Mavzu: tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat strategiyasini ishlab chiqish


Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar



Yüklə 74,85 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü74,85 Kb.
#156656
1   2   3   4   5
MAVZU

Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar

Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganishdan boshlanadi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:

  1. Bozor xajmi.
    2. Raqobat miqyosi (maxalliy , regional, dunyo).
    3. Bozorning o’sish sur’atlari va uni rivojlanishining qaysi bosqichda ekanligi.

  1. Raqobatchilar soni va ularning xajmi.

  2. Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.

6. Integratsiya qaerga qarab ketayapti?
7. Texnologik o’zgarishlarning yo’nalishi va sur’atlari.
8. Tarmoqqa kirish va undan chiqish osonligi.
9. Raqobatchilarning mahsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.
10. Kompaniyaning ishlab chiqarish xajmi, transportirovka qilish, marketing va reklamani tashkil qilishda tejamkorlikka erishish imkonining borligi.
11. Tarmoqdagi «o’qitish / tajriba» egri chizig’i ijobiy tendentsiyaga egami?
12. Tarmoqqa zarur bo’lgan kapital sarmoyalar qo’yilyaptimi?
13. Tarmoqdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasidan pastmi yoki yuqorimi?
Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha sohaning «portretini» to’zib, so’ng uni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko’rsatkichlarning strategik jixatdan muximligiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Agar firma yoki kompaniya o’z raqiblarining xatti harakatlarini kuzatib bormasa u ko’zini boglab olib raqobatlashmoqchi bo’lgan hisoblanadi. Xuddi shaxmatdagidek raqobat kurashida ham raqibining keyingi yurishini oldindan ko’ra bilish bebaho ahamiyatga egadir. Agar raqibining keyingi qadamini 49 bilmasa, kompaniya G`alaba qozonolmaydi. Bu boradagi raqobat kurashi quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
1-Raqiblar strategiyasini aniqlash. Buning uchun raqib kompaniya faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari , uning bozordagi mavqei , strategik maqsadlari raqobat strategiyasi o’rganiladi.
2-Kelajakda tarmoqning yetakchisi bo‘lishi o‘ki yetakchi bo‘lgan firmalarni aniqlash. Buning uchun har bir firmaning potensial imkoniyatlarini o’rganib ularning ichidan boshqalardan o’zib ketish o’ki o’zib bo’lgan firmalar belgilanadi. Kelajakda qaysi firmalar o’z mavqeini yo’qotadi, qaysi biri yetakchi bo’lishi mumkinligini to’g’ri belgilash firmaning strategiyasini tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi.
3-Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko‘ra bilish. Agressiv raqib odatda qandaydir yangi strategik qadam qo’yadi. O’zining bozordagi mavqeidan qanoatlanadigan firmalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz firmalarning ahvoli shuqadar yomon bo’ladi-ki, ular yaxshi o’ylanmagan bo’lsa ham hujumga o’tishga majbur bo’ladilar.
Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o’sha kompaniyadagi vaziyatni rahbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib haqida axborot yig’ishga qaratilgan razvedka faoliyati uning harakatlarini oldindan bilish va samarali qarshi choralar ko’rish imkonini beradi.
Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO) - muayyan tarmoqdagi moliyaviy va raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillaridir. Ularni aniqlash - strategiya ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Ular strategiyani ishlab chiqishda hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin, biroq ular turli tarmoqlarda turlicha bo’ladi. Odatda bir tarmoqqa shunga o’xshash uch-to’rtta omil xarakterli bo’lib, ularning bir-ikkitasi eng muhimi bo’lib, tahlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo’ladi.
Quyida MAOning turlari va ularning tarkibiy qismlari sanab o’tilgan:
1. Texnologiyaga bog’liq omillar:
- ilmiy tadqiqotlarning saviyasi;
- ishlab chiqarish jarayonlarda innovatsiyalarga qodirlik;
- mahsulotda innovatsiyalarga qodirlik;
- mazkur texnologiyada ekspertlarning roli.
2. Ishlab chiqarish bilan bog’liq omillar:
- kam xarajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chiqarish ko’lamidan tejash, to’plangan tajriba samarasi);
- ishlab chiqarish sifati;
- yuqori fond qaytimi;
- ishlab chiqarish xarajatlarning kam bo’lishi, kafolatlanadigan holda joylashtirilishi;
- tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta‟minlash,
- yuqori mexnat unumdorligi (ayniqsa ko’p mehnat talab qiladigan sohalarda);
- arzon loyihalashtirish va texnik ta‟minot;
- ishlab chiqarishning model va o’lchamlarning o’zgarishiga moslashuvchanligi.
3. Taqsimlash bilan bog’liq omillar:
- distribyutorlar/dilerlarning qudratli tarmog’i;
- chakana savdodan tushadigan daromadlar extimoli;
- kompaniyaning o’z tarmog’i;
- tez yetkazib berish.
4. Marketing bilan bog’liq omillar:
- savdoning yaxshi sinalgan, tekshirilgan usuli;
- qulay, arzon servis va texnik xizmat ko’rsatish;
- harid talablarini aniq qondirilishi;
- tovarlar diapazonining kengligi;
- tijorat san‟ati;
- jozibali dizayn va upakovka ;
- xaridorlar uchun kafolatlar.
5. Malakaga bog’liq omillar:
- noyob iste‟dodlar;
- sifatni nazorat qilish «nou-xau»si;
- loyihalash sohasidagi ekspertlar;
- texnologiya sohasidagi ekspertlar;
- aniq va sodda reklama qilish qobiliyati;
- ITTKI bosqichida ishlab chiqarish natijasida yangi mahsulotlarni hosil qilish va ularni tez bozorga olib chiqa olish.
6. Tashkilotning imkoniyatlariga bog’liq omillar:
- oliy darajadagi axborot tizimlari;
- o’zgarib turgan bozor sharoitlariga tez moslasha olish qobiliyati;
- boshqaruv mahorati va boshqaruv sohasidagi «nou-xau»larning mavjudligi.
7. MAOning boshqa turlari:
- ijobiy imidj va obro’;
- o’zini peshqadam deb xis qilish;
- qulay joylashuv;
- xushmuomala va muloyim xizmat ko’rsatish;
- patent himoyasi;
- umumiy xarajatlarning kamligi.
Bundan tashqari, tarmoqning jozibadorligiga umumiy baho berish lozim («Menejment asoslari» kursiga qarang) Muvaffaqiyatning kalit omillari (M.K.O)-bu raqobatbardosh bo’lish va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun firma ta‟minlashi lozim bo„lgan raqobat imkoniyatlari va faoliyat natijalaridir. M.K.O shunday omillarki, ularga firma alohida e‟tibor berishi kerak, chunki ular firmaning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Masalan: pivo sanoatida ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq bandligini ta‟minlash shunday omilga kiradi. (bu ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib beradi) M.K.O har bir tarmoqda o’ziga xos xususiyatga, ko’rinishga ega bo’ladi. Ayrim tarmoqlarda MKOlar 3-4ta bo’lishi mumkin, lekin xal qiluvchi ahamiyatga 1 yoki 2 tasi ega bo’ladi.
Tarmoq va undagi raqobat tahlilining pirovardida tarmoqning jozibadorligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi:
A-tarmoqning o’sish imkoniyatlari
B-harakatlantiruvchi kuchlarning tarmoqqa ijobiy yoki salbiy ta‟sir ko„rsatishi:
V-Tarmoqqa yirik firmalarning kirish (chiqish) imkoniyatlari:
G-Talabning barqarorligi:
D-Raqobat kuchlari ta‟sirining kuchayishi yoki zaiflashishi:
E-Tarmoq oldida turgan muammolarning jiddiyligi:
J-Tavakkalchilik va noaniqlik darajasi:
Z-Raqobat natijasida tarmoqdagi daromad darajasining pasayishi yoki ko’tarilishi.




  1. Yüklə 74,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə