Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish


Turishlar. Oyoqning tizzadan bukilish darajasiga qarab turishlar farqlanadi. Masalan, asosiy, yuqori, past turishlar. 1-rasm



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə7/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH

Turishlar. Oyoqning tizzadan bukilish darajasiga qarab turishlar farqlanadi. Masalan, asosiy, yuqori, past turishlar.

1-rasm.
Asosiy turish 65-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, oyoqlar birmuncha bukiladi, qo‘l kaftlari teng va bir-biridan 20—30 sm uzoqlikda turadi. Gavda ham oldinga uncha kuchli egilmaydi, qo‘llar biroz oldinga chiqarib bukiladi. Har bir o‘yinchi belgilangan turishni qabul qiladi, bir o‘yinchi harakatsiz (statik) turadi, boshqalari bir joyda goh u oyog‘iga, goh bu oyog‘iga o‘tib, harakatlanib turadi.
Maydon bo‘ylab siljish — yurish, yugurish yoki sakrashlar bilan bajariladi.
Yurish. O‘yinchi tizzalari bukilgan holda biroz oldinga engashib, oyoqni oldinga chiqarib, qadamlab yuradi. Bu turishni saqlagan holda va texnik usulni bajarish uchun zarur dastlabki holatni tezda bajarish imkonini yaratadi.
Yugurish. Maydon bo‘ylab tez siljib o‘tish va yo‘nalishni keskin o‘zgartirish biroz bukilgan oyoqlarda yugurib bajariladi. Oxirgi yugurish qadami juda uzun tashlanadi, negaki undan so‘ng qimirlamaydigan harakatlar (to‘xtash, yo‘nalishni o‘zgartirish, hujum zarbi yoki to‘siq (blok) uchun sakrash) bajariladi.
Hakkalab yurish, odatda, qadamlab yurishdan yoki yugurishdan so‘ng, agar o‘yin vaziyati haddan tashqari tez texnik usulni bajarish uchun yangi holat egallashni taqozo etsa, bajariladi.
To‘pni oshirish (o‘yinga kiritish) texnik usul bo‘lib, u to‘pning o‘yinga kiritilishidan iboratdir. O‘yinga kiritishning barcha turlari uchun barqaror turish, oshirish, qulay to‘pni tashlab berish, to‘pga zarba berish, voleybolchining navbatdagi o‘yin faoliyatiga o‘tishi o‘yin texnikasining umumiy qismi hisoblanadi.

2-rasm.

2-rasm.

3-rasm.
To‘pni o‘yinga kiritish quyidagi to‘rt usulda bajariladi: pastdan to‘g‘ri (1-rasm), pastdan yon tomondan (2-rasm), yuqoridan to‘g‘ri (3-rasm) va yuqoridan yon tomondan

4-rasm.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə