Videokonferensiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real
vaqtda ko’radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi.
Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va
tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi.
Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim:
a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari;
b) videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda, muloqotga
chiquvchilar bilan bog’lanish.
Videokonferensiya nima uchun kerak degan savolga quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin. Insonlar kundalik
hayotida olayotgan ma’lumotlarni 80-85% ni ko’rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv ishlari, medisina,
masofaviy ta’lim va boshqa jabhalarda videokonferensiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi
shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish ham vaqt, ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.
Videokonferensiyani tashkil etish uchun qanday qurilmalar kerak ?
Videokonferensiyani amalga oshirishda ISDN, V.35, E1/T1 aloqa kanallaridan va IP tarmoqdan foydalaniladi. ISDN
aloqa kanali 256-512 kbit/s, IP tarmoq 512-1024 kbit/s tezlikka ega bo’lishi tavsiya etiladi. 200 - 300 kbit/s tezlikda
tasvir tiniqligi va almashish o’rtacha holatda bo’ladi. Tasvir va ovozni almashish uchun maxsus videokodeklardan
foydalaniladi. Videokodeklar PCI plata sifatida kompyuterga o’rnatiladi. Videokodeklar jo’natilayotgan
ma’lumotlarni saqlaydi va kodlaydi, qabul qilayotganda esa asl holatiga qaytaradi. Agar aloqa tezligi past bo’lsa
yoki videokodek ma’lumotlarni tahlil qilishda muammolar paydo bo’lsa, u holda tasvirda kadrlar tushib qoladi va
ovoz kanalida uzilishlar paydo bo’ladi. Bu qurilmalardan tashqari videokonferensiyani tashkil etishda quyidagi
qurilmalar lozim bo’ladi:
. Ko’ptugunli videoserverlar (MCU, Multipoint Control Unit). Videoserverlar bir vaqtni o’zida bir necha tugunlarni
o’zaro bir biri bilan bog’lab, tasvir va ovozlarni tez uzatishda qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |