Mavzu: “Uzluksiz ma’naviy tarbiya printsiplari. Jahon tarbiya kontseptsiyalarining tarbiya jarayonidagi ahamiyati”



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#162379
  1   2   3   4
2-mavzu Tarbiyaviy ishlarni boshqarish qo\'shimcha



Mavzu: “Jahon tarbiya kontseptsiyalarining
tarbiya jarayonidagi ahamiyati”
O ’ q i t u v c h i :
S h . I . M u s u r m o n o v a
G u l i s t o n - 2 0 2 2


Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek
“Bizni hamisha o'ylantirib
keladigan yana bir muhim masala - bu
yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir
so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq.
Bugun zamon shiddat bilan o'zgarayapti. Bu
o'zgarishlar hammadan ham unutmasin: Biz
kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz
degan da'vat ularning qalbida doimo akssado
berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin.
Bunga nimaning hisobidan erishamiz?
Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiyadan.”


Uzluksiz ma’naviy tarbiya printsiplari.

Annotatsiya:
yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash
masalasi,
shu
bilan
birga
"Uzluksiz
tarbiya
konsepsiyasi"ning tarbiya masalasidagi o'rnini ochib
berish orqali ilmiy asoslangan ta'riflar keltirilgan.
Tarbiya har qaysi davr va har qanday jamiyat uchun
doim eng muhim masala bo'lib qolishi haqida
ma'lumotlar berilgan. Yoshlarni ma'naviy va axloqiy
tarbiyalashda muhim bo'lgan tavsiyalar keltirilgan.
Kalit
so'zlar:
Tarbiya,
ma'naviy-axloqiy
tarbiya,
uzluksiz tarbiya, yoshlar tarbiyasi, konsepsiya.


Mavzuninig asosi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-
son
qarori
ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol
fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi karor qiladi:
1. Quyidagilar:
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga
muvofiq;
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi (keyingi
o‘rinlarda Chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishning ustuvor
yo‘nalishlari etib belgilansin:
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan aholi, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan
bog‘lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur
tayanch kompetensiyalar bilan ta’minlash;


- ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;
- tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning
homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va bolalarni ma’naviy tarbiyalash
bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash;
- yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-
oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash,
mehnatsevarlik
kabi
muhim
fazilatlarni
bolalikdan
boshlab
bosqichma-bosqich
shakllantirish;
- homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy
tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va
mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va
hayotga joriy etish;
- aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish,
fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali
pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib
borish;


ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali
tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga
boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyokarashni shakllantirish;
uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati
institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali
yo‘lga qo‘yish.
3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chora-tadbirlar rejasini bajarish yuzasidan
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda uning
o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari,
ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.


Uzluksiz ma’naviy tarbiya Kontseptsiyasining maqsadi

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni
uzluksiz ma’naviy tarbiyaning samarali usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam
tanishtirib borish hisoblanadi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə