Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə21/22
tarix08.03.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#84382
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Mavzu

Xulosa

  • Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bo`lgan o`zgarishlar tilga ta`sir etmay qo`ymaydi. Mustabid tuzum (sho`ro)davri madaniyatimizga keskin ta`sir o`tkazgan edi.O`zbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga e`tibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi.
  • Yaratilgan darslik, o`quv qo`llanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, so`zlarni turkumlarga ajratishda ham an`ana bo`lgan tamoyillar, miqdor(6ta mustaqil so`z turkumi...) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi so`zlar o`zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo`linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo`lgan tillardagi so`zlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qo`llanish doirasi, o`zaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bo`lmaydi.
  • Qolaversa, so`zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo`lgan yagona bir tamoyil bo`lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so`zlarni turkumlash shu tilda so`zning o`ziga xos ma`nosi, grammatik xususiyati, so`z yasalish tizimi va so`zlarning o`zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so`z turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo`lishi mumkin.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə