Reja. Tarbiya metodlari haqida tushuncha



Yüklə 450,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix11.12.2023
ölçüsü450,03 Kb.
#145183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
11-mavzu

tarbiya vositalari
tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda 
ta‟sir ko„rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig„indisi tushuniladi. Vosita – 
bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni 
ko„rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko„rsatish – bu usullar. So„z 
(keng ma‟noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan 
bog„liqlikda ba‟zan tarbiya metodlari qo„yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga 
oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi 
Shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo„ladi. 
Tarbiya metodlari tasnifi 
Zamonaviy pedagogikada ba‟zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba‟zilari 
faqat nazariy vazifalarni o„zida aks ettiradigan o„nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o„ziga xos xarakteriga ko„ra ishontirish, mashq, rag„batlantirish 
va tanbeh berishga bo„linadi (N.I. Boldыrev, N.K. Goncharov, F.F. korolev va 
boshqalar). Mazkur holatda metodning Umumiy xarakterli belgisi uo„zida 
yo„nalganlikni, o„ziga xoslikni, qo„llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga 
metodlarning ko„proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy 
metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o„zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, 
o„quvchilarning xulq-atvorini rag„batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. 
Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: 
tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o„rgatish va mashq metodlari, 
rag„batlantirish, to„sqinlik qiluvchi, boshqarish, o„zini-o„zi tarbiyalash. 
Tarbiyalanuvchilarga ta‟sir etishi natijalariga ko„ra metodlarni ikki guruhga 
bo„lish mumkin: 
1. Axloqiy me‟yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha
g„oyalarni shakllantirishga ta‟sir etuvchi. 


2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga 
ta‟sir etuvchi. 
Hozirgi vaqtda o„zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va 
tartiblilikni aks ettiruvchi ko„proq ob‟ektiv va qulay metodlar qullaniladi. Ana 
Shunday tavsif bilan bog„liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo„linadi: 
1.
Shaxs ongini Shakllantiruvchi metodlar. 
2.
Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me‟yorlarini shakllantirish 
metodlari. 
3.
Pedagogik rag‟batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari. 

Yüklə 450,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə