Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə18/22
tarix08.03.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#84382
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Mavzu

SIFAT SO’Z TURKUMI

  • Narsaning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladigan so‘zlar turkumi sifat deyiladi. Sifat asosan otga bog‘lanadi va uning belgisini aniqlaydi. Masalan: oq ko‘ylak, kuzgi ekin, aqlli qiz, yumshoq non, o‘rtancha o‘g‘il. Bunda belgi bildiruvchi so‘z sifatlovchi, uni boshqarib kelgan ot esa sifatlanmish deyiladi.
  • Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanish mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k qalamning, ko‘k qalamdan kabi. Sifat gapda asosan a) sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Bir ozdan so‘ng yoqimli shamol esa boshladi; b) kesim bo‘lib keladi: Osmon tiniq.
  • Sifat ba’zan fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin. Bunday holda sifat ravish kabi gapda hol vazifasini bajaradi: U do‘stining yuragida kechayotgan tuyg‘ularni yaxshi tushunardi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə