mavzu soat juftlik Motivatsiya va uning turlari. Motivatsiyaning tuzilishi va funksiyalari



Yüklə 67,51 Kb.
səhifə2/13
tarix29.11.2023
ölçüsü67,51 Kb.
#142528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
mavzu soat juftlik Motivatsiya va uning turlari. Motivatsiyaning-fayllar.org

Internet saytlari:


  1. www.wеbofscience.cоm- Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.


  2. www.scopus.cоm – Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.


  3. www.library.ru – Rossiya ilmiy maqolalar indeksi.
  4. www.ziyonet.uz - Axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash bazasi.





Asosiy tushunchalar:


1. Motiv


5. Identifikatsiya motivi


2. Motivatsiya


6. Nazorat funksiyasi


3. Kauzal atributsiya


7. Kasbiy motivatsiya


4. Hokimiyat motivi


8. Estetik motivatsiya.



  1. Inson faolligi, uning shakllari va determinantlari. Extiyoj, motiv va motivatsiyalarni aniqlash.

Psixologik nuqtai nazardan borliq to‘g‘risida mulohaza yuritilganda, tirik mavjudodlarning (oddiy tuzilishga ega bo‘lganidan tortib,to murakkabigacha) tevarak- atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, turli xususiyatli bog‘lanishlarni ta’minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat’i nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib (onglikning mahsuli sifatida), turli-tuman mohiyatli, har xil ko‘rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi, kelib chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma’naviy va boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatining asosiy mexanizmlaridan birinchi bo‘lib, tirik mavjudodlarning o‘z imkoniyati darajasida tashqi olam ta’sirlariga javob qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi.


Borliqdagi jonli mavjudodlarning o‘ziga xos tarzda, muayyan yo‘nalishda, ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. Psixologik manbalarga asoslanib fikr yuritganimizda, ehtiyoj-jonli mavjudod (hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlariga uning shularga tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalanadi.
Insonning faolligi boshqa mavjudodlardan tub darajada ham mohiyat, ham shakl jihatdan tafovutga ega bo‘lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida o‘z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudodlar va hayvonlar o‘zlarining tanasi va uning a’zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o‘z o‘ljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi. Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo‘lsa, bu esa o‘z navbatida, ularning qurshab olgan yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi. Masalan, asalari xatti-harakatining tug‘ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar) yig‘ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish ob’ektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda joylashganligi, mo‘l-ko‘lligi kabilar ham) aks etadi. SHu boisdan mavjudodlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.
Lekin insonlarning faolligi va ularning faolligi manbai hisoblanmish insoniy ehtiyojlar tubdan boshqacha manzaraga ega bo‘lib, biologik shartlanganlikdan tashqari, moddiy va ma’naviy ko‘rinishlardan iboratdir. Odamning ehtiyoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko‘nikma malaka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tabiat tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik ehtiyojni qondiruvchi o‘lja ma’nosini va ahamiyatini yo‘qotadi. Odam boshqa mavjudodlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan tubdan qayta o‘zgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu boisdan odamning o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy tarixiy taraqqiyot darajasi bilan o‘lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan maqsadga yo‘naltirilganligi, ma’lum rejaga asoslangan ijodiy ko‘rinishi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
«Insoniyatga xos bo‘lgan ehtiyojlarning mazmuni, shakli va qondirilishi» usuli ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida rivojlanib, o‘zgarib va takomillashib boradi. Hozirgi zamon kishisining ehtiyojlari va ularning qondirilishi ajdodlarnikidan ham, avlodlarnikidan ham tubdan farqlanadi, lekin etnopsixologik xususiyatlar ta’siri o‘z ahamiyatini etarli darajada yo‘qotmaydi. SHaxsning ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish uni komil inson sifatida kamol toptirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblansa-da, lekin bu uning ustuvor ekanligini bildirmaydi, chunki boshqa ta’sirchan omillar ham mavjuddir. Kamolotga erishishning muhim shart-sharoiti hisoblanmish mehnat insonning ehtiyojiga aylanmasa, u o‘z ehtiyojlarining engil, oson yo‘llar bilan qondirishga harakat qilsa, inqirozga uchraydi. Engil yo‘l bilan o‘z ehtiyojlarini qondirish ijtimoiy qonun va qoidalarga zid xulq-atvor manbaiga aylanishiga, jinoiy xatti-harakat kelib chiqishiga, tekinxo‘rlik illatining namoyon bo‘lishiga zamin hozirlaydi.
Huquqiy, demokratik jamiyat kishisi shaxsini shakllantirishga nisbatan qo‘yilayotgan eng muhim talablardan biri-unda mehnat qilish ehtiyojini, mehnatdan faxrlanish tuyg‘usini va undan lazzatlanish hissini tarkib toptirishdan iboratdir. Mehnatga nisbatan ehtiyojning vujudga kelishi sanoatda va qishloq ho‘jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mehnat qilish sharoitlarini yaxshilash, mehnat faoliyati umumdorligini oshirish,ish vaqtidan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratadi va faqat mehnatdagina o‘z imkoniyatini namoyon etuvchi, bunyodkor, vatanparvar, fidoiy shaxslarni shakllantiradi. Kishilarning iqtisodiy ehtiyojlarini qondiruvchi, ba’zan og‘ir va zerikarli tuyulgan mehnat turi vatanparvar, komil insonlikka intiluvchi shaxs uchun quvonch, qoniqish, hatto rohat-farog‘at his-tuyg‘ularining manbaiga aylanishi mumkin.
Yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunda va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da o‘quvchilar va talabalarning mehnat tarbiyasi va kasbga yo‘naltirilishiga alohida ahamiyat berilgandir. Respublika fuqarolarida ma’naviy ehtiyojlarni vujudga keltirish va shakllantirish istiqlol sharofati bilan muhim ahamiyat kasb etib, ijtimoiy tarbiyaning muhim bo‘g‘iniga aylandi. Huquqiy, demokratik jamiyatning asosiy vazifalaridan biri- insoniy ehtiyojlarni tarkib toptirish, ularni barkamol shaxs kamolotiga yo‘naltirish, ma’naviyatni egallash bilan uzviy bog‘lab amalga oshirishdan iboratdir.
Inson bir davrning o‘zida ham individuallik, ham ijtimoiylikni aks ettirgan bo‘lganligi sababli uning ehtiyojlari shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga egadir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, undagi tor ma’noli shaxsiy xususiyatga ega bo‘lganday tuyg‘u uyg‘otuvchi (tabiat in’omiga aloqador) ehtiyojlarni qondirish jarayoni ham ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mahsuli (dehqonlar, ishchilar, xodimlar va boshqa kasbdagi) odamlarning sa’i-harakati, hamkorlikdagi mehnatining moddiy tarzdagi ifodalanishidan foydalanishida aks etadi.
Ushbu masalaga boshqacha tarzda yondashilsa, unda o‘z ixtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy muhit negizida yaratilgan vositalar va usullardan foydalaniladi, natijada u yoki bu sharoitga nisbatan ehtiyoj his etadi. Masalan, yog‘ochdan boltaga dasta yasash uchun unda xohish mavjudligining o‘zi etarli emas, balki bir qator shart-sharoitlar, dastgoh, duradgorlik asboblari bo‘lishi lozim, uning sifatiga nisbatan ehtiyoj ham tug‘iladi. Xuddi shu boisdan unda o‘z xohish-istaklarini ro‘yobga chiqaradigan talab bilan imkoniyatga qaratilgan ehtiyoj vujudga keladi. Insondagi tor ma’nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi jamoaviy ehtiyojlar yakkaholligiga oid xususiyat kasb etadi. Aytaylik, ma’ruza o‘qishga taklif qilingan o‘qituvchining mashg‘ulotga puxta tayyorgarligi o‘z predmetining o‘ta fidoyisi ekanligi uchun emas, balki jamoa nufuziga dog‘ tushirmaslik mas’uliyati, ijtimoiy burch hissiga nisbatan ehtiyoj sezganligi tufayli amalga oshadi. SHaxsiy ehtiyoj guruhiy, jamoaviy munosabatlar uyg‘unlashib ketganligi sababli o‘zaro qorishiq xususiyatga ega bo‘ladi. Har qanday individual faoliyatga nisbatan ehtiyojning tug‘ilishi ijtimoiy alomat, umumiylik, hamkorlik xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda yaqqahollik umumiylikni, umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto‘xtov aks ettirib turadi.
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o‘z predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiradi.
Odatda o‘zlarni kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajratiladi.
Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya qilish, o‘z avlodi hayotini saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarni ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan asranish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostiga qoldiradi.
Tabiiy ehtiyojlar insonda hayvonot ajdodlarnikiga va ibtidoiy jamoa a’zolarinikiga o‘xshash bo‘lsa-da, lekin ular o‘zining psixologik mohiyatiga ko‘ra mavjudodlarnikidan ham sifat, ham miqdor jihatdan tafovutlanadi. Ehtiyojlarni qondirilish usullari, shakli, quroli tobora takomillashib borishdan tashqari, ularning mohiyati, mazmuni ham o‘zgarib bormoqda, misol uchun hozirgi zamon kishisi eramizdan oldingi ajdodlarimizga nisbatan boshqacha tarzda o‘z ehtiyojlarini ro‘yobga chiqaradi va ularni qondirishga intiladi. Uy ro‘zg‘or buyumlarining o‘zgarishi ehtiyojlarini qondirish yo‘llari takomillashuvidan darak beradi. SHuning uchun insonlarning tabiiy ehtiyojlari ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega, chunki ular ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsulidan iboratdir.
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyatini mahsuli bilan bog‘liqligini ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‘g‘risida mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan uzviy bog‘lanib ketishini ta’kidlab o‘tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob’ektiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-ruzg‘or buyumlar, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bog‘lanish vositalari, madaniy aloqalar o‘rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o‘qish va tajriba orttirish yo‘llari kiradi. Odatda jamiyat ta’lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an’analari, marosimlari, bayramlari, odatlari, rasm-rusumlari, xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtirish jarayonida rang-barang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha ma’no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga etaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, ammo odamda madaniy fazilatlarning shakllanishiga putur etkazadi, uning kamolotini sekinlashtiradi.
Shu narsani ta’kidlab o‘tish joizki, madaniy ehtiyojlar o‘zining darajasiga ko‘ra, jamiyat tomonidan o‘z a’zolari oldiga qo‘yilayotgan talablar bilan bog‘liqligiga binoan, ular o‘zaro bir-birlaridan keskin tafovut qiladi. Masalan, hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga nisbatan tinimsiz izlanishini, ya’ni bilim olish ehtiyojining mohiyatini eng so‘ngi moda bo‘yicha kiyinishga odatlangan xuddi shu yoshdagi tengdoshining ehtiyojlarini bir xil mezon bilan o‘lchash va baholash adolatdan emas. Chunki ehtiyojlarning mohiyatiga, ularni qondirish uchun amalga oshirish ko‘zda tutilgan faoliyat natijasiga, ularning xususiyatiga ijtimoiy yoki individual yo‘nalganligiga binoan, har qaysisi alohida-alohida baholanadi. Ijtimoiy jamiyat tomonidan o‘z fuqarolari oldiga qo‘yilayotgan talablariga, jamiyatning huquq asoslariga, xalq an’analariga, yurish-turish qoidalariga, ma’naviyat va qadriyat tizimiga, maslak va dunyoqarash mohiyatiga mos tushadigan ehtiyojlar yuksak onglilik, ijtimoiy faollik, ma’naviy kamolot uchun xizmat qiladi, jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri bo‘lib madaniy ehtiyojlarni tug‘ilish va ularni qondirilish darajasi va ma’naviyatni egallashdagi roli hisoblanadi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z predmetining xususiyatiga ko‘ra moddiy va ma’naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha ekanligi e’tirof etiladi.
Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyiga ega bo‘lish, maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan bog‘liq madaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviy madaniyatni yaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr mulohazalari va his-tuyg‘ulari bo‘yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishish hamda axborat almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish, mahalliy matbuotni o‘qish, kino va teatr ko‘rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik manaviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi.
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, vujudga kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi chunonchi, kitob, yozuv qog‘ozi va boshqalar.
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirganda yana shu narsaga e’tibor berish kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o‘z predmetiga ko‘ra moddiy guruhga, xuddi shu mezonlar bo‘yicha bir davrning o‘zida madaniy ehtiyojning moddiy yoki ma’naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. SHu tariqa ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti xususiyati bo‘yicha ikki mezonga asoslanib muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyotiga nisbatan va ehtiyojlarning ob’ektiga bo‘lgan munosabatiga binoan, har xil tasniflanadi va xuddi shu mezonlarga ko‘ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi, barqarorligi, doimiyligi, ko‘lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi, individualligi kabi xususiyatlari bilan o‘zaro bir-biridan farqlanadi.
Ehtiyojlar faoliyat va xulq-atvor motivlari bilan jips aloqada bo‘ladi.

Yüklə 67,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə