Mavzu: tokarlik stanoklari


Stanokning xarakteristikasi



Yüklə 440 Kb.
səhifə10/14
tarix11.04.2022
ölçüsü440 Kb.
#85277
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-MAVZU TOKARLIK STANOKLARI

Stanokning xarakteristikasi. Markazlari balandligi 260 mm; markazlari orasidagi masofasi 710 mm; zatilovkalanadigan detallarning staninadan tepadagi maksimal diametri 18 mm; shpindelning aylanish chastotalari 2,7 — 64 ayl/min; teskari aylanishda 8,1 — 192 ayl/min; surishlar qiymati 0,1 — 1 mm/ayl; zatilovkalashning eng katta uzunligi 550 mm; stanokning о‘lchamlari 2800X 1390X 1810 mm.

Ishlash prinsipi. Zatilovka qilinadigan asbob opravkaga о‘rnatilib, stanokning markazlariga mahkamlanadi va unga kesish tezligiga teng tezlikda aylanma harakat beriladi. Kesuvchi asbob zatilovkalash supportiga о‘rnatiladi, bu supportga esa markazlar о‘qiga perpendikulyar yо‘nalishda ilgarilama-qaytar harakat (zagotovkaning aylanishiga monand zatilovkalash harakati) va stanina yо‘naltiruvchilari bо‘ylab bо‘ylama siljish harakati beriladi.

Silindrik frezalarni zatilovkalashda supportga bо‘ylama siljish harakati surish validan, chervyak frezalarni zatilovkalashda esa surish vintidan beriladi. Diskaviy frezalarni zatilovkalashda supportning bо‘ylama siljishi bо‘lmaydi.


Yüklə 440 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə