O‘zbekiston respublikasi toshkent viloyati toshkent tumani



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə1/55
tarix17.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#149768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Хатлар 1-ўринбосар номидан (2)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

TOSHKENT VILOYATI TOSHKENT TUMANI


HOKIMINING BIRINCHI O‘RINBOSARI



111100, Keles sh., Keles yo‘li k. 8, tel: (71) 203-55-22, e-mail: toshkenttumani@exat.uz
20___-yil____ - ____________ __________-son Keles sh.

Toshkent viloyati hokimligiga
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 29-avgust kuni Toshkent shahridagi ob’ektlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo’yicha 29-sonli bayonning 3.2-bandida bir oy muddatda vazirlik va idoralarning barcha hodimlariga vatanparvarlik hissini kuchaytirish, ularni turli nojo’ya harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirish maqsadida Bojxona qo’mitasida yaritilgan Yagona axborot makoni konsepsiyasini namuna sifatida olgan holda ish boshlagan vaqtda Davlat madhiyasini va kun davomida profilaktik va motivatsion eshittirishlarni uzatib borishni yo’lga qo’yish topshirig’i berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hokimligi apparati barcha hodimlariga har kuni 9.00 da Davlat madhiyasi eshittirib borilmoqda.




Tuman hokimining
birinchi o‘rinbosari Sh.Salixov

Ijrochi: N.Yuldasheva

KIMYO-SAVDO UYI” MCHJ


rahbari E.Ubaydullayevaga

Toshkent viloyati hokimi Z.T.Mirzayev tomonidan 2023 yil 16-sentyabr kuni “Toshkent viloyati hududidan o’tgan M-39B Toshkent xalqa avtomobil yo’li hamda 4P-21 yo’li bo’yida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1/17-4-4274-son sayyor yig’ilish bayoni tasdiqlangan.


Mazkur bayon bilan “Toshvilbozorsavdo” uyushmasi, tuman va shahar hokimliklari bilan birga viloyat hududidagi mavjud mulkchilik shaklidan qat’iy nazar bozorlar va savdo komplekslarini “Toshvilbozorsavdo” uyushmasiga a’zo qilish chorasini ko’rish vazifasi topshirilgan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati “Toshvilbozorsavdo” uyushmasi 2023-yil 18-sentabrda uyushmaga a’zo bo’lmagan Toshkent tumani hududidagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar bozorlar va savdo komplekslarini uyushmaga a’zo qilishda hamda viloyat hokimi topshirig’I ijrosini bajarilishida amaliy yordam so’rab 11/1-105-son xat bilan tuman hokimligiga murojaat qilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Toshvilbozorsavdo” uyushmasiga a’zo bo’lish masalasini ko’rib chiqishingizni so’raymiz.
Sayyor yig’ilish bayoni va “Toshvilbozorsavdo” uyushmasining tuman hokimiga yo’llagan xati ilova qilinadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə