Mavzu: Tijorat banklarida mijozlarning joriy hisob raqamlarini ochish va yuritish tartibi. Reja


Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo`linishi



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə3/7
tarix23.02.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#101377
1   2   3   4   5   6   7
bank va pul

Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo`linishi
mumkin.
1.Tayyorgarlik bosqichi.
Bu davrda bank muassislari o`rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo`shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta`sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta`sischilar o`rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida ta`sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, O`zbekiston Respublikasi «Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida»gi Qonunning 3-moddasi) aktsiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro`yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo`ladilar.
2. Bankni davlat ro`yxatidan o`tkazish bosqichi.
Bu bosqich uch davrni o`z ichiga oladi: Bank ochish haqidagi ariza bilan O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak:
-yangi tashkil etilayotgan bankni ta`sis etish bo`yicha xujjat;
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta`sis shartnomasi. Ta`sis etuvchilar jismoniy shaxs bo`lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;
-muassis aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi;
-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o`z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta`sis yig’ilishining bayonnomasi. Qayd etib o`tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma`qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi.
Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash. Tijorat banklarining tashqiliy tuzilishi.
Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funktsiyasini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish
- banklar xisobotlarini tekshirish ,joylarda tekshirishlar utkazish,
- bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni
nazorat qilish.
Bank faoliyatini olib borishga litsenziya ( ruxsat) berish orkali markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini aniklaydi. Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish, ichki audit xolatiga baxo berish xuquqiga ega. Bunda avvolom bor tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va kimmatbaxo qog’ozlar holati, banklarning likvidliligi va barqarorligi tekshiriladi.
Tekshirish utkazishdan asosiy maksad:
-bankning moliyaviy xolatiga obektiv baxo berish,
-bankni boshkarish sifatiga va uning raxbari faoliyatiga baxo
berish,
-bankning moliyaviy axvolini va uning bagkaradigan operatsiyalarining samaradorligini ta`minlash bo`yicha choralar ishlab chiqish, -bank faoliyatining mavjud konunlar va normativ xujjatlarga muvofik olib borilishini ta`minlash va boshkalardan iborat. Markaziy bank yana tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalarining norma bo`yicha bajarilishini nazorat qilib boradi Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaro
munosabatlar o`rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo`lgan mablag’lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. Shu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi.

Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə