Mavzu: Turli bozor ko‘rinishlarida narxlarning shakllanishi reja: kirish



Yüklə 97,76 Kb.
səhifə9/13
tarix30.12.2023
ölçüsü97,76 Kb.
#167071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Мустақил таълим мавзуси

Iqtisodiy resurslar taklifi. Resurslarning jami taklifi muayyan bir davrda tamoman aniq bo‘ladi. Masalan, ma’lum bir yilda ish kuchi «A» mln kishi, sug‘oriladigan er «B» mln ga va hokazo. Respublikamizda qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometr, ko‘mir 2 mlrd tonna, 4,28 mln ga sug‘oriladigan er maydoni mavjud. Albatta, resurslar miqdori keskin bo‘lmasa-da, o‘zgarishlarga uchraydi. Shubhasiz, ko‘plab tabiiy resurslar cheklangan. Biroq, bu bilan ular qat’iy, o‘zgarmas degan ma’no bermaydi. Yangi konlar qidirib topilib ishga solinadi. Respublikamizda 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga umumiy mineral xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanmoqda. Demak, ular ishga tushirilgach taklif ham o‘zgaradi. Erning taklifini ham irrigatsiya, melioratsiya va boshqa tadbirlar bilan ko‘paytirish mumkin. Mehnat resurslari ham cheklangan bo‘lsa-da, qator omillar tufayli o‘zgaradi. Mehnat taklifini aholining mehnatga layoqatli qismi cheklaydi. Ammo ish haqi, ish kuni, ish haftasi uzunligi, mehnat sharoiti va boshqalarga qarab mehnat taklifi ham o‘zgaradi. Shunday qilib, resurslar taklifini ko‘paytirish mumkin. Lekin ma’lum bir davr mobaynida mavjud imkoniyat darajasida resurslar doimo cheklangan. Resurslar taklifini ehtiyojlar o‘sishiga ko‘ra ko‘paytirib bo‘lmaydi.
Taklif elas - Iqtisodchilar iqtisodiy nazariyaga talab tikligi elastikligi kabi taklif elastikligi tushunchasini ham kiritishgan. U tovar miqdorining o‘zgarishi raqobatli narxlarning qanday o‘zgarishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Talab elastikligi narxning tebranishiga xaridorning reaktsiyasini ko‘rsatsa, taklif elastikligi esa ishlab chiqaruvchining reaktsiya-sini ko‘rsatadi. U taklif miqdorining nisbiy o‘zgarishi narxning nisbiy o‘zgarishiga nisbati sifatida hisoblanadi.
Masalan, muzqaymoq 100 so‘m bo‘lsa, taklifi 25 dona deylik. Uning narxi 150 so‘mgacha ko‘tarildi, lekin taklif 25 donadan ortmadi. U holda taklif elastikligi 25/25: 150/100 = 1/1,5 = 0,66; E=0,66; Bunday taklif noelastik taklif bo‘ladi. Muzqaymoqning narxi ko‘tarilib 200 so‘m bo‘lsa, bozorga endi 50 dona keltirilsa, 50/25: 200/100 = 2/2 = 1; E=1; Taklif yagona elastik. Agarda muzqaymoq narxi 150 so‘mga ko‘tarilib, sotishga 75 dona keltirilsa, E>1 bo‘ladi. Chunki: 75/50 : 150/100 = 3/1,5 = 2; E= 2; Taklif elastik.
Agar taklif narxning har qanday o‘zgarishidan qat’i nazar o‘zgarmasa qat’iy elastik taklif bo‘ladi. Asosan, noyob buyumlar taklifi elastikligi shunday bo‘ladi. Taklif elastikligi talab elastikligiga o‘xshab umumiy tushum bo‘yicha hisoblanmaydi. Sababi narx bilan taklif o‘rtasidagi bog‘lanish to‘g‘ri proportsional bo‘lgani uchun taklifning elastik yoki noe-lastiklik darajasidan qat’i nazar narx bilan umumiy tushum (daromad) bir yo‘nalishda bo‘ladi. Agarda narxning ozgina o‘zgarishi uni qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi taklifni haddan ziyod ko‘payishiga yoki aksincha, qisqarishiga olib kelsa, bunday taklif absolyut elastik taklif bo‘ladi. Har ikkisining o‘rtasida, ya’ni qat’iy elastik taklif bilan absolyut elastik taklif o‘rtasida tutgan o‘rniga qarab, taklif elastik yoki noelastik bo‘ladi. Elastiklik koeffitsienti birdan qancha kichik bo‘lishiga ko‘ra noelastik taklif qat’iy elastiklik tomon, aksincha, birdan qancha katta bo‘lsa, elastiklik yuqori bo‘lib, absolyut elastiklikka yaqinlasha boradi. Uni yuqoridagi misolimiz asosida grafikda tasvirlasak yuqoridagi ko‘rinishda bo‘ladi. Taklif elastikligiga ta’sir qiladigan eng muhim omil bu vaqt omilidir. U ishlab chiqaruvchilarni narx o‘zgarishiga moslashish imkonini beradi.

Yüklə 97,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə