Mavzu: to’G’ri chiziq proyeksiyalari to’G’ri chiziq izlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/3
tarix13.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#127665
1   2   3
MAVZU TO’G’RI CHIZIQ PROYEKSIYALARI . TO’G’RI CHIZIQ IZLARI

a) b)
3.13-rasm



3.14-rasm
To’g’ri chiziqning profil izini yasash uchun: (3.14-rasm):

  • Uning frontal proyeksiyasini Oz o’qi bilan kesishguncha davom ettiriladi.

  • Hosil bo’lgan nuqtadan Oz ga perpendikulyar chiqariladi.

  • To’g’ri chiziqning gorizontal proyeksiyasi Oy o’qi bilan kesishguncha davom ettiriladi.

  • Hosil bo’lgan nuqtadan y o’qiga perpendikulyar chiqariladi.

  • Ikki perpendikulyarning o’zaro kesishish nuqtasi a to’g’ri chiziqning profil izi va shu izning profil proyeksiyasi ham bo’ladi.

3.5–§. Umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligini va proyeksiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchaklarini aniqlash


Umumiy vaziyatda joylashgan to’g’ri chiziq kesmasining proyeksiyalari orqali uning haqiqiy o’lchamini aniqlash va proyeksiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchaklarini aniqlash masalasi amaliyotda ko’p uchraydi.
AB to’g’ri chiziq kesmasi hamda uning H, V va W tekisliklardagi proyeksiyalari berilgan bo’lsin (3.15-a,rasm). Kesmaning A nuqtasidan AE||A'B" to’g’ri chiziq o’tkaziladi va to’g’ri burchakli ABE ni hosil qilinadi. Bunda BE=BB'-AA; bu yerda AA' =EB' bo’lgani uchun BE=BB'-EB =z bo’ladi.
To’g’ri burchakli ABE uchburchakning AB gipotenuzasi AE katet bilan  burchak hosil qiladi. Bu burchak AB kesmaning H tekislik bilan hosil qilgan burchagi bo’ladi.

a) b)
3.15-rasm

To’g’ri chiziq kesmasining V proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan  burchagini aniqlash uchun to’g’ri burchakli ABF uchburchakdan foydalanamiz. Bu uchburchakning BF kateti AB kesmasining frontal proyeksiyasi A"B" ga, ikkinchi AF kateti uning A va B uchlarining V tekislikdan uzoqliklarining ayirmasiga teng bo’ladi. Bunda AF=AA"-BB", bo’lib, BB" =FA" bo’lgani uchun AF=AA" -FA" =y bo’ladi.


To’g’ri burchakli ABF ning AB gipotenuzasi BF katet bilan hosil qilgan  burchak AB kesmaning V tekislik hosil qilgan burchagi bo’ladi.
3.15-b, rasmda AB kesmaning W tekislik bilan hosil qilgan  burchagini aniqlash ko’rsatilgan. Bu burchakni aniqlash uchun to’g’ri burchakli ABN dan foydalanamiz. Bu uchburchakning BN kateti AB kesmasining profil a'"B'" proyeksiyasiga, ikkinchi AN kateti A va B uchlarining W tekislikdan uzoqliklari ayirmasiga teng bo’ladi.
Kesmaning berilgan proyeksiyalari orqali haqiqiy uzunligi va proyeksiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchaklarini aniqlashning bu usuli to’g’ri burchakli uchburchak usuli deb yuritiladi.
Masalan, AB kesmaning A'B',A"B" va A'"B'" proyeksiyalarga asosan uning (3.16-a, shakl) haqiqiy o’lchami va H bilan hosil qilgan  burchagini aniqlash uchun to’g’ri burchakli A'B'B0 uchburchak yasaladi. Bu uchburchakning bir kateti kesmaning gorizontal proyeksiyasiga, ikkinchi kateti esa kesmaning A va B uchlarining applikatalari ayirmasi z ga teng bo’ladi. Bu uchburchakning A'B0 gipotenuzasi AB kesmaning haqiqiy o’lchami, A'B0=AB bo’lib, B'A'B0= bo’ladi.
Kesmaning V tekislik bilan hosil qilgan  burchagini aniqlash uchun to’g’ri burchakli A"B"A0 ni yasaladi. Bu uchburchakning bir kateti kesmaning frontal A"B" proyeksiyasiga, ikkinchi kateti esa AB kesma uchlari ordinatalari ayirmasi y ga teng bo’ladi. Hosil bo’lgan BA0=AB bo’lib, A"B"A0= bo’ladi.

a) b)
3.16-rasm

3.16-rasmda AB kesmaning haqiqiy o’lchami va uning W tekislik bilan hosil etgan burchagini aniqlash ko’rsatilgan.




Foydalanilgan adabiyotlar
3. Jumayev M va boshqalar. «Geometriya o`qitish metodikasidan
praktikum» Toshkent : «O‘qituvchi»- 2004 yil.
4. WWW.ziyonet.uz
5. WWW.edu.uz
Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə