Mavzu: Tayanch-harakat tizimi. Anatomiyasi. Kasalliklari Reja: Tayanch harakatlanish sistemasi

Yüklə 1,91 Mb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#159072
1   2   3   4
Gulasal tibbiy bilim

Umurtqa halqasimon suyakdan iborat bo'lib, oldingi - tana qismi yo'g'onlashgan, orqa qismi ingichka yoysimon bo'ladi. Umurtqaning tanasi bilan yoyi qo'shilib umurtqa teshigini hosil qiJadi. Umurtqalarning orasida tog'aydan iborat umurtqa oraliq dis¬klar bo'ladi. Umurtqalarning bir-biri bilan tutashishi natijasida umurtqa pog'onasi kanali hosil bo'ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi.

Ko'krak qafasi suyaklariga 12 ta ko'krak umurtqasi, 12 juft qovurg'alar va to'sh suyagi kiradi (4- rasm). Bularning bir-biri bilan birikishi natijasida ko'krak qafasi hosil bo'lib, unda odam hayoti uchun muhim bo'lgan ichki organlar joylashadi.

Qo'l suyaklari. Qo'l suyaklari ikki qismga: yelka kamari suyak¬lari va qo'lning erkin suyaklariga bo'linadi (5- rasm). Yelka kamari suyaklariga kurak va o'mrov suyaklari kiradi. Kurak suyagi uchburchak shakldagi yassi suyak bo'lib, ichki botiq yuzasi bilan ko'krak qafasining 2-7- qovurg'alari ustiga yopishgan bo'ladi. urakning tashqi burchagida bo'g'im yuzasi bo'lib, u yelka suyagi bilan birikishga moslashgan. O'mrov suyagi ichki tomondan to'sh suyagiga, tashqi tomondan kurak suyagiga birikadi. U yelka bo'g'imining harakatlarida muhim ahamiyatga ega.

Qo'lning erkin suyaklariga yelka, bilak panja suyaklari kiradi. Yelka suyagi uzun naysimon shaklda bo'lib, uning yuqorigi uchi kurak suyagi bilan birikib, yelka bo'g'imini, pastki uchi esa bilak¬tirsak suyaklari bilan birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə