Mavzu: Tadbirkor uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar – Mavzu: O’z o’zini band qilish


Ushbu yuqoridagi o‘zgarishlar va Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari to‘g‘risida batafsil quyida tanishishingiz mumkin



Yüklə 41,88 Mb.
səhifə17/22
tarix14.06.2023
ölçüsü41,88 Mb.
#117215
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
tikuvchi biznes ma\'ruza

Ushbu yuqoridagi o‘zgarishlar va Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari to‘g‘risida batafsil quyida tanishishingiz mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-fevraldagi
77-son qaroriga
2-ILOVA

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) vazifalari, faoliyat yo‘nalishlarini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Jamg‘armaning Boshqaruv kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Kengash) hisobot beradi.
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, ushbu Nizom, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) hamda Agentlikning buyruqlariga amal qiladi.
4. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansi, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.

Yüklə 41,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə