Mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy vositalari. Reja


Android operatsion tizimlari turlari



Yüklə 494,32 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü494,32 Kb.
#136433
1   2   3   4
3-mavzu (IAKTvaT)

2. Android operatsion tizimlari turlari




Android ostida ishlaydigan birinchi telefon 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan.
Birinchi versiya chiqqanidan soʻng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoʻshdi. 2009-yilda platformaning toʻrtta yangilashlari chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasi bir qancha oʻzgartirishlar kiritdi:

virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini qoʻllash paydo boʻldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qoʻllaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „jonli fon rasmlari“ paydo boʻldi va ekran blokirovkasinining koʻrinishi oʻzgardi.
2010-yilning oʻrtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu yangilanishlar anʼanaviy blokirovkani raqamli yoki xarf-raqamliga oʻzgartirdi, „kesish“, „nusxalash“, „qoʻyish“ funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo.
2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.
2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.
2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr oxirida yangi update chiqqach 4.2 ga oʻzgardi.

Yüklə 494,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə