Mavzu: Yoshlarda fuqarolik tarbiyasini shakllantirish. Reja: I. Kirish. Huquqiy tarbiya. II. Asosiy qism


Fuqarolik tushunchasi va uning mazmun mohiyati



Yüklə 52,96 Kb.
səhifə2/6
tarix27.09.2023
ölçüsü52,96 Kb.
#124147
1   2   3   4   5   6
1. Fuqarolik tushunchasi va uning mazmun mohiyati.
Fuqarolik huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublikdir. Demak, «fuqarolik o‘z davlatiga nisbatan huquq va burchlar bilan bog‘langan, huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma'naviy yetuklikni nazarda tutadi»35.asosiy tarkibiy qismlariquyidagilardir: muayyan davlat (jamiyat) a'zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri davlat va jamiyat hayoti bilan uzviy, chambarchas bog‘lik ekanligini tushunib yetish; xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik asosida bilish, ularga so‘zsiz, qat'iy amal qilish; o‘z xalqi, davlati o‘tmishiga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish, shaxsiy manfattlaridan Respublika (Vatan) manfaatlarini ustun qo‘ya bilish, xalq va Vatan ravnaqi, istiqboli uchun kurashishga tayyorlik, yurt tinchligini himoya qilish, asrab-avaylash; davlat ramzlariga nisbatan cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ularning muhofazasi uchun tayyorlik, davlat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha'ni, qadr-qimmati ekanligini anglash ijtimoiy-siyosiy onglilik, ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish milliy va umuminsoniy axloq hamda huquq me'yorlarini buzilishiga nisbatan murosasiz kurashish 3.O‘quvchilarni fuqarolik ruhida, tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati.
Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir.Muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunni ifoda etadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, insonparvar huquqiy davlat va jamiyatni qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish jarayonida yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiya ni tashkil etish vazifalarini yanada murakkablashtiradi. Zero, demokratik, huquqiy jamiyat barpo etilishining muvaffaqiyati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasi, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligi va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, unda fuqarolarning shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida aks etgan g‘oyalar, demokratik talablar hamda axloqiy-huquqiy me’yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim qoidasiga aylanadi. Fuqarolik tarbiya fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiya ning markaziy ob’ekti fuqaro sanaladi. Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.



Yüklə 52,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə