s.a.v.) hadislarini oʻzlashtirishga jiddu jahd koʻrsatgan.
Uning oʻsmirlik chogʻlarida oilasi Bagʻdod yaqiniga koʻchib borgan boʻlsa kerak, u uydan necha chaqirim piyoda yoʻl bosib Bagʻdodga, islom olamining eng buyuk alloma ustozlaridan, hanafiya mazhabining asoschisi Imomi Azam Abu Xanifa an-Noʻmon ibn Sobit (699 – 767) huzuriga saboq olish uchun qatnay boshladi. Ushbu darslarda ilk islom madaniyatining yetakchi allomalari imom Abu Yusuf al-Ansoriy (731 – 804) va imom Muhammad ash-Shaybon (749 – 805) Ahmadning hamsaboqlari boʻlganligi haqida Alisher Navoiy keltirgan maʼlumotlar nihoyatda diqqatga sazovordir. Imomi Aʼzam Ahmadni barcha shogirdlaridan aʼlo koʻrgani haqidagi naql to XV asr – Navoiy davrigacha yetib keldi va “Nasoyimul muhabbat” kitobida aks etdi. Adib Ahmad islomiy bilimlarni puxta egallab, oʻsha davrning yetuk olimlaridan biriga aylandi. Bu sohada, maʼlum maʼnoda, “al-Abad al-Kabir”, “al-Adab as-Sagʻir” kitoblarining muallifi Ibn al-Muqaffa (759 yilda oʻldirilgan)ga munosib izdosh, arab olamining buyuk adibi al-Johiz (775 – 868)ga salaf boʻldi. Uning ilmiy-nazariy risolalar yozgan yoki yozmaganligi bizga nomaʼlum. Adib Ahmad salohiyatli shoir va axloq muallimidir. Undan bizgacha yetib kelgan yagona yaxlit asar “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) dostoni boʻlib, 484 misradan iborat. Bu asarning bugungacha 3 ta toʻliq qoʻlyozmasi, 2 ta ayrim parchalari saqlanib qolgan. Ulardan eng qadimgisi 1444 yilda Samarqandda Ulugʻbekning nufuzli amirlaridan Arslon xoja Tarxon topshirigʻiga koʻra, kotib Zaynul Obidin ibn Sultonbaxt al-Jurjoniy al-Husayniy tomonidan uygʻur yozuvida koʻchirilgan. Matn orasidagi oyat, hadis va ayrim baytlar arab yozuvida. Asar nomi mazkur nusxada “Atabatul haqoyiq” (“Haqiqat eshiklari”) deb koʻrsatilgan. Keyingi nusxa uygʻur va arab yozuvlarida boʻlib, 1480 yilda Turkistondan Istambulga borib qolgan isteʼdodli kotib Shayxzoda Ab-durazzoq baxshi tomonidan koʻchirilgan. Turk olimi Najib Osim 1914 – 1916 yillarda ushbu nusxani topib, tadqiq etib nashrdan chiqardi. Uchinchi qoʻlyozma arab xatida boʻlib, unga Turkiya sultoni Boyazid II (1481 – 1512)ning muhri bosilgan. Demak, bu nusxa ham XV asr oxiri XVI asrning boshida koʻchirilgan boʻlib chiqadi. Asar 14 bobdan iborat boʻlib, birinchi 5 bobini muqaddima qismi deb atash mumkin. Unda yagona Alloh taologa hamd, Rasululloh (s.a.v.) ga naʼt, toʻrt ulugʻ sahoba – xulafoyi roshidin madhi, amir Muhammad Dodsipohsolorbek va fazilat egasi Anas ibn Muoviyalarga bagʻishlangan madhiyaviy satrlar mavjud. Muqaddima qismining oxirida dostonning yozilish sababi bayon etilgan. Asar Xuroson yoki Movarounnahrda yozilgan boʻlishi kerak, chunki buyuk amir Muhammad Dodsipohsolorbek turk va ajam mamlakatlarining hukmdori deb ulugʻlangan, arablar esga olinmagan. Ammo Anas ibn Muoviya nomining tilga olinishi rasman hali bu yurtlar Abbosiylar xalifaligiga tobe ekanligiga ishora qilib turadi.
“Hibat ul-haqoyiq” asari yozilgan davrda forsiy va turkiy dostonlar uchun umumiy boʻlgan muayyan sheʼriy shakl (yaʼni, aa, bb, vv usulida qofiyalanuvchi masnaviy shakli) hali-hanuz mavjud emas edi. Shu sababdan asarning madhiyaviy kirish qismlari oʻsha davr arab adabiyotiga xos boʻlgan qasida janridan ijodiy foydalanib yozilgan. Ammo dostonning asosiy qismi va xulosasi qadim turkiy ogʻzaki adabiyotida keng qoʻllanilgan toʻrtliklar shaklida yaratilgan. Shu sababli doston hajmini baytlar (2 satrli band sistemasi) bilan oʻlchash toʻgʻri emas. Ahmad Yugnakiy nomiga “Adib” soʻzi qoʻshib aytilishi maʼlum sababga ega. U oʻzini shoir emas, balki adab ilmi namoyandasi deb biladi. Uning dostoni ham turkiy elatlarga islomiy odob qoidalari, maʼnaviy-axloqiy kamolot sirlaridan taʼlim berishga moʻljallangan. Buni undagi bob sarlavhalaridan ham anglash mumkin. Birinchi bob (annavʼul-avval) – “Ilm manfaati va jaholatning zarari haqida” deb atalgan. Maʼlumki, islomning ilk nozil boʻlgan oyatlari “Iqra!” (yaʼni, “Oʻqi!”) deb boshlanadi va ilmga tashviq etish islom maʼnaviyatining muhim asoslaridan birini tashkil etadi. Doston matni orasida paygʻambarimizning “Ilm Chin eli (yaʼni Xitoy)da boʻlsa ham, oʻrganing!” degan hadislari arab tilida keltirilgan va ushbu fikr turkiy toʻrtliklar shaklida sharhlangan. “Saodat yoʻli bilim bilan bilinadi”, deydi Adib. U bilim egasi boʻlgan ayol kishini erlar qatorida koʻradi, bilimsiz erkakni esa ayoldan ham zaif biladi.

Yüklə 21,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə