Mavzu: Yevropa mutafakkirlari Platon, Boetsiy, R. Dekart, D. Yumning falsafaga oid qarashlari qiyosiy taxlili Reja: G’arb falsafasining kelib chiqish tarixi. Boetsiy, Dekart va Yumning falsafaga oid nazariy bilmlari va qarashlari



Yüklə 51,43 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü51,43 Kb.
#181295
1   2   3   4
Yevropa mutafakkirlari1

David Yum (1711-1776) Berklining zamondoshi edi. Tashqi dunyo mavjudmi, degan savolga, Yum ikkilanibroq «bilmayman» deb javob berar edi. Axir bizning aqlimiz, ular keltirib chiqargan narsalar bilan emas, balki bizning his - tuyg‘ularimizning mazmuni bilangina ish yuritadi. Yumning nuqtai nazaricha, to‘g‘ri bilim faqat mantiqiy bo‘lishi mumkin, ammo o‘rganilayotgan mavzular dalillarga tayanganligi tufayli va mantiqiy isbot qilish mumkin bo‘lmaganligi sababli tajribadan keltirib chiqariladi. Tajribani o‘zini Yum «taassurotlar» oqimi sifatida ifodalab, uning sabablari ma'lum emasligi va bilib bo‘lmasligini qayd etadi. Tajribani mantiqiy asoslab bo‘lmasligi omili shuning dalilidirki, tajribaviy bilim ishonchli bo‘la olmaydi. Masalan, tajribada biz biror voqyea haqida avval bir taassurotga, keyin esa boshqasiga ega bo‘lamiz. Ammo ikki hodisaning birin-ketin kelishini mantiqiy jihatdan isbot qilib bo‘lmaydi, negaki, birinchi hodisa ikkinchining sababi bo‘lishi mumkin, ikkinchi esa - birinchining oqibati bo‘la oladi. Ushbu dalildan kelib chiqib Yum sababiyatning ob'ektiv xususiyatini bilish mumkin emasligi haqida xulosa chiqaradi. Shu bilan birgalikda Yum ob'ektiv sababiyatni tug‘ilgan g‘oyalar yoki hissiy taassurotlar qiyofasini eslash ko‘rinishida mavjudligiga yo‘l qo‘yadi. Barcha hissiy taassurotlarning hammasi ham biz uchun teng qiymatga ega emas: ularning ba'zilari yorqinroq, jonliroq, barqarorroq bo‘lib, dunyoda amaliy ravishda ma'lum bir narsani ko‘zlab ish tutish uchun yetarlidir. Pirovardida, Yum bizning ishonchimiz uchun manba nazariy bilim emas, balki din xizmat qilishligini ta'kidlashga majbur bo‘ldi. Masalan, biz yil fasllarining davriy o‘zgarishiga, har kuni quyosh chiqib, keyin botishiga ishonamiz. Bu ishonch ushbu hodisani takrorlanishini ko‘rish odatiga asoslangan. Yum cherkovni tanqid ostiga oladi. Ammo u dinning kelib chiqishi va ijtimoiy vazifalarini tushuntirishga urinib, uning ahamiyatini, jumladan, axloqiy me'yorlarni barqaror qilish va uning ta'sirchanligining garovi ekanligini ta'kidlaydi.
Ingliz faylasufi, psixolog olim va muarrix David Yum Shotlandiya poytaxti Edinburg shahrida, uncha boy bo‘lmagan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning otasi huquqshunos bo‘lgan. David Yum Edinburg universiteti va Lya-Flesh nomli farang kollejida tahsil oldi. U kollejda ilk marta Rene Dekartning ilmiy qarashlari bilan tanishdi. David Yum birinchi bo‘lib «sabab»ning mohiyatini hodisa va tushuncha sifatida jiddiy o‘rganishga kirishdi. Uning bu boradagi mulohaza va xulosalari falsafa fanining asosiy yutuqlaridan biriga aylandi. Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Inson tabiatiga doir mulohazalar» (1739), «Ta’b me’yori haqida» (1739-1740), «Axloqiy va siyosiy ocherklar» (1741-1742), «Ruhning barhayotligi xususida», «Tabiiy din haqida so‘zlashuv (dialog)» (1751).

* * *
O’z xulosalari uchun doimo uzr so‘rash va har bir alohida san’at, har bir alohida fan oldida o‘zini hadeb oqlayverish zaruriyati falsafa uchun ma’lum darajada haqoratdir. Bu hol podshohning o‘z fuqarolari tomonidan davlatga xiyonatda ayblanishiga o‘xshaydi.


* * *
Shu narsa haqiqatki, odamlar insoniyat tafakkuridan mutlaqo chetdagi muammolar, masalan, olamlarning yaralishi, aqliy olamning yoki ruhlar saltanatining tuzilishi xususidagi muammolarni muhokama qilish asnosida bekorga bahslashadilar va hech qachon aniq xulosaga kelolmaydilar.
* * *
Aqlga uquv, taassurot va g‘oyalardan o‘zga hech narsa berilmagan.
* * *
Har bir hodisa bir-biridan uzoq va xolis. Bir hodisaning ketidan ikkinchisi yuz beradi. Lekin biz hech qachon ularning orasidagi bog‘liqlikni seza olmaymiz. Bu ularning bir-biriga qo‘shilib ketgani, lekin hech qachon o‘zaro bog‘liq bo‘lmasligini anglatadi.
* * *
Sabab uchun bitta eng zarur narsa bor. Bu – oqibatga ega bo‘lmoqlik.
* * *
Biz jasorat deb ataydigan ruhiy ko‘tarinkilik va ulug‘vorlik belgisi sifatida qabul qilib, zavqlanadigan narsa xotirjamlik va qat’iylikka asoslangan g‘urur hamda o‘zini hurmat qilish demakdir.
* * *
O’zi haqida uzoq gapiradigan odamning maqtanchoqlikka chap berishi mushkul.
* * *
Olijanoblikdan mahrum botirlik va izzattalablik insonni faqat zolimga yoki qaroqchiga aylantirishi mumkin. 
* * *
Rahmdillikka muhabbat va nafislik, ichiqoralikka esa dushmanlik va g‘azab omixta bo‘ladi.
* * *
Xudbinlik adolat qoidalarini tug‘diradi va bu qoidalarga amal qilishning eng birinchi sababi hisoblanadi
* * *
Garchi tabiiy qobiliyat va axloqiy sifatlarning darajasi bir xil bo‘lsa-da, ular o‘rtasida bir farq bor. Tabiiy qobiliyatni sun’iy ta’sir etish yo‘li bilan deyarli o‘zgartirib bo‘lmaydi. Axloqiy sifatlar yoki uning oqibati natijasida yuzaga keladigan amallarni esa mukofot va jazo, rag‘bat yoki inkor vositasida o‘zgartirish mumkin.
* * *
Sevgi – o‘zga odamga baxt tilashdan o‘zga narsa emas.
* * *
Hayotni aql emas, odat boshqaradi.
* * *
Insonning hayoti tasodiflarga qanchalik boy bo‘lsa, u xurofotga shunchalik chuqur beriladi.
* * *
Odamlarda atrofdagilarni o‘ziga o‘xshatish hamda boshqalarda o‘ziga yaqin va tanish bo‘lgan, o‘zi bevosita anglaydigan sifatlarni ko‘rishga moyillik mavjuddir.
Boetsiy uning falsafaga bo‘lgan qiziqishi, yuksak so‘zlash va eshitish qobiliyati hamda keng ko‘lamli madaniy va siyosiy bilimlari ko‘pchilikda havas uyg‘otardi. Boetsiy «falsafa do‘stlari»ning to‘garagini ochdi. Bu to‘garakka Simmax va papa Ioann I ham a’zo bo‘lib kirishdi. Ularni falsafaga bo‘lgan qiziqishlaridan tashqari, Vizantiyaga ko‘hna madaniy qadriyatlar o‘chog‘i va Rim turmush tarzining yuksak namunasi deb qarashdek mushtarak fikrlar birlashtirib turardi.
Hukmdor Teodorix saltanatida shuhrat cho‘qqisiga erishgan Boetsiyning saodatli kunlari uzoqqa cho‘zilmadi. Saroy a’yonlaridan biri Kiprian Teodorixga senator Albin go‘yoki Vizantiya imperatoriga yashirincha maktub jo‘natib turishi haqida xabar yetkazdi. Senat majlisiga zudlik bilan yetib kelgan Boetsiy bu chaquvni qat’iy rad etib, nutq so‘zladi. Pirovardida aybdorlik soyasi senator Albinga tushgudek bo‘lsa, uning do‘sti — senat raisi Boetsiy ham chetda qolmasdi.
Boetsiyning senatda so‘zlagan matonatli nutqi uning dushmanlariga yaxshi dastak bo‘ldi. Hasadgo‘ylar hukmdor Teodorixning huzuriga borib, Boetsiyni yolg‘on guvohlik berganlikda va... falsafa bilan mashg‘ullikda(!) aybladilar.
Boetsiy ma’ruzasining senat tomonidan sukut bilan qo‘llab-quvvatlanishi sershubha Teodorixni xavotirga solib qo‘ydi. Ustiga-ustak, saroydagi adovatchi va fitnachi kimsalar Teodorixning shubhalarini yanada alangalatib, Boetsiy va uning to‘garakdosh do‘stlariga qarshi turli tuhmatlar, ig‘vo-bo‘htonlar tarqatishdi.
Tuhmatchi va g‘alamis mansabdorlarning bo‘htonlari hukmdor Teodorixni talvasaga solib qo‘ydi. U yuzidagi ma’rifatparvar hukmdor niqobini yechib tashlashga majbur bo‘ldi. U asliga — qonxo‘r, johil podshohga aylandi. Uning buyrug‘iga muvofiq, Albin va Boetsiy xiyonatkorlikda ayblandilar. Senatorlar qo‘rquv ostida bu ayblovni tasdiqlab, qo‘llab-quvvatlashdi. Boetsiy va Albin hibsga olindilar. Albin tez orada qatl etildi. Boetsiyni esa bir necha oy zindonda saqlab, so‘ng dorga osishdi. Oradan ikki yil o‘tgach, hukmdor Teodorix ham o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, olamdan o‘tdi.
Boetsiy zindonda hukm ijrosini kutib, «Falsafa tasallisi haqida» asarini yozib tugatdi.
* * *
Tuhmatchilar menga bo‘hton qiladilar. Men bu bo‘htonga bo‘ysunamanmi? Yo‘q. Chunki itoatgo‘ylik tuhmatchilar bilan kurashmoqdan voz kechish demakdir.
* * *
Ne sababdan taqdir meni — aybsiz bir kimsani quruq tuhmatga duchor etib, tuhmatchilarning pastkashligiga yo‘l ochib berishdan uyalmadi?
* * *
Yaqin kishilarimizga yomonlik tilash, shubhasiz, bizning qusurimiz. Lekin yovuz kimsa tomonidan aybsiz odamga qarshi fitnaning amalga oshirilishi Tangri nazdida ham eng katta qabihlik bo‘lib ko‘rinishi kerak. Chunonchi, quyidagi mashhur savollarga qaytish adolatdandir: «Agar Tangri mavjud bo‘lsa, yovuzlik qaerdan paydo bo‘ladi? Agar Tangri yo‘q bo‘lsa, ezgulik qaydan keladi?»
* * *
Yomonlik jazosiz qolmaydi. Holbuki, bu illatga ega bo‘lishning o‘ziyoq — eng birinchi jazo.
* * *
Imkon tug‘ilgan yerda ishonch va tafakkurni birlashtiring.


Yüklə 51,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə