Mavzu: tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat strategiyasini ishlab chiqish


Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari



Yüklə 74,85 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü74,85 Kb.
#156656
1   2   3   4   5
MAVZU

Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari

Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil 2 yo’nalishda olib boriladi:
1-Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
2-Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo’yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar xajmi xam xar xil bo’ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab xam o’sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo’ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda aloxida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar va raqobat kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7 ta savolga javob topish lozim:

  1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.

  2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.

  3. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.

  4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif ixatlari.

  5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.

  6. Raqobat qaysi yo’nalishda borishini kim belgilaydi?

  7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi

Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bo’lgan va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy etibor strategiyaga oid bir qator muxim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti‑harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullari kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug’gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuxitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda Korxonaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) o’rganiladi. Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik tahlilining mantiqiy yechimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. SHunday qilib, ushbu tahlil strategik rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.
Bozordagi vaziyat tez-tez o’ztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi firmalarni o’z siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta‟sir qiladigan kuchlar raqobatni harakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni tahlil qilish 2 bosqichdan iborat:
1. Harakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash.
2. Ushbu kuchlar ta‟sirini aniqlash.
Bozorda eng ko’p uchraydigan harakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat:
 Iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tendensiyalaridagi o’zgarish:
 Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o’zgarishi:
 Yangi mahsulotlarni joriy qilish:
 Texnologik o’zgarishlar:
 Marketing tizimidagi o’zgarishlar:
 Yirik firmalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:
 NOU XAU ni tarqalishi:
 Tarmoqlar globallashuvining o’sishi:
 Unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi:
 Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi
 Davlat qonunchiligi va siyosatidagi o’zgarishlarning ta‟siri
Ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi:
 Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta‟sirining kamayishi:
Tarmoqdagi raqobat tarkibini o’rganishdagi keyingi qadam - bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o’rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi firmalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruhlar kartasini tuzishdir.
Strategik guruhlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan firmalarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy usul tarmoqning umumiy tahlili va har bir firmaning bozordagi mavqeini bir biriga bog’laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan barcha kompaniya va firmalar strategik guruhlarga bo’linadi. Strategik guruhlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo’lgan firmalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta bo’lsa strategik guruhlar soni ham shuncha bo’ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning har biri o’zining raqobat usuliga va bozorda o’z mavqeiga ega bo’lishi lozim.
Strategik guruhlar kartasini- tuzish tartibi quyidagicha:
Tarmoqdagi firmalarning bir biridan farqlantiruvchi belgilari aniqlanadi.
Kartaning o’qlari bo’ylab turli xarakteristikalarni juftligi tushiriladi.
Kartaga firmalar 2 o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga asosan joylashtiriladi.
Bitta strategik zonaga kirgan firmalar strategik guruhga birlashtiriladi.
Har bir strategik guruh atrofida aylana chiziladi. Aylananing diametri har bir strategik guruhning bozordagi o’rniga proporsional bo’ladi. Ana shu ko’rsatkichlardan foydalanib strategik guruhlarning 2 o’lchamli kartasini tuzish mumkin.
Strategik guruhlar xaritasini tuzish va firmalarni u yoki bu guruh tarkibiga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Tarmoqdagi firmalarni bir-biridan farqlovchi raqobatli xarakteristikalar aniqlanadi ( narx, sifat, faoliyat geografiyasi, integratsiya darajasi, mahsulot nomenklaturasi va hokazo).
2. Firmalarning holati ikki chiziqli chizmaga joylashtiriladi (tanlab olingan xususiyatlari bo’yicha).
3. Bir strategik sohaga to’gri keladigan firmalar aniqlanadi.
4. Har bir guruhning tarmoqdagi umumiy savdo hajmidagi ulushi aniqlanadi. Shunday qilib, tarmoqni strategik guruhlashning yuqorida aytib utilgan ikki o’lchovli xaritasi yasaladi.
Agar jiddiy tafovutlar ikkitadan ortiq bo’lmasa, bir necha xarita tuzish maqsadga muvofiqdir.
Turli strategik guruhlar bir-biriga qanchalik yaqin joylashgan bulsa, ular urtasidagi raqobat shunchalik kuchli bo’ladi. Eng yaqin raqobatchilarning fe‟l-atvorini urganish muhimdir. Raqobatchilarning strategiyasini, ularning kelgusida qanday yul tutishini bilmay turib, ular bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish mumkin emas. Raqobatchilar nima qilmoqda va nima qilmoqchi - bu savollarga javob topish kompaniyaning strategik faoliyati uchun nixoyatda muhimdir, aks holda u har doim mudofaa pozitsiyasida bulishga majbur bo’ladi.
Raqobatchilarning strategiyalari 3.2-jadval yordamida aniqlanadi. Odatda, raqobatchilarning maqsadlari va strategiyalari haqidagi ma‟lumotlarni ushbu jadval yordamida umumlashtirish muayyan raqobatchilik xatarlari va pozitsiyalarini baholash uchun yetarlidir.
Firmalarning raqobatdagi kelgusi pozitsiyalarini baholash uchun e‟tiborni ularning bozordagi uz ahvolini yaxshilash imkoniyatlariga qaratish lozim. Agressiv raqobatchilar yangi strategik tashabbuslar manbaidirlar. O’z maqsadiga erishgan raqobatchilar uzlarining hozirgi strategiyasini amalga oshirishda davom etadilar. Bezovta va moliyaviy jihatdan og’ir ahvolda qolgan raqiblar hujumchi yoki mudofaachi sifatida yangi-yangi strategik xatti-harakatlarga utishlari mumkin. SHu munosabat bilan uzingizni ushbu kompaniya menejerlarining urniga qo’yib kurishingiz va ularning qanday yul tutishlarini muloxaza qilib kurishingiz mumkin.



  1. Yüklə 74,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə