Mavzu: web dasturlashga asoslangan amaliy tizimlar



Yüklə 46,92 Kb.
tarix12.04.2023
ölçüsü46,92 Kb.
#105159
WEB DASTURLASHGA ASOSLANGAN AMALIY TIZIMLAR


MAVZU: WEB DASTURLASHGA ASOSLANGAN AMALIY TIZIMLAR
REJA:
1. Web dasturchilik
2. Mobil dasturchilik
3. Mobil va web texnologiyalarni qo`llash usullari

Web va mobil texnologiyalar asosida dasturlash bugungi kunda har qachongidan ham ko’ra jadalroq rivojlanayapti. Web texnologiyalar hayotning turli jabhalariga qanchalik chuqur kirib borib, qanchalik ko’p dasturchilar orasida mashxur bo’layotgan bo’lsa, mobil texnologiyalar ham huddi shu ko’rsatkich bilan ommalashib, ixtisoslashgan dasturchilar doirasini kengaytirib bormoqda. Dasturchilik sohasiga endi kirib kelayotgan, hozircha aniq bir yo’nalishni tanlab olmagan o’rganuvchilar uchun web yoki mobil yo’nalishdagi dasturchilikning birini tanlash masalasi uzoq o’ylashga majbur qiluvchi mavhum jumboq bo’lishi mumkin. «Web dasturlashni oson o’rganish mumkinmi, yoki mobil dasturlash sohasiga tezroq kira olamanmi?«, «Mobil dasturlash orqali ko’proq pul ishlash mumkinmi, yoki web dasturlashdagi ishlar uchun ko’proq to’lashadimi?«, kabi savollar u yoki bu yo’nalishni tanlab olmagan yosh o’rganuvchilarni qiynashi tabiiy. Ushbu maqolada har ikki yo’nalishning o’ziga xos jihatlari, foydali tomonlari va kamchiliklarini birma-bir tarozi pallalariga qo’yishga urinib ko’ramiz.



  • Web va mobil texnologiyalar asosida dasturlash bugungi kunda har qachongidan ham ko’ra jadalroq rivojlanayapti. Web texnologiyalar hayotning turli jabhalariga qanchalik chuqur kirib borib, qanchalik ko’p dasturchilar orasida mashxur bo’layotgan bo’lsa, mobil texnologiyalar ham huddi shu ko’rsatkich bilan ommalashib, ixtisoslashgan dasturchilar doirasini kengaytirib bormoqda. Dasturchilik sohasiga endi kirib kelayotgan, hozircha aniq bir yo’nalishni tanlab olmagan o’rganuvchilar uchun web yoki mobil yo’nalishdagi dasturchilikning birini tanlash masalasi uzoq o’ylashga majbur qiluvchi mavhum jumboq bo’lishi mumkin. «Web dasturlashni oson o’rganish mumkinmi, yoki mobil dasturlash sohasiga tezroq kira olamanmi?«, «Mobil dasturlash orqali ko’proq pul ishlash mumkinmi, yoki web dasturlashdagi ishlar uchun ko’proq to’lashadimi?«, kabi savollar u yoki bu yo’nalishni tanlab olmagan yosh o’rganuvchilarni qiynashi tabiiy. Ushbu maqolada har ikki yo’nalishning o’ziga xos jihatlari, foydali tomonlari va kamchiliklarini birma-bir tarozi pallalariga qo’yishga urinib ko’ramiz.

Web dasturchilik

  • Web sohasi juda katta va keng qamrovli tushuncha. O’ta sodda va qisqa tarzda tasvirlaganda «brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan har qanday dastur (sayt, tizim) web texnologiyalar asosida yaratilgan», deyish mumkin. Chunki web dasturchilikning asosiy mahsulotlaridan brauzerlar yordamida foydalanamiz. Web texnologiyalar olamida dasturchilar backend yoki frontend dasturchilarga bo’linishadi. Ba’zi dasturchilar har ikki yo’nalish bilan birdek shug’ullanishadi. Ba’zilar esa o’ziga ma’qul bo’lgan aynan bitta yo’nalishda faoliyat yuritishadi.

  • Agar brauzer orqali foydalanish mumkin bo’lgan tizimlar, dasturlar va saytlarni yaratishga qiziqsangiz, web dasturchilik sohasini tanlaganingiz ma’qul. Web hozirgi zamonaviy dunyoda tobora chegara bilmas texnologiyalardan biriga aylanib borayapti. Web yordamida oddiy saytlarni tayyorlash qanchalik osonlashgan bo’lsa, tasavvur qilishingiz mumkin bo’lgan o’ta qiyin tizimlarni yaratish ham shu qadar imkonli bo’lib bormoqda.

Mobil dasturchilik

  • Bugungi kunda deyarli hammaning qo’lida mobil qurilma bor. Telefon, planshet, soat ko’rinishidagi bu qurilmalar Android, iOS, BlackBerry OS, Bada kabi maxsus tizimlar asosida ishlaydi. Har bir tizimda o’zining ixtisoslashgan dasturchilari va tizim uchun maxsus yaratilgan dasturlari bo’ladi. Ba’zi dasturlar kross-platforma asosida ishlay olsa ham, ko’pchilik dasturlarni aynan o’zining tizimiga moslab yozish talab etilishi mumkin.

  • Mobil texnologiyalarda foydalanuvchi juda ko’p. Zamonaviy qurilmalarning ko’payishi bilan foydaluvchilar sonining kelajakda ortishi ham tabiiy. Mobil dasturchilarga ehtiyoj esa talab asosida ortib boraveradi. Webga nisbatan ancha yosh hisoblangan mobil texnologiyalar o’zining jadal rivojlanishi va sifatga bo’lgan talabini tez o’zgartirib borayotganligi bilan dasturchilar oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo’ymoqda.

Qaysi kuchliroq?

  • Mobil va web texnologiyalarni qaysi biri kuchli yoki qaysi biri kuchsiz, degan asosda solishtirib bo’lmaydi. Mobil texnologiyalarning katta qismida web texnologiyalarda foydalanishadi. Aksincha, web texnologiyalarning ko’pchilik holatlarida mobil texnologiyalarga ehtiyoj seziladi. Bu esa har ikki texnologiyaning bir-biridan ajratib bo’lmasligini anglatadi.

  • Hozirgi kunda webni mobillikdan butunlay uzilib qolgan texnologiya sifatida qabul qilish noto’g’ri. Chunki ilgari faqat stol ustuda turadigan, faqat bitta joyda ishlatiladigan kompyuter orqali ko’riladigan (foydalaniladigan) web dasturlardan bugungi kunda mobil qurilmalar asosida istalgan joyda foydalana olayapmiz. Demak, web texnologiyalar ham hozirgi vaqtga kelib haqiqiy mobil (harakatlanuvchan) texnologiyalarga aylanib ulgurgan.

Qaysi biri ko’proq pul keltiradi?

  • Mobil dasturchilar qancha pul ishlashi, yoki web dasturchilarga qancha pul to’lanishi, ularning qay biri ko’proq pul ishlashi masalasi uzoq vaqtdan buyon muhokama etilib, qiziqish bildirilib kelinayotgan masala hisoblanadi. Turli sohalar bo’yicha maoshlarni hisoblash, taqqoslash xizmatini ko’rsatuvchi Salary.com sayti ma’lumotlariga ko’ra 2017-yilda AQShda faoliyat ko’rsatayotgan mobil dasturchilar o’rtacha bir yilda 93 000 dollar pul ishlashar ekan. Huddi shu hududda, aynan shu davrda faoliyat ko’rsatayotgan web dasturchilar esa o’rtacha bir yilda 65 000 dollar pul ishlashadi. Ma’lumotlarga ishonsangiz, Salary.com hisoblashlari asosida qaysi yo’nalishdagi dasturchilar ko’proq, yoki kamroq pul ishlashlari haqida umumiy tasavvurni olishingiz mumkin.

Qaysini o’rganay?

  • Kelajagingizni dasturchilik kasbi bilan bog’lagan bo’lsangiz, o’zingizga mos va eng muhimi – o’zingizga yoqadigan yo’nalishni talab olishingiz kerak. Mobil hamda web dasturchilik yo’nalishlari Sizning asosiy tanlovlaringiz bo’lsa va bu ikki yo’nalishdan birini tanlash ustida bosh qotirayotgan bo’lsangiz, quyidagi uch jihatni hisobga olgan holda qaror qabul qilishingizni maslahat beraman: qiziqishingiz, imkoniyatingiz va vaqtingiz.

  • Qiziqishsiz hech narsaga erishib bo’lmaydi. Qaysi sohaga ko’proq qiziqsangiz, shu sohani tanlang! Sizdagi kuchli qiziqish, shu soha sirlarini bilib olishga bo’lgan intilish sohada tajribali kadr sifatida shakllanishingizga yordam beradi.

  • Imkoniyatlaringizni to’g’ri baholang. Qaysi yo’nalishda ko’proq imkoniyat ko’rayotganingizga ahamiyat bering. Atrofingizga e’tibor bering – qaysi sohada Sizga yordam beruvchilar, o’rgatuvchilar ko’proq? Resurslaringizni o’rganib chiqing. Siz yaxshiroq biladigan chet tilida qaysi soha ko’proq, chuqurroq yoritilgan? O’rganishdagi imkoniyatingizning kengligi mukammal dasturchi bo’lib yetishishingiz ehtimolligini oshiradi.

Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz.Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat.

  • Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz.Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat.

  • Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi: HTML (HyperText Markup Language)

  • Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matn fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalarni oladi.

  • Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.

  • Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brauzer oynasida ma’lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML hujjatga ma’lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud

Web-сайт,_Web-сервер.'>Web-саҳифа, Web-сайт, Web-сервер. 

 Web-технологияни (Интернет-технология) ўрганишни Web-дизайннинг қуйидаги учта тушунчасини ўрганишдан бошлаймиз: Web-саҳифа, Web-сайт ва Web-сервер.
Web-саҳфа – ўзининг уникал адресига эга бўлган ва махсус кўриш дастури ёрдамида (браузер) кўрилувчи хужжатдир. Унга матн, графика, овоз, видео ёки анимация маълумотлар бирлашмаси - мультимедияли хужжатлар, бошқа хужжатларга гипермурожаатлар кириши мумкин.
Web-сайт – бир қанча web-саҳифаларнинг мантиқий бирлашмаси.
Web-сервер – тармоққа уланган компьютер ёки ундаги дастур ҳисобланиб, умумий ресурсларни клиентга тақдим этиш ёки уларни бошқариш вазифаларини бажаради. Web-серверлар маълумотлар базалари ва мультимедияли маълумотларни бир бирига мослаштиради; Web-серверда Web-саҳифа ва Web-сайтлар сақланади.
 Биз Интернет тармоғидаги Web-саҳифаларни кўришимиз учун WWW (World Wide Web) деб аталувчи сервисдан фойдаланамиз.
World Wide Web (WWW, Бутун дунё ўргемчак тўри) – бу клиент-сервер технологияси асосида ташкил этилган, кенг тарқалган Internet хизматидир. 


Web-технология классификацияси





Разметкали тиллар: HTML, XML, XHTML, WML. 

 Web-технологиянинг (Интернет-технология) Web-дизайн қисмини ўрганишни разметкали тил таснифи билaн бошлаймиз. 
 Махсус тил мавжуд бўлиб, бу тил ёрдамида матнлар, график маълумотлар Web-саҳифа хужжатга жойлаштирилади ва бу хужжатни барча компьютерда кўриш имконияти мавжеддир. Бундай махсус тиллар разметкали тиллар деб аталади. Уларнинг асосий вазифаси – Web-саҳифага “маълумотларни жойлаштириш” ва улар орасидаги алоқани (гиперссилокалар) таъминлашдан иборат. 
HTML (HyperText Markup Language)
 Дастлаб World Wide Web тизими матнли маълумотларни ва HTML хужжатларни кўришга мўлжалланган, матнни тахрирловчи тилга ўхшаш тизим бўлган. Айни дамда HTML тили WWW дага энг оммабоп тиллардан бири ҳисобланади. HTML тилида ёзилган маълумотлар ўз ичига матн файллар, график маълумотлар ва бошқалврни олади. 
 Хужжатлар орасидаги алоқани таъминлаш ва маълумотларни форматлаш воситалари тэг (tag) деб аталувчи восита орқали амалга оширилади.
 Web-саҳифанинг матн ва тэглари аралаш равишда HTML-хужжат деб аталувчи файлининг ичига жойлаштирилади. Қандай тэгни қўллаганингизга қараб брауэер ойнасида маълумотлар турлича кўринади. HTML хужжатга маълумотларни жойлаштириш ва таҳрирлаш учун юзлаб тэглар мавжуд. Масалан, 
 ва 
 тэглари абзацни ташкил этади ва  жуфт тэглари эса, матнни ёзма (курсив) ҳолда кўрсатиш учун қўлланилади. Шу билан бирга гиперматнли ссилкалар тэглари ҳам мавжуд. Ушбу элементлар фойдаланувчига гиперматн устига сичқонча курсори босилганда бошқа хужжатга боғланиш имконини беради.
XML (eXtensible Markup Language). 
 XML тили ҳам HTML тилига ўхшаш тил хисобланади. HTML дан фарқли томони шундаки, XML да дастурчи ўзининг шахсий тэгларини яратади ва улар орасига маълумотлар жойлаштиради. XML-тэглар ҳарфлар катта кичиклигини фарқлайди.
XHTML. 
 XHTML тили HTML ва XML тилларининг бирлашмасини ташкил этади. XHTML тилида ёзилган хужжатнинг ташқи кўриниши платформага боғлиқ (Windows, Mac ёки Unix) равишда ўзгариб кетмайди. Шунга қарамай XHTML таркибида HTML дискрипторлардан фойдаланилади.
 Бугунги кунда мобил алоқа воситаларидан фойдаланувчилар учун янги тил ишлаб чиқилган бўлиб, у WML (Wireless Markup Language) деб аталадиCDF (Channel Definition Format) - Microsoft ишлаб чиққан браузерларда push-канал ҳосил қилишда қўлланилади; 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. https://aim.uz/
2. https://google.ru/
3. «INFORMATIKANI O`QITISH METODIKASI» fanidan o’quv metodikasi Alaminov M. Nukus-2016.
Yüklə 46,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə