Mavzu: Xalq amaliy san’ati



Yüklə 349,06 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü349,06 Kb.
#133645
1   2   3
N 17)Xalq amaliy san’ati.

XALQ AMALIY SAN’ATI Hozirgi amaliy-bezak san’ati ikki yo’nalishda rivojlanmoqda: 1. Badiiy hunarmandchilik, bu yo’nalishga Buxorodagi zardo’zlik buyumlari, Xivadagi gilamdo’zlik, Rishtondagi sopolsozlik korxonalari faoliyatini kiritish mumkin. 2. Xalq amaliy bezak san’ati. Bu yo’nalishda, asosan mustaqil ravishda ish olib borayotgan usta hunarmandlar faoliyatini kiritish mumkin. Birinchi yo’nalisgа mansub bеzakli buyumlar ishlab chiqarish korxonalarida ko’p nusxada tayyorlansa, alohida usta hunarmandlar faoliyatida esa buyumlar soni nihoyatda chegaralangan bo’ladi. Bu ularning mahorati yuqori bo’lishligiga olib keladi. Bunday korxonalar mebelsozlik, pichoqchilik, kashtachilik sohalarida ham bor. Xalq amaliy bezaк san’ati har bir xalqda mavjud bo’lib, ular birbiridan yuqorida qayd qilinganidek, amaliy san’atning janrlari, buyumlar tayyorlashda qo’llanadigan material, shakl, tuzilish, rang, bezaк, o’lchovlar jihatidan bir-biridan farq qiladi.

  • XALQ AMALIY SAN’ATI Hozirgi amaliy-bezak san’ati ikki yo’nalishda rivojlanmoqda: 1. Badiiy hunarmandchilik, bu yo’nalishga Buxorodagi zardo’zlik buyumlari, Xivadagi gilamdo’zlik, Rishtondagi sopolsozlik korxonalari faoliyatini kiritish mumkin. 2. Xalq amaliy bezak san’ati. Bu yo’nalishda, asosan mustaqil ravishda ish olib borayotgan usta hunarmandlar faoliyatini kiritish mumkin. Birinchi yo’nalisgа mansub bеzakli buyumlar ishlab chiqarish korxonalarida ko’p nusxada tayyorlansa, alohida usta hunarmandlar faoliyatida esa buyumlar soni nihoyatda chegaralangan bo’ladi. Bu ularning mahorati yuqori bo’lishligiga olib keladi. Bunday korxonalar mebelsozlik, pichoqchilik, kashtachilik sohalarida ham bor. Xalq amaliy bezaк san’ati har bir xalqda mavjud bo’lib, ular birbiridan yuqorida qayd qilinganidek, amaliy san’atning janrlari, buyumlar tayyorlashda qo’llanadigan material, shakl, tuzilish, rang, bezaк, o’lchovlar jihatidan bir-biridan farq qiladi.

Xalq amaliy bezaк san’atining yana bir muhim xarakterli belgilaridan biri – ming yillar davomida xalq ustalari ijodida qo’llanib kelingan badiiy an’analar hisoblanadi. Bu xususiyat ko’proq har bir xalqning yashayotgan muhit, tabiat, iqlim sharoitlariga bog’liqdir. Chunki amaliy san’at ustasi o’z asarini yaratayotganda, go’zallikni tevarak-atrofdan, tabiatdan oladi. Masalan, o’zbek xalq ustalari o’z ishlarida toychoq, qo’zichoq, tovus tasvirlarini, shimoliy o’lkalarning ustalari bug’u, kiyik tasvirlarini ishlaydilar. Asar materialiga esa o’zbek ustalari ganch, loy, mis kabilarni, shimoliy xalqlar yog’och va hayvon suyaklarini ko’proq qo’llaydilar. Yuqorida qayd qilganimizdek, asar koloritiga iqlim ham ta’sir ko’rsatadi. Shimoliy o’lkalar iqlimi sovuq bo’lgani uchun u yerdagi ustalar ko’proq sovuq ranglarni, issiq iqlimli O’zbekiston ustalari esa iliq ranglarni ishlatadilar. Shunday qilib, har bir xalqning amaliy bezak san’atida o’z an’analari shakllanadi.

  • Xalq amaliy bezaк san’atining yana bir muhim xarakterli belgilaridan biri – ming yillar davomida xalq ustalari ijodida qo’llanib kelingan badiiy an’analar hisoblanadi. Bu xususiyat ko’proq har bir xalqning yashayotgan muhit, tabiat, iqlim sharoitlariga bog’liqdir. Chunki amaliy san’at ustasi o’z asarini yaratayotganda, go’zallikni tevarak-atrofdan, tabiatdan oladi. Masalan, o’zbek xalq ustalari o’z ishlarida toychoq, qo’zichoq, tovus tasvirlarini, shimoliy o’lkalarning ustalari bug’u, kiyik tasvirlarini ishlaydilar. Asar materialiga esa o’zbek ustalari ganch, loy, mis kabilarni, shimoliy xalqlar yog’och va hayvon suyaklarini ko’proq qo’llaydilar. Yuqorida qayd qilganimizdek, asar koloritiga iqlim ham ta’sir ko’rsatadi. Shimoliy o’lkalar iqlimi sovuq bo’lgani uchun u yerdagi ustalar ko’proq sovuq ranglarni, issiq iqlimli O’zbekiston ustalari esa iliq ranglarni ishlatadilar. Shunday qilib, har bir xalqning amaliy bezak san’atida o’z an’analari shakllanadi.

Yüklə 349,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə