Mаvzu: Texnikaviy nivelirlash



Yüklə 14,09 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü14,09 Kb.
#156202
15Mаvzu


Mаvzu: Texnikaviy nivelirlash.
Rеjа:
1. Texnik nivelirlashdagi ish tartibi
2. Geometrik nivelirlash, nivelirlash natijalarini nazorat qilish usullari.
3. Texnikaviy nivelirlashni bajarish.
Temir, avtomobil yo'llari, kanal, tonnel, elektr tarmoqlari va suv o'tkazish trubalarini loyihalashda texnik nivelirlash bajariladi.Joyda trassani tanlash va mahkamlash.
Chiziqli inshootlarning loyiha o'qini karta yoki planga loyihalash trassalash deyiladi. Dala ishlaridan oldin trassa loyihasi kartaga tushiriladi. Undan keyin rekognossirovka va joyda trassaning yo'nalishi tanlanadi.Butun trassa boshlanishidan oxirigacha 100 m bo'laklarga bo'lib chiqiladi. Har bir bo'lakning oxiriga qoziqning boshi 1-2 sm qoldirib qoqiladi. Bu nuqtalar piketlar deyiladi. Qoziqning yoniga qorovul qoziq qoqib, piket nomeri yozib qo'yiladi. Trassaning boshlanishi о nomcrli piketdan boshlanadi.Shunday qilib piketning har bir raqami trassa boshidan shu piketgacha piket nomerini 100 m ko'paytirilgan ekanligini ko'rsatadi. Joyning egri qismida piketlar orasiga oraliq nuqtalar belgilanib qoziq qoqiladi va orqangi piketdan necha metr ekanligi yozib qo'yiladi, masalan, nuqtada PK7+35 deb yozib qo'yilgan bo'lsa, u nuqta 7 va 8-piket orasida joylashgan bo'lib 7-piketdan 35 m masofada ekanligini bildiradi.Piketajlarni rejalash va trassani planga olish bilan birga qattiq muqovali piketaj daftarchasi olib boriladi . Piketaj daftariga joyni planga olish natijasi, trassani kesib o'tuvchi yo'l, daryo va boshqa konturlar tushiriladi. Trassaning qayrilish burchagi, burchak uchi strelka bilan ko'rsatiladi. Nivelirlash jarayoni. Nivelirlash trassani davlat balandlik to'ri reperli yoki markaziga bog'lashdan boshlanadi. Ishonchli tekshirishini amalga oshirish uchun trassaning oxirgi nuqtasini birorta tayanch nuqtaga bog'lash kerak. O‘rtadan nivelirlashda nivelirlanayotgan nuqtalarga tik qilib reykalar o‘rnatiladi, reykalar oralig‘iga esa nivelir o‘rnatiladi. Nivelir ish holatiga keltiriladi, qarash trubasi oldin keyingi reykaga vizirlanib, reykadan a sanoq olinadi, so‘ngra oldingi reykaga qaratiladi va v sanoq olinadi. SHunda V nuktani A nuktaga nisbatan balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi:
hAB = a – b
O‘rtadan nivelirlashda nisbiy balandlik keyingi reykadan olingan sanoq bilan oldingi reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo‘ladi. Texnikaviy nivelirlashni bajarish.
O‘rtadan turib nivelirlashda ikkinchi nuktaning absolyut balandligini nisbiy balandlik bo‘yicha hisoblashda Hi = HA + i
Asbob gorizonti bo‘yicha hisoblashda esa HB = Hi -b bo‘ladi.
Asbob gorizonti esa Hi = HA + a bo‘ladi.
Geometrik nivelirlashda asosan o‘rtadan nivelirlash qo‘llaniladi. O‘rtadan nivelirlash mumkin bo‘lmagandagina oldinga nivelirlash metodi ishlatiladi. Oldinga nivelirlashning kamchiligi shundan iboratki, nishab joyning nisbiy balandligi nivelir balandligi bilan reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo‘lganligidan bunda faqat asbob balandligiga teng bo‘lgan nisbiy balandliknigina o‘lchash mumkin.
Bundan tashqari, oldinga nivelirlashda har bir stansiyada asbob balandligini aniq o‘lchash zarur bo‘lganligidan ish ancha qiyinlashadi va mexnat ko‘p sarf bo‘ladi.
O‘rtadan nivelirlashning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
a) har bir stansiyada reyka balandligiga teng bo‘lgan nisbiy balandlikni, ya’ni oldinga nivelirlashdagiga nisbatan kattaroq nisbiy balandlikni o‘lchash mumkin; b) har bir stansiyada nivelir balandligini o‘lchashning hojati yo‘q;v) nivelirning qarash trubasi nivelir bilan reyka orasidagi masofani kattalashtirib ko‘rsatganligidan oldindan nivelirlashdagiga qaraganda ikki barobar uzunroq masofani nivelirlash mumkin.
g) asbob ikki nuqta o‘rtasiga o‘rnatilganligidan yer egriligining va atmosfera refraksiyasining ta’siri juda kamayadi; d) asbob nivelirlanayotgan ikki nuqtaning qoq o‘rtasiga o‘rnatilganda asbob vizir o‘qining gorizontal emasligi natijasida ro‘y beradigan xatoning ta’siri bo‘lmay Bu o‘rtadan nivelirlashning asosiy afzalligi bo‘lib hisoblanadi.
O‘lchov asboblarining ishidagi xatoni butunlay yo‘qotib bo‘lmagani singari, qanchalik sinchiklab tekshirilmasin, nivelirning vizir o‘qini ham mutlaqo gorizontal holatga keltirib bo‘lmaydi. SHu tufayli oldinga nivelirlashda reykadan b sanoq emas, sal noto‘g‘riroq sanok b1sanoq olinishi mumkin.
Bu xato nisbiy balandlikni aniqlash natijasiga ta’sir qiladi. Oldinga nivelirlashda xato D ni yo‘qotib bo‘lmaydi. O‘rtadan nivelirlashda o‘lchash natijasiga bu xato deyarli ta’sir etmaydi. Masalan, qarash trubasi orqadagi reykaga vizirlanib sanoq olinganda ro‘y bergan xato tufayli a sanoq o‘rniga a1 = a + D sanoq, oldindagi reykaga qarab sanoq olinganda esa v o‘rniga b1 =b + D sanoq olinadi.
SHu sanoqlardan nisbiy balandlik hisoblab chiqariladi.h = a’ – b’ a’ va b’ lar o‘rniga ularning qiymati qo‘yilsa
h =(a + D) – (b + D)vah = a + D – b – D, yoki h = a – b bo‘ladi.
SHunday qilib, o‘rtadan nivelirlashda asbobning vizir o‘qi aniq gorizontal bo‘lmaganligi sababli reykalardan sanoqlar olingandagi xato bir-biriga teng bo‘ladi, ya’ni har ikkala reykadan olingan sanoqlar bir xil miqdorga o‘zgaradi. Natijada ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik to‘g‘ri aniklanadi.
Yüklə 14,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə