Mavzu: Shaxsning malaka va odatlari Reja



Yüklə 0,92 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#134213
Shaxsning malaka va odatlari


Mavzu: Shaxsning malaka va odatlari
Reja:
1. Shaxsning malaka va odatlari
2. Shaxsning faolligi.
3. Shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar.


Shaxsning malaka va odatlari

Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo`ladi (yozish, o`qish, yurish, musiqa chalish, sport va h. k.) Maqsadni ko`zlab biror ishni bajarish malakaga bog`liq. Malaka deb, avval ongli bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo`lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o`tin arralash sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo`ladi. Odat kishi qalbiga chuqur o`rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo`ladi. Salbiy odatlarga yolg`on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli reflekslarning hosil bo`lish mexanizmi tashqil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya`ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bog`chaga o`rganguncha qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip bo`ladi. YAngi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bog`liq bo`ladi. Ilgarigi malakalar ijobiy ta`sir qilsa malakalarning kuchayishi ko`zatiladi. Masalan, chet tillardan birontasini o`rgangan odam boshqa bir chet tili o`rganishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka salbiy ta`sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o`tsa qiynaladi. Shaxs shug`ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug`ullanmasa malakalar sunish hodisasi ko`zatiladi. Buni malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo`lish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog`liq. Masalan, til o`rganish 4 - 5 yoshda tez o`rganiladi. Hunar egallash 12 - 13 yoshda tez o`rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bog`liq , ya`ni asab tizimiga bog`liq bo`ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanholiklarda sekin hosil bo`ladi. Demak, malakalar inson shaxsining tarkib topishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Shaxs o`zining individualligida, ijtimoiy munosabatlarda belgilanadi. Atoqli psixolog K.K Platonov shaxsni “Konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub`ektdir”,


L. L. Bojovich esa “Odam o`zining anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda “Men” degan tushuncha paydo bo`ladi”, deb ta`kidlaydilar. A.N. Leont’evning “Faoliyat. Ong. Shaxs” degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar bor: “Bu oliy olam birligi, hayotda doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko`z o`ngida va o`zining ko`z o`ngida qoladi.”
Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada - oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir.
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi.
Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.
Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi:
1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi.
2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan.
Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy yo`l bilan o`tgan instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog`laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to`g`ri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik ko`rsatishga undaydi. ehtiyoj - shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning aniq yashash sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bo`lishiga ko`ra, moddiy (tabiiy) va ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bo`lgan ehtiyojlar kiradi. Ma`naviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong mahsulotlariga bo`lgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish, kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar asosida qondiramiz. M
oddiy va ma`naviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart.

Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy, ma`naviy, salbiy, ijobiy, davomli, qisqa muddatli bo`ladi. qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va ishonch - e`tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog`liqdir. SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar bo`lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o`sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. Xatti - harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir. e`TIqOD - shaxsni o`z qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham xatti - harakat motivlari bo`lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo`lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng ko`p o`rganilgan masala ko`rsatma berishdir.


Bu masala gruzin psixologi D.N. Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko`rsatma berish deganda, bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ehtiyojlarni ma`lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar o`qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.
Shaxsning shakllanishi haqida ikki oqimning fikrini keltirish mumkin. Biogenetik yo`nalish va sotsiogenetik yo`nalish. Biogenetik yo`nalish tarafdorlarining fikricha, inson shaxsi va shaxsiy xususiyatlar faqat bitta omil, nasliy xususiyatlarning ta`siri bilan yuzaga keladi. Ular tashqi muhit va ta`lim - tarbiyaning rolini tan olmaydilar. Sotsiogenetik yo`nalish tarafdorlari eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ushbu yo`nalish asoschilaridan biri Jon Lokk yangi tug`ilgan bolaning miyasini toza taxtaga o`xshatadi. Go`yoki, uning miyasiga kattalar xohlagan narsasini yozishlari mumkin. Ular tajribani ikkiga ajratadilar: tashqi va ichki tajriba. Yo`nalish tarafdorlarining fikricha, tashqi tajriba - bu moddiy dunyoni narsalarning ta`siridan hosil bo`ladigan bizning sezgilarimizdir. Ichki tajriba esa ruxning mustaqil harakatidir. Buni refleksiya deb ataydilar. Ular tashqi tajriba - sezgilar ichki tajriba-refleksiya bir - biriga bog`liq emas, degan fikrga o`tib ketdilar. Ular shaxsning tarkib topishi faqat ta`lim - tarbiyaning ta`siriga bog`liq deb, tashqi muhit va biologik omillarning ta`sirini tan oladilar. XIX asrning ikkinchi yarmida biogenetik qonun degan oqim kirib keldi. Biogenetik qonun biologiyaga xos bo`lgan ommaviy qonundir. Bu qonunga ko`ra, odam onaning qornidan to tug`ilguncha ko`p ming yillik evolyutsion taraqqiyotni bosib o`tadi, ya`ni uzoq evolyutsion taraqqiyot yo`lini qisqa muddatda takrorlaydi. Biologik qonun namoyondalaridan Myuler va Gekkellar odam tug`ilguncha butun evolyutsion taraqqiyotni qisqa muddatda takrorlar ekan, tug`ilgandan so`ng to shaxs b
o`lib tarkib topguncha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, degan fikrni bildirgan.

Inson shaxsining individual (ontogenetik) taraqqiyoti butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenetik) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlashdir. Ular o`zlarining nazariyalarini bolalarning turli yosh davrlarida namoyon bo`ladigan faoliyat turlari orqali tushuntiradilar. Masalan: nemis psixologi V.SHternning fikricha, yangi tug`ilgan chakaloq odam emas, balki sut emizuvchi hayvondir. U olti oylikka etganda maymunlar darajasiga etadi, ikki yosh bo`lganda maymunning odamga aylanish davrini eslatadi. 5 yoshda ibtidoiy poda bo`lib yashagan qadimgi odamlar darajasiga etadi. 1 - sinfga borganda ibtidoiy jamoatchilik davrini eslatadi. Kichik maktab yoshida esa o`rtaasrlar davrini eslatadi. YUqoridagi nazariyalar uchta omilning (irsiyat, muhit, tarbiya) birgalikdagi ta`sirini tushuntirib bera olmadilar. Shaxsni shakllanishiga ushbu omillar birgalikda ta`sir etadi.


Irsiyat - orqali bolaga nerv tizimi, shartsiz reflekslar, tashqi ko`rinish, irsiy kasalliklar va layoqatlar utadi.
Ijtimoiy muhit - avvalo oila muhiti bo`lib, bola tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida ijtimoiy munosabatda bo`lib yashaydi. Shaxs tashqi muhitdan turli ijtimoiy munosabatlarni o`zining faoliyati orqali singdirib, o`z fe`l - atvoriga aylantirib boradi. Bolalarning hammasi o`yin faoliyati bilan shug`ullanadi. O`yin bolalar uchun dunyoni bilish qurolidir. U kattalarning xatti -harakatlariga taqlid qilish orqali o`ynaydi. Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta`siri kuchli. Masalan, yangi tug`ilgan bolani hayvonlar orasiga qo`shib qo`yilsa xatti - harakatlari hayvonlarnikiga o`xshaydi. Bola tili ham ijtimoiy muhitga bog`liq.

Irsiyat orqali ota - onasidan bolaga o`tadigan xususiyatlar yordamchi omil sifatida ta`sir etadi. Tug`ma layoqatlar nasliy yo`l orqali imkoniyat tarzida beriladi. Bu imkoniyatlar ma`lum sharoit bo`lgandagina ruyobga chiqadi. Bolaga nasliy, organizm, shartsiz reflekslar, analizator apparatlari, miya, tashqi belgilar, irsiyat orqali o`tadi. Demak, inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta`sir qiluvchi omillarning birinchisi tashqi ijtimoiy muhit, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida beriladigan ta`lim - tarbiya va uchinchisi odamga tug`ma ravishda beriladigan nasliy, ya`ni irsiy xususiyatdir. Bundan tashqari shaxsning shakllanishida shaxsiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Inson o`z - o`zini tarbiyalash, o`z - o`zini anglash orqali shakllanib boradi.


Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilma-xiddir. Masalan, genetik (nasliy), biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shaxsning genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼl-atvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiy-tarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin. Shaxs rivojlanishining yosh bosqichlari
Shunday qilib, quyidagi bosqichlarni ko'rib chiqing:

12-19 yosh Yoshlik. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishining muhim davri. Shaxsni shakllantirish jarayoni o'zini o'zi belgilash va o'zini hayotda izlash bilan tavsiflanadi. Borliqni qayta ko'rib chiqish va qayta baholash mavjud. Aynan shu segmentda tarbiyadagi xatolar paydo bo'lib, ular o'zlarini salbiy identifikatsiyalashga olib kelishi mumkin: norasmiy hamjamiyatga qo'shilish, alkogolizmga moyillik, giyohvandlik, jamoat tartibi va qonunlarning buzilishi va boshqalar. Butga sig'inish istagi bor. O'smirlar unga o'xshash bo'lishga harakat qilishadi. Agar shaxsni shakllantirish va rivojlantirish jarayoni to'g'ri ketsa, sadoqat, qaror qabul qilishda mustaqillik, hayotiy rol bilan qat'iyatlilik kabi fazilatlar singdiriladi.


20-25 yosh Yoshlik. Bu balog'at yoshining boshlanishi deb ataladi.
26-64. Yetuklik. Shaxsni shakllantirish jarayoni yosh avlodga g'amxo'rlik qilish bilan tavsiflanadi. Agar bolalar bo'lmasa, u odam boshqalarga yordam berishga e'tibor beradi.Aks holda, shaxs yolg'iz va hayotning ma'nosiz bo'lib, o'rta yoshdagi inqirozni boshdan kechiradi. Ushbu bosqichda, qoida tariqasida, inson allaqachon ma'lum bir maqomga erishgan, tajriba va bilimlarni bolalar va nabiralarga o'tkazish zarurati tug'diradi. Garchi u o'zini rivojlantirishda to'xtamasa ham.
65 yoshdan - keksalikka. Shaxsni rivojlantirishning yakuniy bosqichi. Hayotni qayta ko'rib chiqish yana keladi.
Shuning uchun, xotirjam va mamnun bo'lish juda muhimdir. Buning uchun siz qadr-qimmat bilan yashashingiz, maqsadlaringizga erishishingiz, o'zingizni anglashingiz kerak, shunda keksalik quvonch keltiradi. Shaxsiyatni rivojlantirish bosqichlarini turli mezonlarga ko'ra ko'rib chiqish mumkin, ammo faqat bitta narsa muhim - har doim rivojlanish va oldinga siljish uchun imkoniyat bor.

Ijtimoiylashuv - bu shaxsni shakllantirish jarayoni. U bilan shaxs jamiyatga kiradi, ijtimoiy normalarni, tajribani, qadriyatlarni, ideallarni va rollarni o'zlashtiradi. Shaxs shakllanishining maqsadli jarayoni sharoitida, shuningdek, har qanday tartibga solinmagan hayotiy vaziyatlarda, turli omillar ta'siri ostida ijtimoiylashishi mumkin. Va shaxsning barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni sotsializatsiya deb ataladi.


Ijtimoiylashuv bosqichlari
Shaxsni shakllantirishga quyidagilar kiradi:

Moslashish. Shaxs tug'ilishdan o'spirin yoshigacha jamiyatda o'rnatilgan normalar va qoidalar, usullar, harakatlarni o'zlashtirmoqda. Moslashadi va taqlid qiladi.


Shaxsiylashtirish. Davr o'spirinlikdan erta o'spirinlikgacha davom etadi. Inson ajralib turish yo'llarini izlaydi, ijtimoiy xulq-atvor normalarini tanqid qiladi.
Integratsiya. Qobiliyatlarni eng yaxshi ro'yobga chiqarishga intiladi.
Inson o'z kunlarining oxirigacha shaxs sifatida rivojlanadi. Jamiyatda yashab, u o'ziga xos xulq-atvor usullarini belgilaydigan barqaror shaxsiyat xususiyatlarini (xarakterini) egallaydi.
Shaxsning umumiy barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni chaqaloq hayotining birinchi kunlaridan boshlanadi. Ushbu bosqichda ota-onalar bilan emotsional aloqa bola uchun juda muhimdir, buning natijasida barcha psixologik jarayonlar (bilim, hissiy-irodali) va xususiyatlar (xarakter) rivojlanadi. Shuning uchun, sevgi va muhabbat uning uchun juda muhimdir.
Erta va maktabgacha yoshda bola kattalarni taqlid qilish orqali dunyoni o'rganadi. Shu munosabat bilan xarakter nafaqat tug'ma xususiyatlar asosida, balki o'rganish (o'yin orqali) orqali shakllanadi, so'ngra natijani hissiy jihatdan mustahkamlash (maqtash, tasdiqlash). Bolaning umumiy barqaror shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish jarayoni ijtimoiy muhitda o'tishi kerak. Bu asosiy shart.
Asosiy xarakterli xususiyatlar maktabgacha yoshda paydo bo'ladi. Shu sababli, ota-onalarning vazifasi bolaga imkon qadar ochiq, halol, mehribon va adolatli bo'lishdir. Axir, bola o'zlarini tutish modellarini sinab ko'rgan kattalarni nusxa ko'chiradi.
Bolalik davrida qo'yilgan birinchi xususiyatlar
Bu mehr-oqibat, ta'sirchanlik, aniqlik, mehnatsevarlik, jamoatchilik va boshqalar. Bu erda siz shaxsning barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni chaqaloq uchun ajralmas va hayotiy ahamiyatga ega ekanligini tushunishingiz kerak. Bolaga yordam berish kerak, chunki xarakterning ijobiy xususiyatlari bilan bir qatorda u salbiy xususiyatlarni meros qilib olishi mumkin, masalan, dangasalik, dangasalik, yakkalanish, befarqlik, xudbinlik, befarqlik va boshqalar. Shaxsiyatning umumiy xususiyatlarini shakllantirish jarayoni o'rganish deyiladi.

O'z-o'zini hurmat qilishning paydo bo'lishi


Boshlang'ich maktab yoshida uchraydi. Bu erda shaxsning barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Bola yangi xarakter xususiyatlarini egallaydi va ilgari emlanganlarni sozlash mumkin. Bunday holda mashg'ulotlar darajasi va shartlari muhim ahamiyatga ega.
Qattiq irodali xususiyatlar
O'smirlik davrida shakllangan. Bu erda xarakterning shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan faol axloqiy va axloqiy rivojlanish kuzatiladi. Erta yoshlik davrida xarakterning shakllanishiga quyidagilar ta'sir qiladi.
Shaxsning o'ziga va boshqalarga bo'lgan munosabati.
O'z-o'zini hurmat qilish va o'ziga bo'lgan ishonch.
Ommaviy axborot vositalari, Internet.
Jismoniy rivojlanishning ushbu bosqichida asosiy xarakter xususiyatlari allaqachon shakllangan bo'lib, ularni faqat tuzatish, almashtirish va qisman o'zgartirish mumkin. Shaxsning umumiy barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni sotsializatsiya deb ataladi. Inson o'zini butun hayoti davomida tarbiyalaydi. Shaxs xarakteri xarakterining rivojlanishining qaysi bosqichida bo'lishidan qat'i nazar, jarayonga quyidagilar ta'sir qiladi.
Boshqalarning fikrlari va bayonotlari.
Nufuzli odamlarning tajribasi va namunasi. Kitoblar va filmlarning qahramonlari (harakatlari, ishlari) uchastkalari.
Televizion, ommaviy axborot vositalari.
Mafkura va jamiyat, davlat madaniy rivojlanish darajasi.
Shaxsiyatning ijtimoiy shakllanish jarayoni voyaga etganida to'xtamaydi. U shunchaki ongli ravishda yangi, yuqori darajaga ko'tariladi. Kasbiy sohada, oilada muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun zarur bo'lgan ratsional xususiyatlar birlashtiriladi va boshqalar olinadi. Bular chidamlilik, qat'iyatlilik, qat'iyatlilik, chidamlilik, qat'iyatlilik va boshqalar kabi xususiyatlardir. Shaxs o'z fe'l-atvorini o'zi o'zgartirishi mumkin, asosiysi istak bo'lishi va aytilgan harakatlar va so'zlar uchun javobgar bo'lishi kerak.
Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə