Pedagogik talab.
Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan
biridir. Talab turli vazifalarni bajarishi, ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi,
u yoki bu faoliyatda bajarilishi zarur bo‟lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon
bo‟lishi, turli ko‟rsatma sifatida namoyon bo‟lishi, u yoki bu harakatlarga
undovchi
bo‟lishi mumkin.
O‟z-o‟zini tarbiyalash metodlari
O‟quvchida o‟z-o‟zini tarbiyalashga ehtiyoj, ya‟ni o‟z ustida ongli, batartib
ishlashga ehtiyoj paydo bo‟lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa
bo‟ladi. O‟quvchilarni, ayniqsa, o‟rta va katta yoshdagilarni o‟z bilim va
malakalarini mustaqil oshirishlariga yo‟llash kerak.
O‟z-o‟zini tarbiyalash o‟quvchilarning o‟z-o‟zini
idora qilish organlari
faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy-faollik mavqyeini shakllantirishning
ta‟sirchan vositasidir. O‟quvchilar o‟qishda,
tarbiyada, dam olishda o‟z-o‟zini
tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar, o‟z-o‟zini tarbiyalash tashabbuskorlik va
mustaqillikka undaydi.
Maktabda o‟quvchilarning mustaqil faoliyati, ishi pedagogik jamoa bu ishga
tayyor bo‟lsagina o‟qituvchilar va o‟quvchilar o‟rtasida o‟zaro
chuqur hurmat,
xayrihohlik, ishonch bo‟lgan sharoitdagina tashkil topishi mumkin. Barcha o‟z-
o‟zini idora qilish tashkilotlari o‟z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib
turishi, so‟z bilan ish birga saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda
ijtimoiy rag‟batlantirilishi e‟tiborda bo‟lishi kerak.
O‟z-o‟zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‟lganda, u o‟zini Shaxs
deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko‟rsata
boshlagan vaqtda
paydo bo‟ladi. O‟z-o‟zini tarbiyalashda (axloqiy, jismoniy, hissiy-irodaviy va
intelektual) maslahat va ko‟rsatmalar berilishi lozim. Bunda o‟quvchilarning
o‟zlariga xatti-harakatlariga tanqidiy ruhda munosabatda bo‟lishga o‟rgatish juda
muhimdir. O‟quvchilar o‟zlari muayyan vaqtda belgilangan
vazifalarni baholash
uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo‟yadilar.
Shundan keyin vaqti-vaqti bilan o‟zlari va ota-onalari oldida olgan
majburiyatlarini bajarilishi haqida hisobot beradilar. Bu esa ularning o‟z xatti-
harakatlari
uchun javob berishga, mas‟uliyatlarni his etishlari uchun yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: