Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish


II-BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARINING VОLЕYBОL SЕKTSIYALARIDA O`QUV MASHG`ULОT MASHG`ULОTLARINI TASHKIL ETISH VA RЕJALASHTIRISH



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə5/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH

II-BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARINING VОLЕYBОL SЕKTSIYALARIDA O`QUV MASHG`ULОT MASHG`ULОTLARINI TASHKIL ETISH VA RЕJALASHTIRISH.
2.1 Jismоniy tехnik va taktik tayyorgarlik darajasini nazоrat qilish
Хоzirgi kunda vоlеybоlchilar mashg`ulоtini bоshqarishning asоsiy elеmеnti sifatida rеjalashtirishning asоsiy rоli dоimо оshib bоrmоqda. U ayrim o`yinchi, ham umuman jamоa spоrt mahоratini to`хtоvsiz o`sib bоrishini nazarda tutish kеrak.
O‘yinning mohiyati. Voleybolni ikki jamoa bir-biriga qaramaqarshi turib o‘ynaydi. Maydonda bir jamoada 6 kishi ishtirok etadi. Jamoa o‘yinchilari to‘pni raqib tomonga (o‘rtada tortilgan to‘rdan oshirib) bir yoki ikki qo‘llab otadi. Shunday qilib, to‘p to yerga tushgunicha yoki maydondan chiqib ketguncha to‘rning u tomonidan bu tomoniga, qo‘ldan qo‘lga o‘taveradi.
To‘p maydondan chiqib ketsa yoki yerga tushsa, jamoalardan biri ochko oladi. Har bir jamoa to‘pni o‘zaro uch marta oshirishi mumkin, so‘ngra uni raqib tomonga o‘tkazadi. O‘yin jamoalardan biri 25 ochko to‘plagunicha davom etadi. Bu ochkoni to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi va jamoalar o‘rin almashadilar. O‘yin uch yoki besh partiyadan iborat bo‘ladi. Ko‘proq partiyada g‘olib chiqqan jamoa yenggan hisoblanadi (masalan, 2 : 1 yoki 3 : 2 hisob bilan).
O‘yin maydoni (18·9m) o‘rtasidan ko‘ndalangiga 2—2,45 m balandlikda setka-to‘r (eni 1 m) tortiladi. Mashg‘ulotlar zal yoki ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin. Ammo maydon atrofida turli xavfli narsalar: to‘nkalar, tunukalar bo‘lmasligi lozim. Maydon shunday joyda bo‘lishi kerakki, o‘yin chog‘ida quyosh nuri ko‘zga tushmasin. Maydon 5 sm kenglikdagi chiziq bilan o‘raladi. U ham maydon sathiga kiradi. Maydon o‘rtasidagi chiziq uni ikkiga bo‘lib turadi. Har bir maydonchaning to‘g‘ri chizig‘i orqasidan to‘p o‘yinga kiritiladi.
O‘rta chiziq bo‘ylab (chetki chiziqdan 50 — 100 sm uzoqlikda) voleybol ustunchalari o‘rnatiladi. Ustunchada o‘g‘il bolalar uchun ilmoq balandligi 2 m 20 sm, qizlar uchun 2 m 10 sm; o‘smirlar uchun 2 m 35 sm, erkaklar uchun 2 m 43 sm, ayollar uchun 2 m 24 sm bo‘ladi.
Aytib o‘tganimizdek, voleybol to‘ri o‘rtadan tortiladi. To‘p bir xil rangda bo‘ladi (zalda rangi ochroq bo‘lgani ma’qul). Uning og‘irligi 270 — 280 gramm bo‘ladi. O‘yinchilar kiyimi mayka, trusik va yengil poyabzaldan iborat. Jamoa bir xil rangdagi kiyim kiyadi. Jamoa sardori maykasining chap tomoniga belgi qo‘yiladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə